Payg’ambarlar tarixi Islomiyat tarixidir (1-kitob)
www.ziyouz.com kutubxonasi
55
Yahudiy: «Juda to‘g‘ri aytding, u yulduzlarning nomlari xuddi shunday edi» - dedi.
(Ibn Kasir. Qisasul-anbiyo. Qohira,
178-bet.)
Yusuf (a.s.) yoshlikdan o‘ta go‘zal, har qanday qalbi pok kishining dilida mehr va har qanday qalbi qora
kishida adovat va hasad paydo qiluvchi husnga ega edilar.
Buning ustiga Binyomin va Yusufning onalari bo‘lgan Rohiyl olamdan o‘tgan, ularning ko‘nggillari yarim, shu
sababdan otalari Ya’qub (a.s.) butun muhabbatlarini va rahm-shafqatlarini Yusuf va Binyominga
qaratgan
edilar. Bunga tush ham qo‘shildi va Ya’qub (a.s.)ning fikr-zikrlari Yusufda bo‘lib qoldi. Bu hol Yusuf akalarining
qalblarida hasad olovini alangalatdi. Ular ukalari Yusuf va Binyominga bo‘lgan adovatlari va hasadlarini bir-
birlaridan yashirmas edilar. Ulardan biri dedi:
«Nima uchun Yusuf va uning ukasi otamizning mehrini qozongan, biz otamizga nima yomonlik qildikki,
bizga muhabbatlari yo‘q. Bizning yoshimiz Yusuf va uning ukasidan katta, kuchimiz ko‘p, otamizning hamma
xizmatlarini doim
bajarsak, nima uchun otamizning ko‘ngillari ikkovini bizdan ortiq ko‘radi? Ehtimol bizlarning
onalarimizdan Yusuf va Binyominning onasi Rohiyl otamiz qalbida suyukliroqdir, lekin bunda bizning aybimiz
nima?»
Ikkinchisi shunday dedi: «Otamizning dillaridagi Yusuf va ukasiga bo‘lgan muhabbat kaftdagi barmoqlarday
mustahkam o‘sib bo‘lgan. Agar biz otamizning oldilariga bunday savol bilan borganimizda ham dildagi
mustahkam muhabbatni yulib tashlash mumkin emas. Shunday ekan faqat bir yo‘li bor, u ham bo‘lsa, Yusufni
o‘ldirishimiz yoki uzoq o‘rmonga
eltib tashlab, hayvonlarga yem qilishimiz yo bo‘lmasa sahroga olib borib qum
ostiga ko‘mib yuborishimiz kerak, shundagina undan qutulamiz, otamiz esa bizga suyanib qoladilar. Keyinroq
esa Allohga istig‘for aytib, tavba qilib yaxshi odamlar qatoriga qo‘shilib olamiz».
Yahuzo Yusuf akalari orasida rahmdilroq, fikri o‘tkirroq edi. U ham gapga qo‘shilib: «Ey birodarlar, biz
payg‘ambar
avlodimiz, payg‘ambar nabirasimiz, hammamizning ham aqlimiz bor, dinimiz bor, aql ham, din
ham odam o‘ldirishga buyurmaydi. Holbuki, Yusuf beayb bola, hech qachon uni o‘ldirishga sabab bo‘ladigan
yomonlik ham, gunoh ham qilgani yo‘q. Shuning uchun, modomiki, undan qutulishga qaror qilgan ekansizlar,
Baytul-Maqdis
yaqinidagi chuqur, suvi ko‘p bo‘lgan quduqqa tashlanglar, biror o‘tkinchi topib olsa, o‘zi bilan
birga olib ketadi, sizlar undan qutulasizlar, qotillik gunohidan ham uzoq bo‘lasizlar», dedi. Hammalari uning
fikriga qo‘shildilar.
«
Haqiqatan, Yusuf va (uning) akalari (qissasi)da so‘rovchilar uchun alomatlar bordir.
O’shanda (akalari) aytdilar: «Yusuf va uning ukasi (Binyomin) otamizga bizdan ko‘ra suyukliroqdir.
Vaholonki, biz bir to‘p (ko‘pchilik)miz. Haqiqatan, otamiz aniq gumrohlikdadir.
(Bir-birlariga): «Yusufni o‘ldiringiz yoki uni biror yerga chiqarib tashlangiz, shunda otangiz o‘zi sizlarga ortar
(faqat sizlarga mehr qo‘yar). Undan keyin yana solih kishilar qavmi bo‘lursizlar.
Ulardan bir so‘zlovchi dedi: «Yusufni o‘ldirmangiz, balki agar qilmoqchi bo‘lsangiz, uni quduq qa’riga
tashlangiz, shunda uni ba’zi yo‘lovchilar olib ketar!»
Tong otganda barcha akalar otalari Ya’qub (as)ning huzuriga bordilar va unga shunday dedilar:
«Ey otajon, nima uchun Yusufni bizga ishonmaysiz, u ham bizning ukamiz, hammamiz sizning
farzandlaringizmiz, sizning barchamizga mehringiz bir, muhabbatingiz ziyoda, ertaga
Yusufni biz bilan
yuboring, uni shahar tashqarisiga olib chiqaylik, biz qo‘y boqqanda u keng dalada yayrab, o‘ynab kelsin,
kechqurun huzuringgizga tani yayrab kirib keladi. Biz uni hamisha nazarimizdan qochirmaymiz», - dedilar.
Ya’qub (a.s.) ularga: «Men Yusufni ko‘zimdan uzoqlatsam chiday olmayman, dalada sizlar beparvo bo‘lib
qolsalaringiz, payt poylab uni bo‘ri yeb qo‘yishi mumkin, unda meni abadiy g‘amga qo‘yasizlar», - deb e’tiroz
bildirdilar. Ammo akalari:
«Bizdek pahlavon jigarlari turganda Yusufni qanday bo‘ri yer ekan, agar unday bo‘lsa, biz ham zarar
ko‘ramiz-ku, jigarimizdan ayrilamiz-ku?», - dedilar. Nihoyat Ya’qub (as): «Bo‘lmasa, ko‘zdan hech
qochirmanglar, sizlarga ham,
Allohga ham amonat qildim, bilganlaringni qilinglar!» - deb ijozat berib yubordilar.
Tong otganda Yusufni hamroh qilib quduq tomon yurdilar, unga yetmasdanoq Yusufga qo‘pol muomala qila
boshladilar. Niyatlari oshkor bo‘ldi, hasadlari kuchaydi, Yusufning libosiga chang solishib, yirtib oldilar va o‘zini
quduqqa tashlab yubordilar. Shu bilan ular Yusufdan qutuldik, deb o‘yladilar, otalarining Yusufga bo‘lgan
muhabbati tezda unutiladi va dillari bizga moyil bo‘ladi, deb gumon qildilar. Lekin Allohning taqdiri o‘zgacha
edi, ular taqdirni o‘zgartirmoqchi bo‘ldilar, ammo taqdir ular ustidan kuldi. Ular makr qilmoqchi bo‘ldilar, ammo
Allohning ishi hamisha g‘olibdir.
Kech kirganda hammalari Ya’qub (a.s.) huzurlariga yig‘ilishib kirib keldilar va:
«Dod-faryod bilan dedilar: «Ey otajon, siz qo‘rqqan ish sodir bo‘ldi. Biz Yusufni narsalarimiz oldida qoldirib,
o‘zimiz ishlarimiz bilan mashg‘ul bo‘lib
qolgan ekanmiz, Yusufni bo‘ri poylaganini sezmabmiz, unga hamla qilib
yeb qo‘yipti, mana Yusufning kiyimlarini qoniga belangan holda topdik».