Microsoft Word paygambarlar tarixi 1 ziyouz com doc



Download 1,01 Mb.
Pdf ko'rish
bet254/268
Sana06.02.2022
Hajmi1,01 Mb.
#432757
1   ...   250   251   252   253   254   255   256   257   ...   268
guvoh bo‘ldilar». (Buxoriy. “Sahih”. Muslim. “Sahih”. Ahmad. “Musnad”.) 
Alloh taolo bu haqda o‘zining oyati karimasida shunday bayon etadi: 


Payg’ambarlar tarixi Islomiyat tarixidir (1-kitob) 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
125
ي
َأﱠﺮَﺒَﻓ
 
ﻰَﺳﻮُﻣ
 
اْوَذﺁ
 
َﻦﻳِﺬﱠﻟﺎَآ
 
اﻮُﻧﻮُﻜَﺗ
 

 
اﻮُﻨَﻣﺁ
 
َﻦﻳِﺬﱠﻟا
 
ﺎَﻬﱡﻳَأ
 
اَ
 
ِﻪﱠﻠﻟا
 
َﺪْﻨِﻋ
 
َنﺎَآَو
 
اﻮُﻟﺎَﻗ
 
ﺎﱠﻤِﻣ
 
ُﻪﱠﻠﻟا
 
ُﻩ
 
ﺎًﻬﻴِﺟَو
)
٦٩
(
 
«Ey mo‘minlar, sizlar Musoga ozor bergan kimsalar kabi bo‘lmangizlar! Bas, Alloh 
(Musoni)
 ular 
aytgan narsa 
(ayblar)
dan oqladi. U Alloh nazdida obro‘li kishi edi». 
(Ahzob, 69.)
Muso (a.s.)ning Alloh huzurida ulug‘liklari shu darajada ediki, u kishining duolari sharofati bilan Alloh taolo 
birodarlari Horunni payg‘ambar va vazir qilib berdi:
 
 
ﺎًّﻴِﺒَﻧ
 
َنوُرﺎَه
 
ُﻩﺎَﺧَأ
 
ﺎَﻨِﺘَﻤْﺣَر
 
ْﻦِﻣ
 
ُﻪَﻟ
 
ﺎَﻨْﺒَهَوَو
)
٥٣
(
 
«
Biz unga O’z fazlimiz bilan birodari – Horunni payg‘ambar qilib berdik». 
(Maryam, 53.)
Imom Buxoriy rivoyatlarida Abdulloh ibn Mas’ud (r.a.) aytadilar: «Rasululloh (s.a.v.) o‘ljalarni taqsimladilar. 
Bir odam kelib: «Bu taqsim Alloh roziligi yo‘lida adolat bilan bo‘lmadi» - dedi. Men uning gapini Rasululloh 
(s.a.v.)ga yetkazdim. Rasululloh (s.a.v.) qattiq g‘azablanganlaridan alomati yuzlarida aks etdi. Keyin dedilar: 
«Alloh taolo Musoni rahmat qilsin, unga bundan ham ko‘ra ko‘proq ozor berishardi, u hammasiga sabr qilardi». 
(Imom Buxoriy. “Sahih”. Termiziy. “Sunan”.)
Shunday qilib, Muso (a.s.) payg‘ambarlarning ulug‘laridan, shariatlari eng ulug‘ shariatlardan, ummatlari esa 
juda ko‘psonli edi. Ularning orasida podshohlar, amirlar, payg‘ambarlar, avliyolar, ulamolar, obidlar, zohidlar, 
donishmandlar va turli soha bilimdonlari bor edi. Shunga qaramay, ularning orasida itoatsizlik ko‘p bo‘ldi, Muso 
shariatini o‘zgartirdilar, natijada, Alloh taolo ularni ayanchli jazolar bilan jazoladi: ba’zilarini maymunga, 
ba’zilarini to‘ng‘izga aylantirib qo‘ydi. Shunda ham ular yomonlikni tark etmadilar, Alloh ularni bir necha bor 
zolim hukmdorlarga duchor qilib, ularning qatag‘oniga uchratdi. 
Ulug‘ sahobalar Ibn Abbos, Abu Molik, Abu Solih va Abdulloh ibn Mas’ud (r.a.)lardan as-Sadiy rivoyat qilgan hadisda 
shunday deyiladi: «Alloh taolo Muso (a.s.)ga vahiy yuborib: «Men Horunni vafot ettirmoqchiman, falon joydagi toqqa olib 
keling!» - deb buyurdi. Muso (a.s.) Horun (a.s.)ni aytilgan joyga olib keldilar. U yerda bir ajoyib manzarali, go‘zal daraxtni 
ko‘rdilar. Uning yonida juda chiroyli qilib qurilgan uy bor edi. Uyning ichiga bir so‘ri qo‘yilgan bo‘lib, unga ozoda, yumshoq 
par to‘shaklar to‘shalgan edi. Uyning ichidan esa xushbo‘y, yoqimli hid taralardi. Horun (a.s.) toqqa nazar tashlar ekanlar, 
bu ajoyib daraxt, uy va so‘rini ko‘rib juda taajjublandilar va Muso (a.s.)ga dedilar: «Ey Muso, men shu yerda biroz uxlab 
dam olgim kelyapti» - dedilar. Muso (a.s.) ham rozilik bildirib: «Mayli so‘rida uxlab dam oling» - dedilar. Horun (a.s.): «Bu 
uyning egasi kelib menga g‘azab qilmasmikan?» - deb so‘radilar. Muso (a.s.): «Xotirjam uxlayvering, bu uyning egasi 
sizga g‘azab qilmasligiga men kafilman» - deb javob berdilar. Horun (a.s.): «Ey Muso, keling, birga uxlaylik, agar uy egasi 
kelib qolsa ham ikkovimizga barobar g‘azab qilsin!» - dedilar. Muso (a.s.) Horunning yoniga yotdilar va Horun (a.s.) shu 
yotganlaricha fanoga yo‘l oldilar. Horunning vafotlaridan so‘ng, uy ham, daraxt ham, so‘ri ham osmonga ko‘tarilib ketdi. 
Muso (a.s.)ning yolg‘iz kelganlarini ko‘rgan qavm: «Muso Horunni o‘ldiribdi, bani Isroilning Horunni ko‘proq sevishi 
Musoning hasadini qo‘zg‘abdi» - degan ig‘volarni tarqatishdi. Bu ig‘voning xabari Muso (a.s.)ga yetganda, qavmni bir 
yerga jamlab turib: «Ey qurib ketgurlar, Men o‘zimning akamni o‘ldiramanmi?» - dedilar va ikki rakat namoz o‘qib, Allohga 
iltijo qildilar. Alloh taolo Horun (a.s.) yotgan so‘rini Yerga qaytarib, qavmga ko‘rinadigan joygacha tushirdi. Bani Isroil 
osmon bilan Yer o‘rtasida muallaq turgan, ustida Horun (a.s.)ning jasadlari yotgan so‘rini o‘z ko‘zlari bilan ko‘rdilar». 
(Ibn 
Kasir. Qisasul-anbiyo. Qohira. Dorul-manor. 322-bet.)
Imom Buxoriy «Sahih»larida shunday rivoyat qiladilar: «Abu Hurayra (r.a.) dedilar: «Muso (a.s.)ning umrlari 
nihoyasiga yetganda, Alloh taolo o‘lim farishtasi Azroilni qabzi ruh uchun yubordi. Muso (a.s.) Azroilni qabul 
qilmadilar va haydab yubordilar. Azroil (a.s.) Allohning huzuriga borib shikoyat qildilar va: «Ey Rabbim, meni 
yuborgan bandang o‘limni istamayapti» - dedilar. Alloh taolo dedi: «Muso (a.s.)ning huzuriga qaytib bor va 
unga ayt, u bir ho‘kizning terisi ustiga qo‘lini qo‘ysin, kaftiga qancha dona mo‘y sig‘sa, o‘shancha yil yana 
yashaydi». Azroil (a.s.) Muso (a.s.)ga borib shu gapni aytganlarida, Muso (a.s.): «Undan keyinchi?» - deb 
so‘radilar. Azroil (a.s.): «Undan keyin o‘lim» - deganlarida, Muso (a.s.) taqdirga tan berdilar va baribir o‘lim haq 
bo‘lgandan keyin, o‘z vaqtidagisini tanladilar. 
Imom Ahmad «Musnad»ida rivoyat qilgan hadisda Abu Hurayra (r.a.) aytadilar: «Azroil (a.s.) Muso 
(a.s.)ning huzurlariga kelib: «Rabbingizning da’vatini qabul qiling!» - dedilar. Muso (a.s.) Azroilni urib, ko‘zini 
chiqarib qo‘ydilar. Azroil (a.s.) Alloh huzuriga borib: «Bandang o‘lishni istamayapti, mening esa ko‘zimni urib 
chiqardi» - deb shikoyat qildilar. Alloh taolo Azroilning ko‘zini joyiga qo‘yib, keyin dedi: «Borib Musoga ayt. 
Agar u hayotni istasa, qo‘lini ho‘kizning ustiga qo‘yib, siqimlasin, qancha yung uning qo‘liga kirsa, shuncha 
yashaydi». Azroil borib Muso (a.s.)ga Allohning buyrug‘ini aytganlarida, Muso (a.s.): «Undan keyin nima 
bo‘ladi?» - deb so‘radilar. Azroil: «O’lim» - deb javob qilganlarida, Muso (a.s.): «Ey Rabbim, senga yaqin 
bo‘lganim ma’qul» - deb, o‘limga rozi bo‘ldilar. 
Muso (a.s.) qavmlari bilan qirq yil Tiyh vodiysida adashib yurdilar, Baytul muqaddasga kirish nasib etmadi. 
Muso (a.s.)ning umrlari nihoyasiga yetib borgan paytda Alloh taolodan, Baytul maqdisga kirish nasib bo‘lmasa 
ham, unga yaqinroq joyda qazo ettirishni iltijo qildilar.


Payg’ambarlar tarixi Islomiyat tarixidir (1-kitob) 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
126
Imom Muslim rivoyat qilgan hadisda, janob Rasululloh (s.a.v.) dedilar:

Download 1,01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   250   251   252   253   254   255   256   257   ...   268




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish