Microsoft Word paygambarlar tarixi 1 ziyouz com doc


-BOB  4.1. MUSO VA HORUN (A.S.)



Download 1,01 Mb.
Pdf ko'rish
bet196/268
Sana06.02.2022
Hajmi1,01 Mb.
#432757
1   ...   192   193   194   195   196   197   198   199   ...   268
4-BOB 
4.1. MUSO VA HORUN (A.S.)
Alloh taolo Qur’oni karimda zikr etgan payg‘ambarlarning qissalari orasida Muso (a.s.) qissasi eng katta va 
mufassal bayon etilgan qissadir. Qur’onning o‘ttiz to‘rt surasida bir yuz o‘ttiz olti marta Muso nomi tilga olingan. 
Muso (a.s.)ning nasablari Hazrat Ya’qubning o‘g‘illaridan biri bo‘lgan Lovo ibn Ya’qubga boradi. Muhammad ibn 
Ishoqning aytishicha, Lovo ibn Ya’qub va Nobita binti Moriydan Qohis ismli o‘g‘il tug‘ildi. Qohis ibn Lovo va Fohiy binti 
Mussindan Yashar ismli o‘g‘il tug‘ildi. Yashar ibn Qohis va Shumays binti Batodiddan Imron ismli o‘g‘il tug‘ildi. Imron ibn 
Yashar va Yuhib binti Shamvildan Muso va Horun ismli o‘g‘illar dunyoga keldilar. 
(Tarixi Tabariy. 1-j. 270-bet.)
Boshqa olimlarning fikrlaricha, Ya’qub ibn Ishoq (a.s.) bir yuz qirq yetti yil umr ko‘rganlar. Yoshlari sakson to‘qqizga 
yetganda, Lovo ismli o‘g‘illari tug‘ildi. Lovo qirq oltiga kirganda Qohis ismli o‘g‘il ko‘rdi. Qohis esa Yashar ismli o‘g‘il ko‘rdi. 
Yashar oltmish yoshligida o‘g‘li Imron dunyoga keldi. Muso (a.s.) ana shu Imronning o‘g‘lidirlar. Muso (a.s.) onalarining 
ismi Yukobid 
(Ba’zi manbalarda Yuxobid yoki Anohid, As-Suhayliyning yozishicha, Ayorixo yoki Ayozaxtdir. Lekin nomi 
kim deb aytilsa ham, juda baxtli ayol, ulug‘ payg‘ambarning onasi, Allohdan uning o‘ziga vahiy-ilhomiy xabar kelgan va 
Allohning buyrug‘iga itoat qilgan tabarruk ayoldir.)
, xotinlari esa Safurodir. 
(Tarixi Tabariy. 1-j. 271-bet.)
Ibn Kasir esa «Qisasul-Anbiyo» kitobida Muso (a.s.)ning shajaralarini «Muso ibn Imron ibn Qohis ibn Ozir ibn Lovo ibn 
Ya’qub ibn Ishoq ibn Ibrohim (a.s.)» deb keltirgan. 
(Ibn Kasir. Qisasul-anbiyo. Qohira, 221-bet.)
Isroil o‘g‘illari Yusuf (a.s.)ning davrlarida Misrning unumdor chorva yerlariga kelib o‘rnashgan, Misrliklar 
oldida ularning mavqe’lari baland, hayotlari farovon o‘tdi. Bu vaqtda Misr fir’avni Ar-Rayyon ibn Al-Valid bo‘lib, 
u Yusufning hurmatlaridan Bani Isroilga juda katta saxovat va samohat ko‘rsatdi. 
Ibn Ishoqning rivoyat qilishicha, Misr mulkida bir necha amoliqa fir’avnlar hukmronlik qilishdi va ular ham Yusuf, 
Ya’qub, Ishoq va Ibrohim dinlaridan yuz o‘girishmadi. Qachonki Muso (a.s.)ning fir’avni bo‘lgan Voliy al-Valid ibn Mus’ab 
(Uning tarixiy nomi Munfitoh Ramzes II dir)
Misr taxtiga o‘tirgandan keyin Bani Isroil qavmi boshiga balo yog‘ildi. Buning 
ikkita sababi bor edi. Birinchidan, boshqa fir’avnlarga qaraganda al-Validning qalbi qora, niyati buzuq, Bani Isroil qavmiga 
nisbatan adovati kuchli, o‘ta millatchi edi. 
(Tarixi Tabariy. 1-j. 272-bet.)
Ikkinchidan, kohinlarning unga bergan bashoratla rida, uning podshohligini bani Isroil qavmida tug‘ilajak 
o‘g‘il bola barbod etishining xabari bor edi. 
Shuning uchun Misrning bu johil fir’avni baniy Isroil qavmiga juda chuqur adovat saqladi va kuchining 
boricha ularga yomonlik, xunrezlik illatlarini namoyon qildi. Baniy Isrilning erki va farovon, osoyishta hayoti 
buzuldi. Ular endi Misr fuqarosi emas, balki misrliklarning qul va cho‘rilariga aylantirildi.
Shunday qilib Muso (a.s.)ning zamonlarida bani Isroil qavmini misrliklar quldek ishlatishardi. Misr qavmini 
qibtiy deb atalardi. Ular o‘z podshohlari boshchiligida ulug‘ payg‘ambarlar keltirgan Allohning haq dinidan yuz 
o‘girishib, yulduzlarga va butlarga sig‘inishar, Isroil qavmini haqorat etib, kamsitishar edi. Bu ham 
yetmagandek Fir’avn (Ramzes II) xudolik da’vosini qila boshladi. 
Bani Isroil qavmi Misrda o‘n ikki qabila bo‘lib yashagan. Fir’avnning zulmidan juda azob chekishar, ota-
bobolarining yerlari bo‘lgan Kan’onga ketishni juda-juda istashar, biroq buning ilojini qilisha olmas edilar. 
Fir’avn ularni turli guruhlarga: binokorlarga, dehqonlarga va cho‘ponlarga bo‘lib tashladi. Hamma ish bilan 
qattiq band edi. Qo‘lidan ish kelmaydiganlar esa alohida guruh qilinib, ulardan beish yurganlari uchun Fir’avn 
xazinasiga jarima soliq olinardi. 
Ular orasida o‘zlarining haqiqiy e’tiqodlaridan voz kechmagan, dinlarini yashirganlar ham mavjud edi. Hatto ulardan biri 
bo‘lgan Osiya binti Mazohim ayollarning eng go‘zali, eng pokizasi va eng yaxshisi bo‘lib, Fir’avnning ishonch va 
muhabbatini qozongan, Fir’avnning jufti, umr yo‘ldoshi, Misr malikasi darajasiga erishgan edi. 
(Tarixi Tabariy. 1-j. 272-
bet.)
Fir’avnning xotini bo‘lgan Osiya binti Mazohim haqida yana turli fikrlar mavjud. 
 
As-Suhayliyning fikricha, Osiya Musoning ammasi edi. Ba’zi olimlarning fikricha, Osiya Muso (a.s.)ning sibti 
(qabilasi)dan bo‘lgan. 
Ibn Jarir At-Tabariyning aytishicha, Osiyaning to‘liq nomi Binti Mazohim ibn Ubayd ibn ar-Rayyon ibn al-
Valid bo‘lib, Yusuf (a.s.)ning zamonlaridagi musulmon fir’avnning chevarasi edi.

Download 1,01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   192   193   194   195   196   197   198   199   ...   268




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish