ْﻢُﺘْﻨُآ
ْنِإ
اﻮُﻠﱠآَﻮَﺗ
ِﻪْﻴَﻠَﻌَﻓ
ِﻪﱠﻠﻟﺎِﺑ
ْﻢُﺘْﻨَﻣﺁ
ْﻢُﺘْﻨُآ
ْنِإ
ِمْﻮَﻗ
ﺎَﻳ
ﻰَﺳﻮُﻣ
َلﺎَﻗَو
َﻦﻴِﻤِﻠْﺴُﻣ
)
٨٤
(
ﻰَﻠَﻋ
اﻮُﻟﺎَﻘَﻓ
َﻦﻴِﻤِﻟﺎﱠﻈﻟا
ِمْﻮَﻘْﻠِﻟ
ًﺔَﻨْﺘِﻓ
ﺎَﻨْﻠَﻌْﺠَﺗ
ﻻ
ﺎَﻨﱠﺑَر
ﺎَﻨْﻠﱠآَﻮَﺗ
ِﻪﱠﻠﻟا
)
٨٥
(
َﻦﻳِﺮِﻓﺎَﻜْﻟا
ِمْﻮَﻘْﻟا
َﻦِﻣ
َﻚِﺘَﻤْﺣَﺮِﺑ
ﺎَﻨِّﺠَﻧَو
)
٨٦
(
Payg’ambarlar tarixi Islomiyat tarixidir (1-kitob)
www.ziyouz.com kutubxonasi
105
Muso dedi: «Ey qavmim! Allohga imon keltirgan ekansizlar, bas, Unga tavakkul ham qilingizlar, agar
musulmon bo‘lsangizlar, albatta». Bas, ular dedilar: «Allohgagina tavakkul qildik. Ey Rabbimiz!
Zolimlar qavmiga bizni fitna (aldanuvchi) qilib qo‘ymagin! O’z rahmating bilan bizni kofirlar qavmidan
xalos etgin!».
(Yunus, 84-86.)
Muso va Horunga imon keltirganlarning soni ko‘paygani va shunga qaramay ular kofirlarning tazyiqi ostida
yashashga majbur bo‘lgani uchun, Alloh taolo payg‘ambariga mo‘minlar uchun ibodatxona (masjid) bino
qilishni, ko‘p ibodat bilan Allohga iltijo va tazarru’ qilishib, shu yo‘l bilan kofir qavmdan najot topishlarini vahiy
qildi:
ًﺔَﻠْﺒِﻗ
ْﻢُﻜَﺗﻮُﻴُﺑ
اﻮُﻠَﻌْﺟاَو
ﺎًﺗﻮُﻴُﺑ
َﺮْﺼِﻤِﺑ
ﺎَﻤُﻜِﻣْﻮَﻘِﻟ
ﺁﱠﻮَﺒَﺗ
ْنَأ
ِﻪﻴِﺧَأَو
ﻰَﺳﻮُﻣ
ﻰَﻟِإ
ﺎَﻨْﻴَﺣْوَأَو
َﻦﻴِﻨِﻣْﺆُﻤْﻟا
ِﺮِّﺸَﺑَو
َةﻼﱠﺼﻟا
اﻮُﻤﻴِﻗَأَو
)
٨٧
(
Muso va uning birodariga vahiy orqali: «Qavmlaringiz uchun Misrda uylar hozirlangiz va uylaringizni qibla
(namozgoh) etib, namoz o‘qingizlar va mo‘minlarga esa (ey, Muso) xushxabar
(Bu “xushxabar” Fir’avn ustidan
qilinadigan g‘alabaning xabaridir.)
bering!»
-
deb aytdik.
(Yunus, 87.)
Barcha mo‘minlar ibodatda qoim bo‘lishib, Allohdan najot so‘rashga o‘tdilar. Muso (a.s.) esa butun
qavmlariga najot so‘rab, Allohga iltijo bilan shunday duo qildilar:
ﻻاَﻮْﻣَأَو
ًﺔَﻨﻳِز
ُﻩﻸَﻣَو
َنْﻮَﻋْﺮِﻓ
َﺖْﻴَﺗﺁ
َﻚﱠﻧِإ
ﺎَﻨﱠﺑَر
ﻰَﺳﻮُﻣ
َلﺎَﻗَو
اﻮﱡﻠِﻀُﻴِﻟ
ﺎَﻨﱠﺑَر
ﺎَﻴْﻧﱡﺪﻟا
ِةﺎَﻴَﺤْﻟا
ﻲِﻓ
َباَﺬَﻌْﻟا
اُوَﺮَﻳ
ﻰﱠﺘَﺣ
اﻮُﻨِﻣْﺆُﻳ
ﻼَﻓ
ْﻢِﻬِﺑﻮُﻠُﻗ
ﻰَﻠَﻋ
ْدُﺪْﺷاَو
ْﻢِﻬِﻟاَﻮْﻣَأ
ﻰَﻠَﻋ
ْﺲِﻤْﻃا
ﺎَﻨﱠﺑَر
َﻚِﻠﻴِﺒَﺳ
ْﻦَﻋ
َﻢﻴِﻟﻷا
)
٨٨
(
َﻞﻴِﺒَﺳ
ِّنﺎَﻌِﺒﱠﺘَﺗ
ﻻَو
ﺎَﻤﻴِﻘَﺘْﺳﺎَﻓ
ﺎَﻤُﻜُﺗَﻮْﻋَد
ْﺖَﺒﻴِﺟُأ
ْﺪَﻗ
َلﺎَﻗ
َنﻮُﻤَﻠْﻌَﻳ
ﻻ
َﻦﻳِﺬﱠﻟا
)
٨٩
(
Muso dedi: «Ey, Rabbimiz! Sen Fir’avn va uning zodagonlariga bu dunyoda zebu ziynat va molu
mulk ato etding. Ey, Rabbimiz!
(Bu esa, odamlarni)
Sening yo‘lingdan ozdirishlariga sabab bo‘ldi. Ey,
Rabbimiz! Mol-mulklarini barbod et va dillarini qattiq qil, toki
(qiyomatda)
alamli azobni
ko‘rmagunlaricha imon keltirmasinlar». Alloh dedi: «Ikkingizning duoingiz ijobat etildi. Endi, to‘g‘ri
bo‘lingizlar! Bilmaydiganlarning yo‘liga zinhor ergashmangizlar!».
(Yunus, 88-89.)
Muso (a.s.)ning duolari sababidan Alloh taolo Fir’avn va uning qavmi to‘plagan barcha boyliklarni, oltin-kumushlarni,
don-dun, urug‘larni oddiy qiymatsiz toshga aylantirdi. Bu voqea xalifa Umar ibn Abdulaziz huzurida so‘zlanganda, u
o‘zining bir quliga: «Bor, xaltani olib chiq!» - deb buyurdi. Qul xaltani olib kelganda, uning ichidan toshga aylanib qotib
qolgan don va tuxum chiqdi».
(Ibn Kasir. Qisasul-anbiyo. Qohira. 261-bet.)
Alloh aytadi:
َنﻮُﻌَﺒﱠﺘُﻣ
ْﻢُﻜﱠﻧِإ
يِدﺎَﺒِﻌِﺑ
ِﺮْﺳَأ
ْنَأ
ﻰَﺳﻮُﻣ
ﻰَﻟِإ
ﺎَﻨْﻴَﺣْوَأَو
)
٥٢
(
“Biz Musoga: «Bandalarim
(Isroil avlodi)
bilan tunda yo‘lga chiqqin! Albatta, sizlarning izingizga tushilur» - deb
vahiy yubordik”.
(Shuaro, 52.)
َﻳ
ِﺮْﺤَﺒْﻟا
ﻲِﻓ
ﺎًﻘﻳِﺮَﻃ
ْﻢُﻬَﻟ
ْبِﺮْﺿﺎَﻓ
يِدﺎَﺒِﻌِﺑ
ِﺮْﺳَأ
ْنَأ
ﻰَﺳﻮُﻣ
ﻰَﻟِإ
ﺎَﻨْﻴَﺣْوَأ
ْﺪَﻘَﻟَو
ُفﺎَﺨَﺗ
ﻻ
ﺎًﺴَﺒ
ﻰَﺸْﺨَﺗ
ﻻَو
ﺎًآَرَد
)
٧٧
(
Biz Musoga: «Sen bandalarimni
(Isroil avlodini)
tunda olib ket va (ortingdan) yetib kelishdan xavf qilmagan va
(g‘arq bo‘lishdan ham)
qo‘rqmagan holingda dengizdan ularga quruq yo‘l och» - deb vahiy yubordik.
(Toha, 77.)
Mufassirlar va ahli kitoblardan ba’zilarining xabar berishlaricha, Muso (a.s.)ga bani Isroilni olib Misrdan
chiqib ketish buyurilgan kuni, ular o‘zlarining bir milliy bayramlariga to‘planish uchun Fir’avndan ijozat
so‘radilar. Fir’avn ichida norozi bo‘lsa ham, ijozat bermaslikning yo‘lini topolmadi.
Ahli kitoblardan rivoyat etilishicha, Bani Isroilga Misrdan chiqib ketishga amr etilgach, Alloh taolo ushbu oyni
ularning yilboshiga aylantirdi va ularga har bir oila o‘zlari uchun yangi tug‘ilgan qo‘zi so‘yish, agar ular bunga
muhtoj bo‘lmasalar, qo‘shnilarga yordam berish buyurildi. Qo‘zilar so‘yilgandan keyin, uning qoni bilan
darvozalariga alomat qo‘yish ham ta’kidlandi. Qo‘zi a’zolarining hamma go‘shtlarini, qaynatib emas, qovurib
yeyish, ulardan biror narsani qoldirmaslik, uydan tashqariga hech narsa chiqarmaslik, qo‘zining suyagini
sindirmaslik, endi yetti kungacha ovqatlari faqat patir non bo‘lishi buyurildi. Bani Isroil bu ajoyib ziyofatni bahor
payti, yangi yilning birinchi oyi, o‘n to‘rtinchi kunida boshladilar. Ularga yana shart qilindiki, taomlanayotgan
vaqtlarida bellari belbog‘ bilan mahkam bog‘langan, oyoqlaridan mahsilari yechilmagan, hassalari qo‘llarida
bo‘lgan va tik turgan holda taomni tez-tez tanovul qilsinlar. Ovqatdan ortib qolsa, uni kelgusi kunga saqlab
qo‘ymasdan, o‘tda kuydirib yuborsinlar.
Payg’ambarlar tarixi Islomiyat tarixidir (1-kitob)
www.ziyouz.com kutubxonasi
106
Isroil avlodlariga mana shu ajoyib ziyofat kuni shar’an bayram kuniga aylandi va to Tavrot dunyoda mavjud
va ma’mul ekan bu bayram davom etadi. Shu kechada Misrliklar bani Isroilni unutsinlar va o‘zlari bilan ovora
bo‘lsinlar deb, Alloh taolo Qibt qabilasi odamlaridan va chorva mollaridan juda ko‘pini o‘ldirdi.
Misrliklar o‘zlarining musibatlari bilan band ekanlar, bani Isroil tun yarmida Misrdan chiqishib, Shom tarafiga
qarab yurib ketishdi.
Bani Isroilning Misrdagi turg‘unlik hayoti to‘rt yuz o‘ttiz yilni tashkil etdi. Ular Misrdan qochib chiqqan yil «Fasx» yili
bo‘lib, ana shu yil munosabati bilan «Fasx» bayrami tashkil etilgan. Bani Isroilning e’tirof etishlaricha, ularning muqaddas
kitoblarida shar’iy qilingan uchta bayram bo‘lib, birinchisi «Fasx»
(Nasroniylarning “Pasxa” bayrami yahudiylarning mazkur
bayramlarining davomidir)
bayrami, ikkinchisi «Fitr»
(Musulmonlar singari yahudiylarda ham “iydul-fitr”, ya’ni Ramazon
hayiti mavjud)
bayrami, uchinchisi «Himl»
(Misrdan chiqib ketishga Fir’avn izn bergan kechada, hamma yahudiylar yeyish
uchun qo‘zi so‘yishga buyurilgan va shu kuni ularda ozodlik bayrami hisoblanadi. Shu munosabat bilan bu bayram “iydul-
himl”, ya’ni qo‘zi so‘yish bayrami deyiladi)
bayrami deb nomlanadi.
Misrdan Muso va Horun (a.s.)lar bilan chiqqan yahudiylar soni yetti yuz ming erkak edi. Bu hisobga ayollar
va cho‘rilar kirmaydi.
Ahli kitoblarning aytishlaricha, Allohning amri bilan bani Isroil bayramga bezanib chiqish uchun Fir’avn
qavmlaridan turli qimmatbaho taqinchoqlarni ijaraga oldilar. Juda ko‘p boylikni o‘zlari bilan olib, kechasi Shom
tarafga qarab yurishni tezlatdilar. Ular Misrdan chiqishda Yusuf payg‘ambarning tobutlarini ham olib ketdilar.
Bani Isroil kechayu kunduz yo‘l yurdilar, ularga kunduzi bulut soya qilar, oq nurdan bo‘lgan ustun ularni yo‘lga
boshlar, kechasi esa olov ustun ularning yo‘lini yoritar edi. Shu bo‘yi ular yo‘l yurib, dengiz sohiliga yetdilar.
Muso va uning qavmi Misrdan chiqib, Shom tarafga qochib ketayotganining xabari Fir’avnga yetib kelgach,
u o‘zini qo‘yarga joy topolmay qoldi va tezlik bilan askar to‘plab, bani Isroilning izidan quvishga tushdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |