«Menga sakkiz yil ishlab berishing evaziga men senga mana shu ikki qizimdan
birini nikohlab bermoqchiman»
-
degan mazmundagi oyatni dalil qilib, Hanafiy mazhab ulamolari, bunday
so‘zni tijoratda ham ishlatsa bo‘ladi, deganlar. Masalan: mana bu ikki quldan birini, mana bu ikki libosdan birini
sotaman deb shartnoma qilsa bo‘ladi.
Imom Ahmad Muso (a.s.)ning Shuayb (a.s.) bilan tuzgan shartnomalarini dalil qilib: «Har bir kishi o‘z qornini
to‘yg‘azish uchun taom evaziga yoki kiyinish uchun libos evaziga o‘zini ijaraga qo‘ysa bo‘ladi», - deb fatvo
berganlar. Dalil sifatida quyidagi hadisni keltiradilar:
«Ataba ibn Al-Munzir aytadi: «Biz Rasululloh (s.a.v.)ning huzurlarida o‘tirgan edik. Rasululloh (s.a.v.) «To.
Sin. Mim.»
(Qosos surasi)
surasini o‘qib, Muso (a.s.)ning qissalariga yetganda, shunday dedilar:
«Albatta,
Muso (a.s.) qornini to‘yg‘azish va nomusini saqlash uchun o‘zini sakkiz yoki o‘n yilga ijaraga bergan».
Ataba ibn As-Salmo rivoyat qiladiki, Rasululloh (s.a.v.) dedilar:
Do'stlaringiz bilan baham: |