Kutubxonachi.uz
82
manfaatdordir, bundan tashqari ular muz ustida bo‘ladigan janglarni butun dunyoga ko‘rsatishdan
oladigan mo‘may foydalarini hozirdanoq hisob-kitob qilishmoqda. Shuning uchun ham jonlarini jabborga
berib ishlashmoqda.
–
Aniqrog‘i? Kim muzda uchar ekan?
–
Kechirasiz. Ahmoqona o‘xshatish bo‘ldi shekilli. Ha, biz sirg‘anchiq muz ustidamiz. Lekin hozir bu
haqda gapirmaylik. Men gapimni to‘xtatdim. Vaqt oz. So‘zimni mashinada davom ettiraman. Biz
Nyuberiga, uyingizga borayotirmiz. To‘rt kishimiz. Mendan boshqa uch yigit bor, ular NASAning kosmik
aloqani o‘rnatadigan eng zo‘r sozlovchi mutaxassislari. Shunday qilib to‘rt kishi ikki mashinadamiz.
Qolgan gaplarni yo‘lda izohlab beramiz. Biz qirq daqiqalardan keyin, ehtimol undan ham oldinroq
uyingizda bo‘lsak kerak deb mo‘ljallab turibmiz. Xaritadan aniqlashimcha, uyingiz “Konferans”
supermarketidan chamasi yarim mil narida bo‘lsa kerak, shundaymi?
–
Ha, to‘g‘ri, uch kvartal narida.
–
O’key! Shunday qilib, biz yo‘lga chiqyapmiz. Demak, faqat kulmang, men — operatsiya
shtabining boshlig‘iman, Filofey — kosmos marshali, siz esa...
–
Men Jessi huzuridagi kenja polkovnikman, — Hozirjavoblik qildi Bork. — Shoshmay tur, Entoni.
Tushunaman, vaqt ziq, sen yoshsan, keyin, keyin bilib qo‘y, mening uyim bilan kosmik aloqa o‘rnatish
xarajatlarini o‘z bo‘ynimga olaman.
–
Kechikdingiz, mister Bork. Manfaatdor telekompaniyalar hammasini o‘zlari mablag‘ bilan
ta’minlaydi. Ularning ham o‘z fikrlari bor. Bu yog‘idan tashvish tortmang. Undoq desangiz mening ham
qo‘limdan ba’zi ishlar keladi. Otam mashhur advokat o‘tgan, shuning uchun... Ishning u yog‘ini
o‘ylamang. Kassandra-embrionlaru, Filofey haqida o‘ylayvering.
–
Ordok haqida ham, — qo‘shib qo‘ydi Bork.
–
Bu-ku birinchi galda-ya. U ham jangovar harakatlar qilib yuribdi. Bu haqda — mashinadan
eshitasiz. Ha, mister Bork, uzr, sizning ham, xotiningizning ham uydan tashqariga chiqishingizni
maslahat ko‘rmayman. Hatto supermarketga borishni ham. Chiqmanglar. Buguncha. Biz hamma narsani
o‘zimiz olib boramiz. Yo‘lga chiqayotirmiz.
Oradan sal o‘tmasdan yana telefon jiringladi. Yana Entoni edi. Oradan o‘tgan qisqa vaqt eru xotinga
yilday tuyulib ketdi. Ular endi hayotlarining boshqacha sur’at bilan rivojlanishini — vaqt daqiqalar bilan
o‘lchanajagini, taqdirlarida hal qiluvchi payt yaqinlashib kelayotganini tushinib yetishdi. Bu sirli, noaniq
qismat emas, balki Borklarga yaqinlashib kelgan dushman kuchlarning xohish-istaklariyu sa’y-
harakatlari oqibati edi.
–
Biz katta yo‘lga ketayotirmiz, — xabar berdi Entoni Yunger. — Ko‘chada qatnov ko‘ngildagidek
tiqilinchmas, o‘z vaqtida yetib borsak kerak, hozircha ishdan gaplashaylik.
–
Eshityapman, Entoni, nimalar bo‘layotganini bilgim kelayotir. Biz Jessi ikkalamiz boshqalardan
ma’lum ma’noda ajralib qolganmiz, bilasan-ku, hatto televizor bilan radioni ham o‘chirib qo‘yganmiz.
–
Mister Bork, ahvol juda jiddiy. Siz bilib qo‘yishingiz kerak — Hamma yerda, barcha mamlakatlarda
manzara birday — Hamma inkor qilyapti.
–
Ha-ha, shunday, ming‘illadi Bork. — Entoni, mening tushunishimcha, odamlar kassandra-
embrionlarning bor narsa ekanligini idrok eta olmayotirlar. Ha, albatta, bu og‘ir ruhiy zarba, barcha
hayotiy negizlarni qayta ko‘rish zaruriyati tug‘iladi. Yaxshisi inkor etish, har qanday shubha ilonining
boshini yanchish kerak...
–
Xuddi shunday, — javob qaytardi Entoni. — Men buni bir narsaga o‘xshatgim keladi: San-
Frantsiskodagi qo‘ltiq ustiga tushgan ko‘prikning qurilishida nuqsonlar borligi aniqlanganu, lekin shunga
qaramay undan foydalansa bo‘laveradi deganday gap. Bu haqda o‘ylab o‘tirishning nima hojati bor?
Ko‘prikdan iloji boricha ko‘proq va tezroq yuklarni olib o‘tib qolish kerak, ko‘prikning nima bo‘lishi haqida
boshqalar keyin o‘ylayverishsin. Lekin, mister Bork yo‘lda hali ozgina vaqtimiz bor — operatorlardan biri
Oхirzamon nishonalari (roman). Chingiz Aytmatov
Do'stlaringiz bilan baham: |