Microsoft Word O'zbek adiblari doc



Download 0,84 Mb.
Pdf ko'rish
bet34/123
Sana07.01.2022
Hajmi0,84 Mb.
#327379
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   123
Bog'liq
xJUJlhKbIRAqt61muHvk20AMkEpAJ5nWYr9gazjq

 

 

 

ZAFAR DIYOR (1912—1946) 

 

O’zbek  bolalar  adabiyotining  ko‘zga  ko‘ringan  vakillaridan  biri  Zafar  Diyordir.  U  1912  yili 



Namangan  viloyatining  Chust  tumanida  kambag’al  dehqon  oilasida  tug’ildi.  Avval  eski 

maktabda, so‘ng Sho‘ro davri bolalar uyida ta’lim oldi. 

Bo‘lg‘usi  shoir  1927  yilda  Narimonov  nomli  o‘zbek  Erlar  bilim  yurtiga  o‘qjshga  kirib,  uni  1933 

yilda  a’lo  baholarga  tugatib,  o‘sha  yerda  adabiyot  muallimi  bo‘lib  xizmat  qildi.  1941  yilda  esa 

Toshkent Davlat pedagogika oliy bilimgohini tugatdi. 

Shoir  ijodi  garchi  erta  boshlangan  va  ko‘pgina  she’rlari  «Lenin  uchquni»,  «Yosh  leninchi», 

«Yosh  kuch»,  «Kolxozchi  bolalar»  kabi  ro‘znomalarda  chop  etilgan  bo‘lsa  ham,  uning 

«Qo‘shiqlar»  nomli  birinchi  she’riy  to‘plami  1933  yilda  nashr  etiladi.  Jurnalistika  shoir  faoliyati 

bilan chambarchas bog’liqdir. U avval «Lenin uchquni» (1936-1941) ro‘znomasida mas’ul kotib, 

1941 yildan umrining oxirigacha «Qizil O’zbekiston» ro‘znomasida bo‘lim mudiri bo‘lib ishlaydi. 

Shoirning  «Qo‘shiqlar»  to‘plamidan  so‘ng  «Tantana»  (1938),  «She’rlar»  (1939),  «Bizning 



qurolimiz», “Bizning oila” (1942), «Sovg‘a» (1944) kabi she’riy majmualari bosiladi. 

Zafar Diyor Ikkinchi jahon urushi yillarida (1941-1945) rang-barang janrlarda samarali ijod qildi. 

Uning «Ona allasi» (1942) qo‘shig‘i o‘z vaqtida yozilgan qo‘shiq edi. Uning «Qurol bering menga 

ham!»  she’ri  Hamid  Olimjonning  «Qo‘lingga  qurol  ol!»  asariga  hamohang  edi.  Shuningdek, 

«Orzu»,  «Timurchilar  maktubi»,  Otam  kelar  yaqinda»,  «Tabassum»  «To‘qqizinchi  may»  kabi 

she’rlari  yoshlarni  qahramonlik,  vatanparvarlik  va  birodarlik  ruhida  tarbiyalashda  muhim  rol 

o‘ynaydi. 

Zafar Diyor mohir bolalar shoiri bo‘lishi bilan birga bolalarning suyukli dramaturgi ham edi. Uning 

uch  qismdan  iborat  «Baxtli  yoshlik»,  «Uch  og‘ayni»  p’esalarida  bolalar  o‘rtasidagi  do‘stlik, 

birodarlik  ardoqlanadi.  U  adabiy-tanqidiy  madolalar  muallifi  sifatida  “Nabi  Rahimov”,  «Abay 

o‘lanlari», «Ashulalar» kabi ko‘plab maqolalar chop ettirgan. U tarjimon va nosir ham edi. 

Zafar  Diyor  1946  yil  14  aprelda  bevaqt  vafot  etdi.  Uning  vafotidan  keyin  «Kichkina  bog’bon 

haqida  doston»  (1947),  «Chaman»  (1948),  «Gunafsha»  (1952),  «Asarlar»  (1954),  «Qanotli 

do‘stlar» (1958), «Suv bilan suhbat» kabi to‘plam va saylanmalari nashr etildi. 




Download 0,84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   123




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish