Microsoft Word O'zbek adiblari doc



Download 0,84 Mb.
Pdf ko'rish
bet23/123
Sana07.01.2022
Hajmi0,84 Mb.
#327379
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   123
Bog'liq
xJUJlhKbIRAqt61muHvk20AMkEpAJ5nWYr9gazjq

 

 

QUDDUS MUHAMMADIY (1907)

 

 



Sovet  davri  o’zbek  bolalar  adabiyotining  yirik  va  iste’dodli  namoyandalaridan  biri  Quddus 

Muhammadiy 1907 yili Toshkentda dehqon oilasida dunyoga keldi. O’rta maktabdan so’ng avval 

qishloq xo’jaligi bilim yurtida, so’ng O’rta Osiyo dorilfununining biologiya fakultetida tahsil oldi. 

Uning ijodi 30-yilardan boshlangan bo’lib, dastavval «Sharq haqiqati» ro’znomasi va «Yer yuzi» 

oynomalarida  chop  etildi.  Uning  mashhur  «Sandal  va  pechka»,  «O’z-o’zini  tanqid»  kabi 

dostonlari 1936-1937 yillarda yaratildi. 

Unda  eskilik  bilan  yangilik,  eski  urf-odatlar  bilan  yangicha  urf-odatlar  qiyosiy  tarzda  o’zining 

poetik  ifodasini  topdi.  Hayotdagi,  kishilar,  xususan  bolalar  xarakteridagi  ayrim  nuqsonlar 

beg’araz hajv qilindi. 

Quddus  Muhammadiy  1941—1944  yillarda  mashhur  xalq  shoiri,  baxshi  Islom  ota  huzurida 

uning dostonlarini yozib olish bilan mashg’ul bo’ldi. Urushdan keyingi yillarda esa uning birinchi 

she’riy  to’plami  «Sinov»  (1947)  nomi  bilan  nashr  etildi.  Shundan  so’ng  «O’quvchiga  esdalik» 

(1947), «She’r va ertaklar» (1947), «Orzu» (1948), «Bahor keldi» (1950), «Dunyoda eng kuchli 

nima?»  (1951), «Qirq o’g’il  va  qiz»  (1951), «Bizning  do’stlarimiz»  (1952),  «Sen  tug’ilgan  kun» 

(1952), «Yangi uy» (1953), «Mehribon do’stlar» (1953), «Qo’ng’izboy bilan sichqonboy» (1955), 

«Tugmacha»  (1956),  «Tanlangan  asarlar»  (1957)  kabi  o’ntadan  ortiq  kitoblari  bosilib  chiqdi. 

Xususan,  uning  to‘rt  kitobdan  iborat  «Tabiat  alifbosi»  kitobi  ma’lum  va  mashhur  bo‘lib  ketdi. 

«Ochil dasturxon»  (1970)  kabi  xalq og’zaki  ijodi an’analari  ruhidagi  asarlari  ham  shuhrat topdi 




va adibga cheksiz sharaf keltirdi. Uning «Qanotli do‘stlar» nomli she’riy kitobi 1970 yilda Hamza 

nomidagi Respublika Davlat mukofotiga sazovor bo‘ldi. U ayni chog’da O’zbekiston xalq shoiri 

ham bo‘ldi. 

Q. Muhammadiy faqat bolalar shoirigina emas, bolalar adabiyotining tadqiqotchisi, jonkuyari va 

targ’ibotchisi sifatida ham o‘nlab maqolalar yozdi. Xususan uning «Bolalar adabiyotining yanada 

ravnaqi  uchun  (1961),  «Bolalar  adabiyotini  o‘rganaylik»  (1963),  «Ilhom  bilan»  (1967)  kabi 

maqolalari shular jumlasidandir. 

Quddus  Muhammadiy  mohir  tarjimon  sifatida  mashhurdir.  Uning  S.  Marshak,  S.  Mixalkov,  A. 

Baro,  K.  Chukovskiy  asarlari  tarjimasi  o‘zbek  bolalar  adabiyotining  ravnaqi  va  taraqtsiyotida 

muhim rol o‘ynayi. 

Q. Muhammadiy xoh shoir, xoh tadqiqotchi, xoh tarjimon sifatida faoliyat ko‘rsatmasin, hamisha 

hamma  o‘rinda  bolalar  kelajagi,  kamoloti,  ma’naviy  shakllanishi  xaqida  qayg’urdi.  Ularning 

o‘qimishli, ishbilarmon va yetuk mutaxassis bo‘lishini orzu qildi va nihoyat, buning uchun: 

 

Bo‘lay desang bog’bon, 



Yo Vatanga posbon, 

Yo osmonda uchuvchi,  

Yo dengizda suzuvchi,  

Nimaiki qilsang tilak

 

Bariga o‘qish kerak, —

 

degan xulosaga keldi. 



 


Download 0,84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   123




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish