Microsoft Word O'zbek adiblari doc



Download 0,84 Mb.
Pdf ko'rish
bet35/123
Sana07.01.2022
Hajmi0,84 Mb.
#327379
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   123
Bog'liq
xJUJlhKbIRAqt61muHvk20AMkEpAJ5nWYr9gazjq

 

 

AMIN UMARIY (1918—1942)

 

 



Sho‘ro  davri  o‘zbek  adabiyotining  ko‘zga  ko’ringan  vakili  Amin  Umariy  1913  yili  Qo‘qonda 

xizmatchi  oilasida  dunyoga  kelgan.  Otasi  Umar  aka  eski  maktablarda  muallimlik  qilgan.  Ona 

Nisobibi  didli,  zukko  ayol  hisoblangan.  Shu  sabab  bo‘lsa  kerak,  Amin  Umariy  oilada  yaxshi 

tarbiya ko‘rgan, xatli-savodli bo‘lib voyaga yetgan. 

Uning bolaligi o‘lkada inqilobiy ko‘tarilishlar, ish tashlash qo‘zg‘olonlar avjiga minayotgan davrga 

to‘g‘ri kelgan. Shuningdek, Qo‘qonda Muqimiy, Furqat, Zavqiy, Anbar Otin kabi elparvar shoir va 

shoiralarning  ijtimoiy  adolatsizlikka  qarshi  kurashi  avj  olgan  davr  ham  edi.  Xususan,  Hamza 

Hakimzodaning  «Milliy  ashulalar»i,  S.Ayniyning  «Marseleza»  kabi  da’vatkor  she’riyati  Amin 

Umariyning ijtimoiy ongi o‘suvida, adib bo‘lib yetishuvida muhim omil bo‘ldi. 

U  o‘rta  maktabni  tugatib,  1930-1935  yillarda  Samarqand  Davlat  pedakademiyasiga  o‘qishga 

kiradi.  Shoir  1935  yilda  Samarqand  dorilfununini  a’lo  baholar  bilan  yakunlaydi.  Bu  yerda  u 

H.Olimjon,  Uyg’un,  Oydin  kabi  iste’dodli  adiblar  bilan  hamnafas  bo‘ladi.  1937  yilda 

Samarqanddan  Toshkentga  ko‘chib  keladi  va  shu  yili  O’zbekiston  Yozuvchilari  uyushmasi 

a’zoligiga  qabul  qilinadi.  Shoirning  maktab  yillarida  boshlangan  ijodi  xuddi  shu  davrga  kelib 

gullay boshlaydi. Uning «Salom, maktab!» she’ri 1930 yilda bosilgan bo‘lib, «Yangroq sadolar» 

nomli  birinchi  to‘plami  1932  yilda  nashr  etiladi.  To‘plamdagi  ko‘pgina  she’rlarda  o‘sha  davr 

uchun  dolzarb  bo‘lgan  qishloq,  sanoat,  xotin-qizlar  ozodligi,  ziyolilar  hayotini  ifodalovchi 

mavzular  yetakchilik  qiladi.  Jumladan,  «Qaynayotgan  seximiz»  she’rida  sanoat  mavzui, 

«Bolshevik  homiysi»da paxtakor  dehqon  mehnati  va «Zarbachi  erlar»  she’rida  ma’rifat  mavzui 

o‘z aksini topadi. 

1938  yilga  kelib,  Amin  Umariyshshg  «Davr  tantanasi»  nomli  ikkinchi  she’riy  to‘plami  yuzaga 

keladi.  Mazkur  to‘plamdagi  she’rlar  ancha  puxta,  mavzui  jihatidan  ancha  boy  edi.  Uning 

«Yoshlik»  (1935)  nomli  to‘plami  shoir  ijodida  ko‘tarilishdan  darak  beradi.  «Farzand»  (1937), 

«Sadoqat»  (1938),  «Qo‘shiqlar»,  «Ijod  bog’ida»  kabi  to‘plamlari  ketma-ket  yaratildi.  Shoir  bu 

yillarda  Toshkent  Davlat  pedagogika  institutida  muallimlik  qildi.  «Guliston»  oynomasida, 

O’zbekiston Davlat nashriyotlarida faollik ko‘rsatdi, tarjimon va munaqqid sifatida qalam tebratdi. 

Amin  Umariy  «She’rlar»,  «Bolalik  qo‘shiqlari”,  «Ovozim»,  «Quyosh  jarchisi»  (1939-1941  yillar) 

kabi to‘plamlar yaratdi, bolalar shoiri sifatida «Bolalik qo‘shiqlari» (1938) kitobini chop ettirdi. 

Amin  Umariy  Ulug’  Vatan  urushi  yillarida  yana  ham  jonbozlik  ko‘rsatdi.  Uning  «Qasamyod» 

(1942) nomli she’riy to‘plami o‘sha davr jangovar faxriyasi edi. 

U  dramaturg  sifatida  K.  Yashin  bilan  birga  «Hamza»  (1941),  Tuyg’un  bilan  birga  «Qasos» 

dramalarini yozdi va ularda urush davri kartinalarini chizishga intildi. 

Nosir sifatida «Asad» (1932), «Qozon yo‘lida» (1838), «Toshotar» (1939) kabi hikoya va ocherk 

to‘plamlarini yaratdi. 

Shoir  va  dramaturg,  nosir  va  tarjimon  Amin  Umariy  avji  ijodi  qaynagan  davrda  —  1942  yil  14 

noyabrda Bekobod safaridan qaytgach, betoblikdan vafot etadi. 




Download 0,84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   123




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish