ٍﻢﻴِﻠَﺣ ٍمﻼُﻐِﺑ ُﻩﺎَﻧْﺮﱠﺸَﺒَﻓ
)
١٠١
(
«Bas, Biz unga (Ibrohimga) bir halim o‘g‘il xushxabarini berdik». (Vas-soffot, 100.)
Allohning irodasi bilan Hojar homilador bo‘lib, Ibrohim (a.s.)ga bir o‘g‘il tug‘ib berdi, otini Ismoil qo‘ydilar.
Baniy Ismoil qavmi Ismoilning zurriyotlaridir.
Ibrohim (a.s.)ga Hojar o‘g‘il tug‘ib bergandan keyin, Soraning izzat-nafsi toptalganday bo‘ldi, hasrat va rashk
qalbini chulg‘ab oldi, Hojarni va uning o‘g‘lini ko‘zidan uzoq qilishni Ibrohim (a.s.)dan talab qildi.
Ibrohim (a.s.)ga Allohdan izn kelgach, Soraning xohishini qabul qildilar.(Afif Abdulfattoh Tabbora.Ma’al-anbiyo fil-
Qur’onil Karim. Lubnon. 122-bet.)
Allohning buyrug‘i bilan kichik xotinlari Hojarni va o‘g‘illari Ismoilni olib Makkaga safar qildilar. Baytulloh
yaqinida ikkovlarini ozgina taom va ozgina suv bilan qoldirdilar va orqalariga qaytayotib shunday duo o‘qidilar:
َةﻼﱠﺼﻟا اﻮُﻤﻴِﻘُﻴِﻟ ﺎَﻨﱠﺑَر ِمﱠﺮَﺤُﻤْﻟا َﻚِﺘْﻴَﺑ َﺪْﻨِﻋ ٍعْرَز يِذ ِﺮْﻴَﻏ ٍداَﻮِﺑ ﻲِﺘﱠﻳِّرُذ ْﻦِﻣ ُﺖْﻨَﻜْﺳَأ ﻲِّﻧِإ ﺎَﻨﱠﺑَر
Do'stlaringiz bilan baham: |