Payg’ambarlar tarixi Islomiyat tarixidir (1-kitob)
www.ziyouz.com kutubxonasi
118
َﻦﻳِﺮِﻇﺎﱠﻨﻟا
ﱡﺮُﺴَﺗ
ﺎَﻬُﻧْﻮَﻟ
ٌﻊِﻗﺎَﻓ
ُءاَﺮْﻔَﺻ
ٌةَﺮَﻘَﺑ
)
٦٩
(
ا
اﻮُﻟﺎَﻗ
ﱠنِإ
َﻲِه
ﺎَﻣ
ﺎَﻨَﻟ
ْﻦِّﻴَﺒُﻳ
َﻚﱠﺑَر
ﺎَﻨَﻟ
ُعْد
َنوُﺪَﺘْﻬُﻤَﻟ
ُﻪﱠﻠﻟا
َءﺎَﺷ
ْنِإ
ﺎﱠﻧِإَو
ﺎَﻨْﻴَﻠَﻋ
َﻪَﺑﺎَﺸَﺗ
َﺮَﻘَﺒْﻟا
)
٧٠
(
ٌلﻮُﻟَذ
ﻻ
ٌةَﺮَﻘَﺑ
ﺎَﻬﱠﻧِإ
ُلﻮُﻘَﻳ
ُﻪﱠﻧِإ
َلﺎَﻗ
ﻵا
اﻮُﻟﺎَﻗ
ﺎَﻬﻴِﻓ
َﺔَﻴِﺷ
ﻻ
ٌﺔَﻤﱠﻠَﺴُﻣ
َثْﺮَﺤْﻟا
ﻲِﻘْﺴَﺗ
ﻻَو
َضْرﻷا
ُﺮﻴِﺜُﺗ
ﺎَهﻮُﺤَﺑَﺬَﻓ
ِّﻖَﺤْﻟﺎِﺑ
َﺖْﺌِﺟ
َن
َنﻮُﻠَﻌْﻔَﻳ
اوُدﺎَآ
ﺎَﻣَو
)
٧١
(
«Ular dedilar: «Rabbingdan duo qilib so‘ra, u
(sigir)
nimaligini bayon qilsin». Muso dedi: «
(U)
aytmoqdaki, u qari ham, yosh ham bo‘lmagan o‘rta yosh sigirdir. Bas, sizlarga buyurilgan narsa (ish)ni
qilinglar!» Ular dedilar: «Rabbingdan duo qilib so‘ra, uning rangini bayon qilsin». Muso dedi: «U
aytmoqdaki, u yarqiroq, sariq rangli sigir bo‘lib, ko‘rganlarni shod etur». Ular dedilar: «Rabbingdan
duo qilib so‘ra, uning qanaqaligini bayon qilsin, zero, bizga sigirlar bir-biriga o‘xshash tuyuldi. Xudo
xohlasa biz, albatta, to‘g‘ri yo‘lni topuvchilarmiz».
(Muso)
aytdi: «U aytmoqdaki, u shunday sigirki, yer
haydashga ham, ekinlarni sug‘orishga ham o‘rgatilmagan bo‘lib, nuqsonsiz, unda
(sarg‘ish rangidan
boshqa)
rang yo‘q». Ular: «Endi haqiqatni keltirding» - deb uni
(o‘sha sifatlarga ega sigirni zo‘rg‘a topib)
so‘ydilar, vaholonki,
(bu ishni)
qila olmasliklariga sal qolgan edi».
(Baqara, 68-71.)
Isroil avlodlari sigirni so‘yishga so‘yib, endi bu yog‘iga nima qilishni bilmay turganlarida, Alloh taolo bu
yog‘ini ham o‘rgatdi, ya’ni sigirning bir parchasini kesib olib, u bilan jasadni urishlari lozimligini ham vahiy qildi.
Bu parcha et sigirning qaysi a’zosi ekanligi haqida ulamolardan «bir parcha go‘shti», «dumg‘azasi», «dumi»,
«ikki kuragining orasidagi payi» degan turli fikrlar rivoyat qilingan.
و
َنﻮُﻤُﺘْﻜَﺗ
ْﻢُﺘْﻨُآ
ﺎَﻣ
ٌجِﺮْﺨُﻣ
ُﻪﱠﻠﻟاَو
ﺎَﻬﻴِﻓ
ْﻢُﺗْأَراﱠدﺎَﻓ
ﺎًﺴْﻔَﻧ
ْﻢُﺘْﻠَﺘَﻗ
ْذِإَ
)
٧٢
(
ﺎَﻬِﻀْﻌَﺒِﺑ
ُﻩﻮُﺑِﺮْﺿا
ﺎَﻨْﻠُﻘَﻓ
ْﻟا
ُﻪﱠﻠﻟا
ﻲِﻴْﺤُﻳ
َﻚِﻟَﺬَآ
َنﻮُﻠِﻘْﻌَﺗ
ْﻢُﻜﱠﻠَﻌَﻟ
ِﻪِﺗﺎَﻳﺁ
ْﻢُﻜﻳِﺮُﻳَو
ﻰَﺗْﻮَﻤ
)
٧٣
(
«Eslang, bir insonni o‘ldirib qo‘yib, shu mojaro sababli janjallashib qolgan edingizlar, holbuki, Alloh
sizlar yashirgan narsalarni
(sirlarni)
yuzaga chiqaruvchidir. Dedik: «Uni
(o‘ldirilgan odamni)
uning
(so‘yilgan sigirning)
bir bo‘lagi bilan uringlar». Alloh o‘liklarni
(xuddi)
shu kabi
(osongina)
tiriltiradi...»
(Baqara, 72-73.)
Alloh taolo «Kahf» surasida Muso (a.s.) bilan Xizr (a.s.) o‘rtalarida sodir bo‘lgan voqeaning xabarini beradi.
Imom Buxoriy «Sahih»ida rivoyat qilingan hadisda Sa’id ibn Jubayr aytadilar: «Biz Ibn Abbos (r.a.)ning
uylarida u kishi bilan suhbatda o‘tirgan edik. Ibn Abbos (r.a.) bizga: «So‘ranglar!» - deb xitob qildilar. Men Ibn
Abbosga: «Jonim sizga fido bo‘lsin! Menda bir savol bor. Kufada Navf degan bir qissachining rivoyat qilishicha,
Xizr (a.s.)ga yo‘liqib, u kishidan ilm o‘rgangan odam Muso payg‘ambar emas, balki, boshqa Muso ekan, shu
gap to‘g‘rimi?» - deb savol berdim. Ibn Abbos darhol: «Allohning dushmani yolg‘on aytibdi. Menga Ubay ibn
Ka’bning rivoyat qilishicha, Payg‘ambarimiz (s.a.v.) shunday dedilar: «Allohning rasuli Muso (a.s.) bir kuni
jamoa oldida shunday zikrlar qildilarki, o‘tirganlarning dillari erib, ko‘zlaridan yoshlar quyildi. Ularning biri Muso
(a.s.)ga mehri tovlab, muhabbati oshib ketganidan: «Ey Allohning rasuli, bu dunyoda sizdan bilimdonroq odam
ham bormi?» - deganda, Muso (a.s.): «Yo‘q!» - deb javob berdilar.
Alloh taolo Muso (a.s.)ning «Mendan Alloh biluvchiroqdir!» - deyish o‘rniga g‘ururlanib ketganlaridan norozi bo‘ldi va
Muso (a.s.)ga itob qilib: «Ey Muso, bu dunyoda sendan ham biluvchiroq odam bor!» - dedi. Muso (a.s.): «Rabbim, u odam
qaerda?» - deb so‘radilar. Alloh taolo: «Sen qidirgan odam «Majma’ul bahrayn»
(Ikki dengiz qo‘shilgan joy)
da dedi. Muso
(a.s.) o‘sha ilmli zot bilan uchrashish va undan ilm o‘rganishga Allohdan ijozat oldilar».
(Ushbu hadis Imom Buxoriy va
Imom Muslimning “Sahih”larida hamda Imom Termiziyning “Sunan”larida keltirilgan.)
Sufyonning rivoyat qilishlaricha, Muso (a.s.) o‘z shogirdlari Yusha’ ibn Nun bilan «Majma’ul bahrayn» tomon
yo‘lga tushdilar. Yusha’ safarda iste’mol qilish uchun savatda qovurilgan baliq ham ko‘tarib olgan edilar.
Ikkovlari dengiz sohilidagi bir xarsang tosh yonida to‘xtadilar. Muso (a.s.) boshlarini xarsangga qo‘yib uyquga
ketdilar. Xarsang toshning yonida «hayot bulog‘i» bor bo‘lib, uning suvidan qovurilgan baliqqa sachradi va
baliq shu onda tirilib, dengizda ajoyib iz qoldirib suzib ketdi.
Do'stlaringiz bilan baham: