Microsoft Word O'zbek adiblari doc



Download 0,84 Mb.
Pdf ko'rish
bet29/123
Sana07.01.2022
Hajmi0,84 Mb.
#327379
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   123
Bog'liq
xJUJlhKbIRAqt61muHvk20AMkEpAJ5nWYr9gazjq

 

 

MIRTEMIR (1910-1972)

 

 



O’zbekiston  xalq  shoiri  Mirtemir  Tursun  o‘g‘li  1910  yili  Qozog’iston  respublikasi,  Turkiston 

shahrining  Iqon  qishlog’ida  tug’ildi.  U  ibtidoiy  eski  maktabni  bitirgach,  1921-1923  yillarda 

Toshkentdagi «Almaiy» nomli bolalar namuna ish maktabida tarbiyalanadi. 

Mirtemir 1925 yili o‘zbek Erlar bilim yurtiga o‘qishga kirib, uni 1929 yilda tamomlab, O’zbekiston 

Davlat  pedagogika  akademiyasida  o‘qiydi.  Ayni  vatstda  u  O’zbekiston  Markaziy  Ijroiya 

qo‘mitasining raisi Yo‘ldosh Oxunboboevning shaxsiy kotibi bo‘lib ishlaydi. 

Mirtemir  Samarqandda  Hamid  Olimjon,  Uyg’un  va  boshqa  shoirlar  bilan  yaqindan  tanishadi. 

Shoir  A.  Bezimenskiy,  M.  Svetlov  kabi  rus  shoirlarining  she’rlarini  ona  tiliga  tarjima  qiladi. 

Mirtemir  oz  muddat  oliy  maktablarda  ham  dars  beradi,  muharririyatlarda  xodim,  teatrlarda 

adabiy emakdosh, Yozuvchilar uyushmasida maslahatchi, nashriyotlarda muharrir bo‘lib ishladi. 

Uning  birinchi  she’ri  1926  yilda  «Tanburim  ovozi»  nomi  bilan  «Yosh  leninchi»  ro‘znomasida 

bosiladi. Shoirning «Shu’lalar qo‘ynida» nomli birinchi kitobi esa 1928 yilda chop etilgan. Unda 




Vatan madhi, mehnat gashti va yosh zamondoshlarning ma’naviy dunyosi asosiy mavzu sifatida 

tarannum etiladi. 

Shoir xalq poeziyasidan ilhomlanib, «Dilkusho», «Suv qizi», «Oysanamning to’yida», «Vladimir 

Ilich  Lenin»  kabi  dostonlarni  yaratdi.  Bu  asarlar  30-yillarning  ikkinchi  yarmidagi  o‘zbek 

lirikasining rivojlanishiga muhim hissa bo‘lib qo‘shildi. 

Uning  Ulug’  Vatan  urushi  yillarida  yaratilgan  «Vabo»,  «O’ch»,  «Bu—mening  Vatanim»,  «Ona 

shahar»,  «Dengiz  bo‘yida»,  «Mard  yigit  yoring  bo‘lay»,  «Pilla»,  «Ko’zlarim  yo‘lingda»  kabi 

she’rlarida dushmanga nafrat hislari jangovar ruhda ifodalangan. 

Urushdan  keyingi  yillar  Mirtemir  ijodida  zamon  bilan  hamnafaslik,  davrning  eng  muhim 

masalalarini zamondoshlarimizning barkamol obrazlarini yaratish keng o‘rin tutadi. 

Mirtemirning  tarjimonlik 

san’ati  ham 

tahsinga 

loyiqdir. 

A.S.Pushkin 



she’rlarini, 

N.A.Nekrasovning  «Rusiyada  kim  yashaydi»,  Sh.  Rustavelining  «Yo’lbars  terisini  yopingan 

pahlavon», Berdaq asarlari va qirg’iz xalq eposi «Manas»ni ham tarjima qilgan. 

Mirtemirning  “Qoraqalpoq  daftari”  turkumi  o‘zbek  poeziyasining  60-yillardagi  yutuqlaridandir. 

Shoirning  «Surat»  poemasi  sho‘ro  davri  o‘zbek  poemachiligjnjng  eng  nodir  namunalarjdan 

biridir.  «Men  seni...»,  «Chag’alay»,  «Qirg’iziston»,  «Mahtumquli  to‘yida»,  «Onaginam», 

«Qozog’im»,  «Qaydadir  buloq»  kabj  she’rlarj  xalqlar  do‘stligini  kuylovchi  eng  yaxshi 

asarlardandir.  1979  yilda  Mjrtemirga  «Tog’day  tayanchjm»  she’riy  to‘plami  uchun  Hamza 

nomidagi Respublika Davlat mukofoti berilgan. U 1972 yilda vafot etgan. 


Download 0,84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   123




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish