Payg’ambarlar tarixi Islomiyat tarixidir (1-kitob)
www.ziyouz.com kutubxonasi
102
(Qavm Musoga)
dedilar: «
(Sen)
bizga kelmasingdan oldin ham, kelganingdan keyin ham ozorlandik.
(Muso)
dedi: «Rabbingiz dushmaningizni halok etib, sizlarni
(Misrdek)
yerga o‘rinbosar qilajak va
qanday ish qilishingizni ko‘rajak».
(O’sha sura, 129.)
Fir’avn
qavmini Alloh taolo birin-ketin sinovlarga duchor qila boshladi. Bu haqda oyati karimada shunday
xabar berilgan:
َنوُﺮﱠآﱠﺬَﻳ
ْﻢُﻬﱠﻠَﻌَﻟ
ِتاَﺮَﻤﱠﺜﻟا
َﻦِﻣ
ٍﺺْﻘَﻧَو
َﻦﻴِﻨِّﺴﻟﺎِﺑ
َنْﻮَﻋْﺮِﻓ
َلﺁ
ﺎَﻧْﺬَﺧَأ
ْﺪَﻘَﻟَو
)
١٣٠
(
“Fir’avn qavmini zora eslatma olsalar, deb
(qahatchilik)
yillariga va mevalarning taqchilligiga duchor etdik”.
(O’sha sura, 130.)
Ammo kofir qavm, ommaviy yetgan bunday azobdan ibrat olish o‘rniga, ularning inod va inkorlari battar
zo‘raydi. Ular buni Muso (a.s.)dan yashirib o‘tirmadilar:
َﻦﻴِﻨِﻣْﺆُﻤِﺑ
َﻚَﻟ
ُﻦْﺤَﻧ
ﺎَﻤَﻓ
ﺎَﻬِﺑ
ﺎَﻧَﺮَﺤْﺴَﺘِﻟ
ٍﺔَﻳﺁ
ْﻦِﻣ
ِﻪِﺑ
ﺎَﻨِﺗْﺄَﺗ
ﺎَﻤْﻬَﻣ
اﻮُﻟﺎَﻗَو
)
١٣٢
(
ﺎَﻨْﻠَﺳْرَﺄَﻓ
ُﻢِﻬْﻴَﻠَﻋ
َﻦﻴِﻣِﺮْﺠُﻣ
ﺎًﻣْﻮَﻗ
اﻮُﻧﺎَآَو
اوُﺮَﺒْﻜَﺘْﺳﺎَﻓ
ٍتﻼﱠﺼَﻔُﻣ
ٍتﺎَﻳﺁ
َمﱠﺪﻟاَو
َعِدﺎَﻔﱠﻀﻟاَو
َﻞﱠﻤُﻘْﻟاَو
َداَﺮَﺠْﻟاَو
َنﺎَﻓﻮﱡﻄﻟا
)
١٣٣
(
«
(Ular Musoga)
aytdilar: «Bizni sehrlash uchun har qanday mo‘‘jiza keltirsang ham, biz senga imon
keltiruvchi emasmiz». Shundan keyin ular ustiga to‘fon, chigirtka, bit, baqalar va qon
(balolari)
ni aniq
mo‘‘jizalar sifatida yubordik.
(Shundan)
so‘ng ham ular kibr qildilar va
(o‘zlari oldindan)
jinoyatchilar
qavmi edilar.
(A’rof, 132-133.)
Ibn Abbos (r.a.) aytadilar: «To‘fon balosidan murod ekin-tikinlarni va mevalarni to‘kib,
yakson qiluvchi
davomli yoqqan yomg‘irdir».
Ato va ba’zi olimlarning fikrlaricha, to‘fon o‘limning ko‘p bo‘lishidir.
Mujohid: «To‘fon suv va vabo kasalligidir» - degan.
Oysha (r.a.) rivoyat qiladilar: «Payg‘ambarimiz (s.a.v.) dedilar:
«To‘fon o‘limdir».
Salmon al-Forsiy aytadilar: «Payg‘ambarimiz (s.a.v.)dan chigirtka haqida so‘raldi. Payg‘ambarimiz (s.a.v.)
dedilar:
«Chigirtka Allohning eng ko‘psonli askarlari bo‘lib, uni men yemayman, sizlarga yeyishni
harom ham qilmayman».
Olimlarning e’tirof
etishlaricha, Payg‘ambarimiz (s.a.v.) chigirtkani haromligi uchun emas, taqvo sababidan
yemaganlar, shuningdek poklik sababidan piyoz, sarimsoqni yemaganlar. Ammo
boshqa musulmonlarga bu
narsalarning iste’moli man etilmaydi.
Abdulloh ibn Abu Avfo aytadilar: «Biz Rasululloh (s.a.v.) bilan yetti g‘azotda qatnashganmiz va safarda
chigirtkani yeganmiz».
Ibn Abbos (r.a.) aytadilar: «Qummal donning ichidan chiqadigan qurtdir». Boshqa rivoyatda, qanotsiz
chigirtka, deganlar.
Abdurrahmon ibn Zayd ibn Aslam: «Qummal burgadir» - degan.
Zafode’
(birligi zifda’dir)
barchaga mashhur bo‘lgan qurbaqadir. Qibtiylar ovqat uchun og‘izlarini ochsalar,
ovqat o‘rniga qurbaqa tushardi.
Misr hududida toza ichimlik suvi qolmagan edi. Nil daryosidanmi yoki quduq-buloqlardanmi
yo biror idishdanmi suv
ichmoqchi bo‘lsalar, o‘sha onda qip-qizil qonga aylanardi. Bu holat bani Isroilga bilinmasdan, faqat qibtiylargagina bilinishi
ayni mo‘‘jiza edi.
(Ibn Kasir. Qisasul anbiyo. Qohira. 256-bet.)
Do'stlaringiz bilan baham: