MIRMUHSIN (1921)
O’zbek sho‘ro she’riyati va nasrining tanilgan vakillaridan Mirmuhsin Mirsaidov 1921 yili
Toshkentning Qo‘rg’ontegi mahallasida, kulol oilasida dunyoga keldi. O’rta maktabni tugatib,
1933 yili Nizomiy nomidagi Toshkent Davlat pedagogika institutida shoir Shuhrat, Shukrullolar
bilan birga o‘qidi.
«Ispan yigiti», «Sheralining mardligi», «Olov bolalar» kabi hikoyalari (1936), «Kamar» (1939)
dostoni adib ijodining ilk mevasi sifatida ahamiyatli.
Mirmuhsin institutni tugatgach, (1941) o‘rta maktabda, radio, ro‘znoma va oynomalarda ishlab
keldi. Ulug’ Vatan urushi yillarida xalqimizning qahramonligi adabiyotning bosh mavzusi edi.
Shoirning «Panfilovchi» she’ri, «Er yurak» (1942) to‘plami o‘sha davr mahsulidir. Shoir ijodining
kamoloti Ulug’ Vatan urushidan so‘nggi davrga to‘g’ri keladi. «Vafo» (1950), «Irmoqlar» (1961),
«Qalb va falsafa» (1963) singari to‘plam va balladalarida, «Ziyod va Adiba» (1958) she’riy
romanida zamonamiz kishilarining ma’naviy qiyofasi, Vatanga bo‘lgan munosabatlari bosh
mavzudir.
Shoirning «Usta G’iyos», «Do‘nan» (1947), «Yashil qish», «Qadrdonlar» (1954) poemalarida
o‘zbek dehqonlarining mardonavor mehnati ulug‘lanadi. Adibning “Dorbozlar” (4956) hikoyasida
o‘zbek milliy xarakteri an’anavy san’ati jozibador ifodalansa, «Jamila» (1957) qissasi
adabiyotimizdagi xotin-qiz qahramonlar gallereyasini boyitdi. «Hikoyalar» (1959), «Qizil
durrralar» (1961), “Sozanda” (1963) kitoblarining tematik doirasi keng bo’lib, voqealar realistik
bo‘yoqlarda berilgan.
Uning “Oq marmar” (1958), «Cho‘ri» (1959), «Tungi chaqmoqlar” (1964) povestlari u shoirgina
emas, mohir nosir ekanligini ham namoyish etdi. Shuningdek, Mirmuhsin 60-70-yillarda turli
mavzularga bag’ishlangan yirik polotnolar yaratdi. «Chiniqish» (1970), «Umid» (1969) “Degrez
o‘g‘li” (1972) romanlari shular jumlasidandir.
Asrlar osha yashab kelgan tarixiy yodgorliklar va ular ijodkorlarining adabiy barhayotligini
tasvirlovchi “Me’mor” (1974) romani keng jamoatchilik tomonidan mamnuniyat bilan kutib olindi.
Mirmuhsin 80-yillarda ham barakali ijod qildi. Bu davrda uning «Chodirli ayol», «Chotqol
yo‘lbarsi», “ildizlar va yaproqlar”, «Temur Malik», «Ilon o‘chi», “Movarounnahr” kabi qator
asarlari o‘quvchilar qo‘liga yetib bordi.
Mirmuhsin 300 dan ortiq nasriy va nazmiy kitoblar muallifidir. Uning asarlari turli tillarga tarjima
qilingan. Alohida kitoblari Rossiya, Ukrainada, qo’shni respublikalarda? Misr va Angliyada nashr
qilingan.
Mirmuhsin Pushkin va Ler,ontov asarlari tarjimonlaridan biri. U 1974 yilda «Umid» romani uchun
Hamza nomidagi Respublika Davlat mukofotiga sazovor bo’ldi.
O’zbekiston xalq yozuvchasi, O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan madaniyat xodimi, O’zbekiston
xalq maorifi a’lochisi Mirmuhsin hukumatning bir qator orden va medallari bilan taqdirlangan.
Mirmuhsin «Guliston» oynomasiga muharrirlik qilish bilan birga asarlar ustida qizg’in ish olib
bormoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |