Microsoft Word paygambarlar tarixi 1 ziyouz com doc



Download 1,01 Mb.
Pdf ko'rish
bet162/268
Sana06.02.2022
Hajmi1,01 Mb.
#432757
1   ...   158   159   160   161   162   163   164   165   ...   268
 
 
ٍباَﺬَﻋَو
 
ٍﺐْﺼُﻨِﺑ
 
ُنﺎَﻄْﻴﱠﺸﻟا
 
َﻲِﻨﱠﺴَﻣ
 
ﻲِّﻧَأ
 
ُﻪﱠﺑَر
 
ىَدﺎَﻧ
 
ْذِإ
 
َبﻮﱡﻳَأ
 
ﺎَﻧَﺪْﺒَﻋ
 
ْﺮُآْذاَو
)
٤١
(
 
ْﺾُآْرا
 
َﻚِﻠْﺟِﺮِﺑ
 
ٌباَﺮَﺷَو
 
ٌدِرﺎَﺑ
 
ٌﻞَﺴَﺘْﻐُﻣ
 
اَﺬَه
)
٤٢
(
 
«
(Ey Muhammad (s.a.v))
, bandamiz Ayyubning Parvardigoriga nido qilib: «Darhaqiqat, shayton meni 
balo va azob bilan ushladi», degan paytini eslang! 
(Shunda unga aytildi)
: «Oyog‘ing bilan ostingdagi 
yerni tepgin!» 
U Allohning amrini bajargan edi, o‘sha yerdan bir chashma otilib chiqdi. So‘ng unga aytildi

«Mana shu muzdek ichiladigan va cho‘miladigan suvdir.
(Qachonki Ayyub u suvda cho‘milib, so‘ng undan ichgach 
uning barcha zohiriy va botiniy dardlari darhol davo topdi)
».
(Sod, 41-42.)
Ayyub (a.s.)ning xotinlari yolg‘iz Rahimagina bu uzoq muddatli sinov paytida eriga vafo qilib, sadoqat bilan 
xizmat qildi, ham erining, ham Allohning roziligini topdi. 
Ayyub (a.s.)ning kasallari shu darajada og‘ir ediki, go‘shtlari chirib, to‘kilib ketgan, faqat suyaklari va 
paylarigina qolgan edi. Ayyubning xotinlari qum olib kelar va qoq suyakning ostiga to‘shardi. Rahimaning eriga 
juda rahmi kelganidan, bir kuni: «Rabbingizga duo qilsangiz, sizga o‘zi shifo berardi» - dedi. Shunda Ayyub 
(a.s.): «Axir yetmish yil ne’matda va farovonlikda yashadim. Alloh uchun men ham yetmish yil azob cheksam, 
bu juda oz-ku!» - dedilar. Buni eshitgan Rahima biroz og‘ringan bo‘lsa-da, erining xizmatida astoydil davom 
etdi. 
Ahli kitoblarning rivoyat qilishicha, odamlar Ayyubni shahardan tashqariga axlatxonaga chiqarib tashlashdi. 
Chunki, u yara-chaqaning ko‘pligi va og‘irligidan sasib ketgan edi. Hamma undan yuz o‘girgan, faqat xotini 
Rahimagina avvalgi yaxshi kunlarini qadrlab, eriga vafo va sadoqat bilan xizmat qilardi. Molining va 
xizmatkorlarining hisobiga yetib bo‘lmaydigan Ayyub shunday qashshoqlashib ketdiki, Rahima birovlarning 
uyida xizmatkorlik qilib, topgan puliga Ayyub (a.s.) uchun taom sotib olardi. 
Nihoyat odamlar, erining kasalini yuqtirib qo‘yadi, deyishib Rahimani ishga ham aytmay qo‘yishdi, undan 
ham hazar qiladigan bo‘lishdi. Nochor qolgan vafodor xotin bir o‘rim sochini tagidan qirqdirib boylardan birining 
qiziga sotdi va puliga Ayyub uchun yegulik taomlar oldi. Ayyub (a.s.) taomni nari surib, buni qaerdan olganini 
so‘radi. Rahima, bu taomni odamlarning uyida ishlab topgan pulga olganligini aytdi. Ertasi kuni ham uni hech 
kim ishga aytmadi. Nochorlikdan ikkinchi o‘rim sochini ham qirqtirib, bir boyning qiziga sotdi va puliga Ayyub 
uchun taom sotib oldi. Ayyub (a.s.) bugun ham taomni yemasdan surib qo‘ydilar va uni qaerdan olganini 
xotinlaridan so‘radilar. Rahima, eriga taomni bemalol yeyishini, qaerdan olganini esa albatta tushuntirishini 
qasam ichib aytdi va ro‘molini olib, boshini ochib ko‘rsatdi. Ana shundagina Ayyub (a.s.):
 
«Parvardigorim, menga musibat yetishdi. O’zing rahmlilarning rahmlirog‘isan» - deb duo qildilar. 
Abdulloh ibn Ubayd ibn Umayr aytadi: «Ayyub (a.s.)ning ikki yaqin birodarlari bor edi. Boshqalar yuz o‘girib 
ketgan bo‘lsa ham, ikkovi kelib, Ayyubdan xabar olib turishardi. Bir kuni kelishib, Ayyubning yaqiniga 
borolmasdan, uzoqdan salomlashishdi-da, keyin o‘zaro gaplashishib, biri ikkinchisiga dedi: «Agar Alloh taolo 
Ayyubni yaxshilar qatoriga qo‘shganda, uni bunchalik og‘ir kasalga mubtalo qilmasdi» - dedi. Bu gap 
Ayyubning quloqlariga yetib, qattiq ranjidilar va Allohning huzuriga iltijo qildilar: «Ey, parvardigor, men biror 
odamning ochligini bila turib, o‘zim to‘q yotmaganimni bilsang, meni tasdiq etgin!». Osmondan uni tasdiqlagan 
ovoz keldi va bu ovozni ikki birodari ham eshitdi. 
«Ey, parvardigorim, muhtoj-yalang‘och odamni bilganim holda, o‘zim ikkita kiyim kiymaganimni bilsang, 
meni tasdiq etgin!». Osmondan tasdiq ovozi keldi va bu ovozni ikkovi ham eshitdi. Keyin Ayyub: «Ey 
parvardigorim, sening aziz zotingdan najot so‘rayman, agar mendan bu baloni aritmas ekansan, men boshimni 
abadiy ko‘tarmayman!» - dedilar va sajdaga bosh qo‘ydilar. Alloh taolo barcha dardlaridan xalos qildi». 
Anas ibn Molik (r.a.) shunday rivoyat qiladilar: «Payg‘ambarimiz (s.a.v) dedilar: 
«Allohning payg‘ambari Ayyubning sinovi o‘n sakkiz yil davom etdi. Ayyubning yaqinlari ham, uzoq 
tanishlari ham undan yuz o‘girishdi. Faqat doim Ayyubning yoniga chopadigan ikki qadrdonlarigina kelib-ketib, 
xabar olib yurishardi. Ularning biri ikkinchisiga dedi: «Bilasanmi, nima uchun o‘n sakkiz yildan buyon Alloh 
Ayyubga najot bermayapti, chunki u kechirilmaydigan katta gunoh qilib qo‘ygan, shuning uchun Alloh unga 
rahm qilmayapti» - dedi. 


Payg’ambarlar tarixi Islomiyat tarixidir (1-kitob) 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
77
Sherigi bu gapni sir saqlay olmasdan, Ayyubga aytib qo‘ydi. Ayyub (a.s.) qattiq iztirobga tushdilar va: «Nima 
deyapsan?! Alloh biladi, men bir kuni ikki kishining janjallashayotganini eshitdim. Ular tinmay Allohning nomini tilga 
olishardi. Men ularga, Allohning nomini faqat haq bo‘lsanggina tilga ol, deb tanbeh bergan edim. Keyin uyga kelib, qilgan 
ishimga pushaymon yedim va kafforat berdim. Bundan boshqa xato qilganimni bilmayman» - dedilar. 
(Ibn Kasir. Qisasul-
anbiyo. Qohira. 205-bet.)
Ayyub (a.s.) agar hojatga chiqmoqchi bo‘lsalar, Rahimaning yetagida chiqar edilar. Bir kuni zarur bo‘lib, 
xotinlarini chaqirdilar, ammo u kelavermadi. Alloh taolo shu onda Ayyub (a.s.)ga vahiy yuborib:

Download 1,01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   158   159   160   161   162   163   164   165   ...   268




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish