Кириш
Respublikamiz Prezidenti I.A.Karimovning 2010 yil 12 noyabrdagi Oliy
Majlis palatalari qo‘shma majlisida «Mamlakatimizda demokratik islohotlarni
yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi»
mavzuidagi ma’ruzasi, xususan «Axborot sohasini isloh qilish, axborot va so‘z
erkinligini ta’minlash» bo‘yicha belgilab bergan strategik vazifalari ommaviy
axborot
vositalari
uchun
yana
muhim
davrni
boshlab
berdi.
Davlatimiz
rahbari
o‘z
nutqlarida
«Demokratik
jarayonlarni
chuqurlashtirish, aholining siyosiy faolligini oshirish, fuqarolarning mamlakatimiz
siyosiy va ijtimoiy hayotidagi amaliy ishtiroki haqida so‘z yuritar ekanmiz, albatta,
axborot erkinligini ta’minlamasdan, ommaviy axborot vositalarini odamlar o‘z fikr
va g‘oyalarini, sodir bo‘layotgan voqealarga o‘z munosabati va pozitsiyasini erkin
ifoda etadigan minbarga aylantirmasdan turib, bu maqsadlarga erishib
bo‘lmasligini o‘zimizga yaxshi tasavvur etamiz» deb, ommaviy axborot
vositalarining
jamiyatdagi
tub
mohiyatini
bayon
etib
berdilar.
Ommaviy axborot vositalari har doim jamiyat taraqqiyotining ko‘zgusi,
kishilarning ongi, dunyoqarashi, siyosiy saviyasining shakllanishida asosiy
vositalardan biri bo‘lib kelgan. O‘tgan davrda barcha sohalar qatori OAV uchun
ham serqirra rivojlanish davri bo‘ldi.
Istiqlolga erishganimizdan so‘ng, birinchi navbatda sohaning huquqiy
bazasiga e’tibor qaratildi va rivojlangan davlatlar tajribalarini o‘rganish boshlandi.
Ommaviy axborot vositalarining xalqaro huquqiy asoslari bu Inson huquqlari
xalqaro umumjahon dekloratsiyasi, Fuqaroviy va siyosiy huquqlar to‘g‘risidagi
xalqaro akti, O‘zbekiston Respublikasining xalqaro tashkilotlar va boshqa davlatlar
bilan axborot siyosatiga doir tuzgan bitim va shartnomalari hisoblanadi. Mazkur
huquqiy hujjatlar axborotni izlash, olish, tarqatish jarayonlari va ommaviy axborot
vositalari faoliyatini bevosita yoki bilvosita tartibga soluvchi normalardir.
Mustaqillik yillarida ommaviy axborot vositalari faoliyatini tartibga soluvchi
quyidagi qonunlar qabul qilindi:
-«Ommaviy axborot vositalari to‘g‘risida»gi Qonun (2007 yil 15 yanvar');
-«Axborot olish kafolatlari va erkinligi to‘g‘risida»gi Qonun (1997 yil 24 aprel');
-«Jurnalistlik faoliyatini himoya qilish to‘g‘risida»gi Qonun (1997 yil 24 aprel');
-«Axborot erkinligi prinsiplari va kafolatlari to‘g‘risida»gi Qonun (2002 yil 12
dekabr);
-«Noshirlik
faoliyati
to‘g‘risida»gi
Qonun
(1996
yil
30
avgust);
-«Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar to‘g‘risida»gi Qonun (2006 yil 20 iyul');
-«Reklama
to‘g‘risida»gi
Qonun
(1998
yil
25
dekabr);
-«Axborotlashtirish
to‘g‘risida»gi
Qonun
(1993
yil
7
may);
-«Telekommunikasiyalar
to‘g‘risida»gi
Qonun
(1999
yil
20
avgust).
O‘zbekiston Respublikasida ommaviy axborot vositalari huquqiy bazasini
yaratilishida Respublikamiz Konstitutsiyasiga asosiy manba sifatida tayanildi.
Konstitutsiyamizning 67-moddasida «Ommaviy axborot vositalari erkindir va
qonunga muvofiq ishlaydi. Ular axborotning to‘g‘riligi uchun belgilangan tartibda
javobgardirlar. Senzuraga yo‘l qo‘yilmaydi» deb belgilab qo‘yilgani ommaviy
axborot vositalarining mutlaq qonuniy erkinligining kafolati hisoblanadi.
Ushbu qoidaga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi «Ommaviy axborot
vositalari to‘g‘risida»gi Qonunining 7-moddasida «O‘zbekiston Respublikasida
ommaviy axborot vositalarini senzura qilishga yo‘l qo‘yilmaydi. E’lon
qilinayotgan xabar va materiallar oldindan kelishib olinishini, shuningdek ularning
matni o‘zgartirilishini yoki butunlay nashrdan olib qolinishini (efirga
berilmasligini) talab qilishga hech kimning haqqi yo‘q» deb ko‘rsatib qo‘yildi.
Yaratilgan keng sharoitlar tufayli mustaqillik yillarida ommaviy axborot
vositalarimizning soni to‘rt barobarga oshib, bugungi kunda ularning umumiy soni
1292 tani (01.07.2012y. holatiga) tashkil etadi (jadval – 1, 2).
E’tiborlisi shundan iboratki, 1991 yillarda davlatga qarashli bitta
televideniye va radiodan boshqa bunday ommaviy axborot vositasining o‘zi
mavjud emas edi. Bugun respublikada nodavlat OAV tez rivojlanmoqda.
Telekanal, radiokanallardan tashqari veb-saytlar ham OAV sifatida ro‘yxatdan
o‘tkazilmoqda. Bir so‘z bilan aitganda sohada eng tez rivojlanayotgan tarmoqlar
ham aynan elektron OAV hisobiga to‘g‘ri keladi. Hozirda mavjud nodavlat OAV
jami
OAVning
60
foizini
tashkil
etadi
(jadval
–
3,
4,
5).
Ommaviy axborot vositalari O‘zbekistonda yashayotgan millatlarning 7 ta
tilida va siyosiy-ijtimoiy, iqtisodiy, ma’naviy-ma’rifiy, sport kabi 20 dan ortiq
ixtisosliklarda faoliyat olib
boradi.
Bunday salmoqli o‘zgarishlar sohada qonunchilik mexanizmini yanada
takomillashtirish, ularning erkin faoliyat yuritishlari uchun zarur shart-sharoitlar
yaratish lozimligini taqozo
etmoqda.
2010 yil 12 noyabrdagi Oliy Majlis palatalarining navbatdagi qo‘shma
yig‘ilishida Prezidentimiz «Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada
chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi»da yana
axborot
sohasiga
alohida
to‘xtalib
o‘tganlari
diqqatga
sazovordir.
Mazkur Konsepsiyada axborot sohasiga daxldor «Ommaviy axborot
vositalari to‘g‘risida»gi va «Axborot erkinligi prinsiplari va kafolatlari
to‘g‘risida»gi Qonunlarga tegishli o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish bilan birga
«Telekommunikasiyalar
to‘g‘risida»gi
qonunni
takomillashtirish
hamda
«Ommaviy axborot vositalari faoliyatining iqtisodiy asoslari to‘g‘risida»gi,
«Ommaviy axborot vositalarini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash kafolatlari
to‘g‘risida»gi, «Davlat hokimiyati boshqaruv organlari faoliyatining ochiqligi
to‘g‘risida»gi va «Teleradioeshittirishlar to‘g‘risida»gi qonunlarni qabul qilish
taklifi kiritildi.
Agentlik huzurida tashkil etilgan ekspert guruhi tomonidan O‘zbekiston
Respublikasining «Ommaviy axborot vositalarini davlat tomonidan qo‘llab-
quvvatlash kafolatlari to‘g‘risida»gi va «Ommaviy axborot vositalari va axborot
olish sohasidagi ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish
to‘g‘risida»gi Qonunlar loyihalari tayyorlandi. Ushbu loyihalar bir qator
mintaqaviy va xalqaro konferensilarda, seminar va yig‘ilishlarda keng
muhokamalardan o‘tkazildi. Tegishli vazirlik va idoralardan kelishuvlardan
o‘tkazilgandan so‘ng 2011 yil noyabr' oyida loyihalar Vazirlar Mahkamasiga
kiritildi.
O‘zbekiston Respublikasining «Ommaviy axborot vositalarini davlat
tomonidan qo‘llab-quvvatlash kafolatlari to‘g‘risida»gi Qonun loyihasi hozirda
erspert guruhining muhokamalaridan o‘tkazilmoqda. Prezident Farmoyishiga
muvofiq
loyiha
2012
yil
to‘rtinchi
choragida
hukumatga
kiritiladi.
Mamlakatimizda demokratik jarayonlarning chuqurlashuvi davlat hokimiyati
organlari faoliyatining ochiqligini ta’minlashda OAV ishtirokini zamon talabiga
moslashtirishni taqozo qilishi bilan birga mavjud axborot manbalaridan yanada
samrali foydalanish, matbuot erkniligi va mustaqilligini mustahkamlash,
fuqarolarning axborot sohasidagi huquq va erkinliklari to‘laroq qondirishga
yo‘naltirilgan bir qator tadbirlarni amalga oshirish lozimligini taqozo etmoqda.
Mustaqillik yillarida ommaviy axborot sohasini tartibga soluvchi va
istiqbolini belgilab beruvchi bir qancha zarur qonun hujjatlari qabul qilinib, ular
hayotimizda keng tatbiq etib kelinmoqda. Yurtimizda amalga oshirilaetgan
islohotlar, yuz berayotgan jarayonlar shunchalik tezlik va keng qamrovni tashkil
etdiki, bugunga kelib bu qonunlarni yana ko‘p yillarga hizmat qilishi uchun
ayrimlarini qayta ishlash, ba’zilariga esa o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish,
yana
kerak
bo‘lsa
yangilarini
qabul
qilish
zarur
bo‘lib
qoldi.
Konsepsiyada mamlakatimizda barpo etilayotgan fuqarolik jamiyatining
huquqiy
negizini
mustahkamlash,
ayniqsa
sohamizga
oid
qonunlarni
takomillashtirish borasida aniq vazifalarni belgilab berdi. Bu haqiqatni dunyodagi
taniqli siyosatchilar, jamoat arboblari va OAV sohasidagi yirik ekspertlarning
e’tirof
etayotganliklari
ayniqsa
diqqatga
sazovordir.
Davlatimiz rahbari tomonidan axborot sohasini isloh etish bo‘yicha vazifa
etib belgilangan bu chora-tadbirlarning asl mohiyati fuqarolik jamiyatini barpo
etishda ommaviy axborot vositalarining mustaqil institut sifatida shakllanishini,
siyosiy hokimiyat va fuqarolar o‘rtasidagi munosabatlarni tartibga solishda
ochiqlikni hamda fuqarorlarning axborot sohasidagi konstitutsiyaviy huquqlarini
to‘liq ta’minlashdan iboratdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |