Microsoft Word O'zbek adiblari doc



Download 0,84 Mb.
Pdf ko'rish
bet67/123
Sana07.01.2022
Hajmi0,84 Mb.
#327379
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   123
Bog'liq
xJUJlhKbIRAqt61muHvk20AMkEpAJ5nWYr9gazjq

 

 

OLIMJON XOLDOR (1932)

 

 



Shoir  va  adib  Olimjon  Xoldorni  «Vodiy  kuychisi»  deyishadi.  U  1932  yil  18  sentabrda  Andijon 

viloyati  Buloqboshi tumanining Kulla qishlog‘ida  tug‘ilgan. Avval to‘liqsiz o‘rta  maktabda,  so‘ng 

Andijondagi  pedbilim  yurtlarida  o‘qiydi.  Nihoyat,  Farg‘ona  Davlat  pedagogika  institutida  tahsil 

oladi. 


Sobiq Ittifoq armiyasida xizmat qiladi. Avval maktabda o‘qituvchi, radio muharriri, «Kommunist» 

va «Yosh leninchi» ro‘znomalarida muxbir bo‘lib xizmat qiladi. 1968— 1983 yillarda O’zbekiston 

Yozuvchilari  Andijon  bo‘limiga  boshchilik  qildi.  Hozirgi  kunda  «Andijonnoma»  ro‘znomasida 

bo‘lim boshlig‘idir. 

O.  Xoldor  ijodi  60-yillardan  boshlangan  bo‘lib,  birinchi  she’rlar  kitobi  «Arg‘uvon  tagida»  nomi 

bilan  1965  yilda  ustoz  Mirtemir  tahriri  ostida  choi  etildi.  Hozirgacha  o‘n  beshga  yaqin  kitobi, 

publitsistik  maqolalari  nashr  etilgan.  Jumladan  «Andijon  suluvi»  (1968),  «Kaftimdagi  tuproq» 

(1970), «Oshiqona» (1972), «Andijon bahori» (1976), «Subhidam qo‘shiqlari» (1977), «Kumush 

kosa»  (1979),  «To‘yona-to‘yona»  (1982),  «Yer  farzandi»  (1988),  «Senga  intilaman»  (1986), 

«Davrani kengroq oling» (1990), «Ko‘ngil», «Ko‘z tegmasin» (1992) hamda rus tilida «Vosmoe 

nebo  Andijana»  (1976),  «Bliki»  (1979),  «Vostochnsh  tropi»  (1980),  «Prichastnost»  (1980), 



«Pilayusheye  derevo»  (1991)  singari  to‘plamlari  chop  bo‘ldi.  Shuningdek,  uning  «Men— 

Apdijonman»,  «Andijon  samosi»,  «Kelajakdan  bir  sado»,  «Subhidam  qo‘shiqlari»,  «Roz»  kabi 

she’riy-epik asarlari ham paydo bo‘ldi. 

U  qo‘shiqchi  shoir  sifatida  ham  ma’lum  bo‘lib,  muallifning  ellikdan  ortiq  g‘azallariga  kuylar 

bastalangan. 

Dramaturg  sifatida  esa  uning  «Qotil  qim?»,  «Sevgi  afsonasi»  kabi  dramalari  yaratilgan. 

Shoirning yuqorida tilga olingan ko‘pchilik to‘plamlariga kirgan she’rlar bepoyon vodiy va uning 

zahmatkash kishilari haqidagi qasida desa bo‘ladi. Shuningdek, bir qator qo‘shiq va dostonlarida 

esa  inson  go‘zalligi,  ma’naviy  olami,  o‘zaro  mehr-muhabbati,  sadoqati  haqida  bahs  yuritadi, 

to‘yib-toshib  kuylaydi.  Uning  bir  qator  asarlari  qardosh  xalqlar  tillariga  tarjima  bo‘lgan.  Ayni 

chog‘da  shoir  hind,  chex,  rus,  arman,  ukrain,  qirg‘iz  adiblari  asarlarini  ham  o'z  ona  tiliga 

ag‘dargan.  Shuningdek,  uning  «Ko‘ngil»  nomli  qissasi  ham  chop  etilgan.  U  O’zbekistonda 

xizmat ko‘rsatgan san’at arbobidir. 


Download 0,84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   123




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish