ﺎﱠﻤِﻣَو ْﻢُﻜْﻨِﻣ ُءﺁَﺮُﺑ ﺎﱠﻧِإ
ِﻪﱠﻠﻟﺎِﺑ اﻮُﻨِﻣْﺆُﺗ ﻰﱠﺘَﺣ اًﺪَﺑَأ ُءﺎَﻀْﻐَﺒْﻟاَو ُةَواَﺪَﻌْﻟا ُﻢُﻜَﻨْﻴَﺑَو ﺎَﻨَﻨْﻴَﺑ اَﺪَﺑَو ْﻢُﻜِﺑ ﺎَﻧْﺮَﻔَآ ِﻪﱠﻠﻟا ِنوُد ْﻦِﻣ َنوُﺪُﺒْﻌَﺗ
ُﻩَﺪْﺣَو
«Ibrohim bilan birga bo‘lgan kishilarda go‘zal namuna bordir. Qaysiki, ular o‘z qavmlariga: «Bizlar
sizlardan va sizlar Allohni qo‘yib ibodat qilayotgan narsalaringizdan bezormiz. Bizlar sizlarni inkor
etdik. Toki, sizlar yolg‘iz Allohga imon keltirmagunlaringgacha, sizlar bilan bizning o‘rtamizda mangu
adovat va nafrat paydo bo‘ldi» - dedilar». (Mumtahana, 4.)
U yerda qattiq ocharchilik boshlandi. Ibrohim (a.s.) xotinlari Sorani olib, Misrga rizq axtarib keldilar. Misr
podshohiga Ibrohimning xotini Soraning husnu jamoli ta’rif qilib berilgandan so‘ng podshoh Ibrohim (a.s.)ni
huzuriga chaqirib, Soraning kimligini so‘radi. Xotinlari ekanini aytsalar, o‘zlarini o‘ldirib, xotinlarini tortib olishi
turgan gap edi. Shuning uchun falokatdan qutulish maqsadida Sorani singlim dedilar, chunki nasab
jihatidangina emas, baki din, til va millat jihatidan ham singil deb atash mumkin edi.
Abu Hurayra (r.a.) rivoyat qiladilar: «Payg‘ambarimiz (s.a.v.) dedilar: «Ibrohim (a.s.) hech qachon
bo‘lmagan narsani bo‘lgan, demagan edi, magar uch bor shunday deyishga majbur bo‘lgan: birinchisi, o‘zlari
kasal bo‘lmasalarda, «men bemorman», dedilar; ikkinchisi, butlarni o‘zlari sindirgan bo‘lsalarda, «Balki bu ishni
qilgan eng kattasidir, agar ular gapira olsalar, o‘zlaridan so‘rab ko‘ringlar!» - dedilar; uchinchisi, Fir’avn
Soraning kimligini so‘raganda, xotinlari bo‘lsada, uni «singlim», dedilar».(Tarixi Tabariy, 1-j. 172-bet.)
Podshoh Sorani boshi ochiq ekan, deb o‘ylab Ibrohim (a.s.)ni saroydan chiqarib yubordi va Sorani o‘z
haramiga keltirishni buyurdi. Ibrohim (a.s.) Soraning oldiga borib bo‘lgan voqe’ani batafsil tushuntirdilar va
Allohning omonatiga topshirib saroyga yubordilar. Kechqurun podshoh haramga kelib Sorani ko‘rdi, husniga
qarab hayratga tushdi, yaqin borib qo‘l tekkizay deganda vujudi qaltirab, boshi aylanib, o‘zini lohas sezdi va
joyiga uzala tushib yotdiyu qotib uxlab qoldi.
Shu uxlagancha bir tush ko‘rdi. Tushida ayon bo‘ldiki, bu ayolning eri bor ekan, nihoyatda pok ayol ekan,
shuning uchun u ayolni o‘z eriga qaytarish lozimligini, unga yomon niyat bilan qo‘l tekizish mumkin emasligini
tushundi. Uyqudan turib o‘zining eng go‘zal cho‘risi bo‘lgan Hojarni Soraga hadya qilib, ikkovini Ibrohim
(a.s.)ning qo‘llariga topshirdi. Ibrohim (a.s.) uchun Soradan judo bo‘lish og‘ir musibat edi, chunki och qolib, non
izlab, musofirlikka tushib qolsa-yu musofirlikda xotinini ham tortib olishsa, bu dahshatli xo‘rlik edi. Lekin
Ibrohim (a.s.)ni olov qa’ridan saqlab olib chiqqan Alloh xotinlari Sorani ham o‘z panohida asradi.
Ibrohim (a.s.) harakatchan bo‘lganlari uchun tez fursatda mol-dunyolari ko‘payib, obro‘lari oshib ketdi. Buni
ko‘rgan hasadchilarning hasad olovi kuchayib, Ibrohim (a.s.)ga ozor yetkaza boshladilar. Shu sababli Ibrohim
(a.s.) yana muqaddas joy hisoblangan Falastinga qaytib, u yerda Alloh muyassar qilganicha yashadilar.
Alloh taolo Ibrohim (a.s.)ni bir necha marta imtihon qildi va har bir imtihondan yaxshi o‘tganlari va har bir
buyruqqa samimiyyat bilan itoat etganlari uchun o‘ziga «Xalil» qilib oldi. Alloh taolo shunday deydi:
ﻲِﺘﱠﻳِّرُذ ْﻦِﻣَو َلﺎَﻗ ﺎًﻣﺎَﻣِإ ِسﺎﱠﻨﻠِﻟ َﻚُﻠِﻋﺎَﺟ ﻲِّﻧِإ َلﺎَﻗ ﱠﻦُﻬﱠﻤَﺗَﺄَﻓ ٍتﺎَﻤِﻠَﻜِﺑ ُﻪﱡﺑَر َﻢﻴِهاَﺮْﺑِإ ﻰَﻠَﺘْﺑا ِذِإَو
Do'stlaringiz bilan baham: |