Jadval – 3
Matbaachilik (01.07.2012y. holatiga) Matbaachilik sohasida ham
mustaqillik davrida katta o‘zgarishlar ro‘y berdi. Amalga oshirilayotgan islohotlar
sohada ijobiy yutuqlarni qo‘lga kiritish uchun zamin yaratish bilan birga, barqaror
rivojlanishiga
keng imkoniyatlarni
yaratib
berdi.
Mustaqillik yillarda ushbu tarmoqni rivojlantirish yo‘lida sohaning huquqiy-
me’yoriy bazasini shakllantirish borasida salmoqli ishlar amalga oshirildi.
Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998 yil 2 fevraldagi
«O‘zbekiston Respublikasida matbaa faoliyatini tartibga solish to‘g‘risida»gi 52-
son qarori, 2002 yil 27 dekabrdagi «Matbaa korxonalarini ro‘yxatga olish va
hisobga qo‘yish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida» 454-son qarori,
2006 yil 16 aprelda O‘zbekistan Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan № 1561
raqami bilan ro‘yxatga olingan O‘zbekiston Matbuot va axborot agentligining 2006
yil 15 martdagi «Nashrlarni chop etish qoidalarini tasdiqlash haqida»gi 29-sonli
buyrug‘i
shular jumlasidandir.
Davlatimiz
tomonidan
yaratilgan
keng
sharoit
tufayli
matbaa
korxonalarining rivojlanishi, sohaga yangi tehnologiyalarning kirib kelishi bilan
ichki bozorimizdagi matbaa mahsulotlariga bo‘lgan ehtiyoj qondirila boshlandi.
O‘z navbatida bu jarayon ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning sifatini oshib
borishiga
ham olib keldi.
Yaratilayotgan keng imkoniyat sababli, so‘nggi yillarga kelib matbaa
korxonalarining soni ham ortib bordi. Agar 1990 yilda Respublikada 149 ta
bosmaxona faoliyat ko‘rsatgan bo‘lsa, bugun ularning soni 1514 taga
(01.07.2012y.holatiga) etgan (jadval-1).
Agar 1990 yilda mavjud bo‘lgan 149 ta matbaa korxonalarining barchasi davlatga
qarashli bo‘lgan bo‘lsa, bugungi kunda davlat tasarrufidagi matbaa korxonalarning
soni 21 (01.07.2012y. holatiga) tani tashkil qiladi (jadval – 2, 3).
Iste’mol bozorini yozuv daftarlari bilan ta’minlashni tartibga solish va sohaning
aynan shu yo‘nalishidagi matbaa korxonalarini texnik va texnologik qayta
jihozlash uchun qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida O‘zbekiston
Respublikasi Prezidentining 2009 yil 20 noyabrdagi «Respublika iste’mol bozorini
maktab anjomlarining ayrim turlari bilan to‘ldirish bo‘yicha chora-tadbirlar
to‘g‘risida»gi
1231-son
qarori
ham
qabul
qilindi.
Prezidentning mazkur qaroriga ko‘ra 2010 - 2014 yillar davrida matbaa
faoliyati bilan shug‘ullanayotgan yuridik shaxslar O‘zbekiston Respublikasida
ishlab chiqarilmaydigan va maktab daftarlari, kundaliklar hamda rasm chizish
albomlari tayyorlashda foydalaniladigan texnologik uskunalar, ehtiyot qismlar va
qog‘oz xom ashyosini O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan
tasdiqlanadigan ro‘yxatlar bo‘yicha import qilishda bojxona to‘lovlari (bojxona
rasmyilashtiruvi
yig‘imlaridan
tashqari)
to‘lashdan
ozod
etildi.
Respublikadagi ichki bozorning turli xil daftar mahsulotlariga bir yillik
ehtiyoji o‘rtacha 200.0 mln. donani tashkil etadi. 2010 yilda ushbu ehtiyoj 56.2
foizga bajarildi. 2011 yildan boshlab bu ehtiyojni ortig‘i bilan bajarib kelinmoqda.
Bundan tashqari daftar mahsulotlarini hamdo‘stlik davlatlariga ham eksport qilish
ko‘zda
tutilgan.
Mamlakatimizdagi bosma mahsulotlar bozorining ehtiyojlarini qondirishda
xususiy matbaa korxonalarning o‘rni ortib bormoqda. Chunki, ularning ko‘pchiligi
respublikamiz matbaa mahsulotlari bozorini zarur mahsulotlar bilan to‘ldirish,
aholining kitob, jurnal, daftar va boshqa matbaa mahsulotlariga bo‘lgan ehtiyojini
qondirish kabi muhim vazifani ado etishda o‘zlarining beg‘araz hissalarini qo‘shib
kelmoqdalar.
Jadval – 1
Jadval – 2