Microsoft Word orta osiyo xalqlari antik davr tarixini organishda yunon tarixchilari asarlarining orni



Download 299,75 Kb.
Pdf ko'rish
bet9/21
Sana16.06.2021
Hajmi299,75 Kb.
#67049
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   21
Bog'liq
orta osiyo xalqlari antik davr tarixini organishda yunon tarixchilari asarlarining orni

 

 


 

19

1.2. O’rta Osiyo xalqlarining antik davrdagi ijtimoiy-siyosiy va madaniy 



hayoti 

 

O’rta Osiyoda hududida yashagan xalыlar o’tmishini davrlar silsilasidan holi 

chegaralangan ko’rinishda kechgan deb tasavvur qilish mumkin emas. Tarixiy 

jarayonlarni o’rganishdagi yondashuvlar keyingi yillarda sifat jihatidan yangi 

nazariya – ijtimoiy tuzumni qaytadan tasniflash masalasini ham taqozo etmoqda.  

O’rta Osiyo xalqlarining ijtimoiy hayoti masalasida, XIX asr 80 yillaridan 

buyon qator tadqiqotchilar tomonidan turli xil fikrlar aytilgan. Ushbu tadqiqotlar 

natijasida, ko’chmanchilar jamiyati tuzilishida  kuchli sosial- iqtisodiy 

differensasiya mavjud bo’lib, ular jamiyati urug’ qabila tuzumining yuqori 

cho’qqisi - harbiy demokratiya ko’rinishida bo’lganligi, quldorlik tuzumi miloddan 

avvalgi V asrdan boshlangani, keyingi davrdagi jamiyat tuzilishi harbiy 

demokratiya yoki ilk feodal-patriarxal ko’rinishida bo’lganligi kabi xulosalar 

chiqarilgan

14

. Biroq, hanuz ushbu masalalarda yagona, o’z tasdig’ini to’liq topgan 



ilmiy fikrga kelinmagan.  

B.A. Litvinskiy ko’pgina  sak qabilalari sinfiylik belgilari mavjud bo’lgan 

jamiyatda yashaganligini  takidlaydi

15

. G.Ye. Markov, O’rta Osiyoliklar jamiyatida 



mulkiy tabaqalanish mavjud bo’lsada, tabaqaviy va sinfiy differensasiyaning sust 

rivojlanganligi, chorvaga nisbatan xususiy mulkchilik saqlangan holda, yer – 

yaylovlar umum jamoa, qabilaga tegishli bo’lgani, boy chorvadorlarning yollanma 

mehnatdan foydalangani, bir nechta qabilalarning harbiy ittifoqlarga birlashib, 

ularning o’z qo’shini mavjudligi, dashtning ma’lum qismini nazoratda tutadigan 

qabilaviy tashkilot faoliyati, jamiyatning asosi  esa urug’chilik an’analariga 

tayanishi kabi qator xususiyatlarni sanab ko’rsatadi. Ularga asoslanib muallif, 

O’rta Osiyoliklarda kuchli mulkiy va ijtimoiy differensiya jarayoni va sinflar 

tashkil topishi, ya’ni sinfiylik jamiyati mukammal tugallanmagan ko’rinishda 

bo’lgan degan xulosaga keladi. S.P.Tolstov Xorazm bilan kuchli aloqada bo’lgan 

                                                 

14

Мамбетуллаев  М.М.  Кочевники  Приаралья  и  их  этнокультурные  связи  с  Хорезмом // Культура  номадов 



Централной  Азии. – Самарканд: 2008. – С.130.,  Хазанов  А.М.Социальная  история  скифов. –М.: 1975. –С. 

265. 


15

 Литвинский Б.А. Древние кочевники «Крыши мира»… –С. 194.   




 

20

massaget qabilalarida sekinlik  bilan davlatchilik shakllanganligini ta’kidlagan



16

Biroq, keyinchalik, bu fikrini tasdiqlaydigan materiallarning kamligi tufayli unga 



turlicha e’tirozlar bildirilgan.  

Gerodot, skiflarning o’z podshosi borligi, Plutarx ularning podsholaridan, 

Idanfirs, Ateya haqida, Strabon esa ko’chmanchi skiflar podshosi Sirm haqida 

ma’lumot berib, ularning oddiy odamlar ekanligini ta’kidlaydi. Sak va usunlarning 

o’troq hayot tarzi bilan bog’liqligi haqidagi ma’lumotlar, ularda ijtimoiy 

munosabatlar rivojlanganligini ko’rsatadi.  

Shunday bo’lsada, O’rta Osiyo xalqlarining jamiyati miloddan avvalgi II asrdan  

milodning VIII-IX asrlarigacha quldorlik bosqichi (jamiyati) ni bosib o’tganligi va 

bu jamiyat harbiy quldorlik demokratiyasi shaklida rivojlanganligini, milodiy 

eramizdan avvalgi I ming yilliklardagi ilk ular jamiyatini davlatchilikkacha bo’lgan 

ittifoq, o’rta asr ko’chmanchilari jamiyatini esa davlatchilik ko’rinishiga ega 

bo’lgan siyosiy tuzilma sifatida e’tirof etish mumkin. O’rta Osiyoliklar jamiyatida 

sharq despotizmi deb atalgan holat ham o’troq dehqonchilikdagi kabi rivojlangan 

shaklda bo’lmagan.  

  Milodiy eramizdan avvalgi I-ming yillik boshlariga kelib dastlabki davlat 

konfederasiyalariga asos solinadi. “Avesto”da ular “turlar” deb nomlanadi. Antik 

manbalarda Sirdaryo havzasi sak qabilalari konfederasiyasi tashkil topgan 

hududlardan biri bo’lib, bu saklarning kamonda jang qiluvchi va undan bexato 

otuvchi, mergan Yaksart saklari – saka-xaumavarkalar ekanligi ta’kidlanadi

17

. K.A. 



Abdullayev  ba’zi tadqiqotlarda saka-xaumovargalarni saka amyurgiyalar bilan 

chalkashtirish hanuz davom etayotganligini uqtirib, ko’plab yozma manbalar tahlili 

asosida, “xaoma iste’mol qiluvchi xaumovargalarning yashash joyi Sirdaryo o’rta 

oqimida bo’lgan”,- deb ta’kidlaydi

18



O’rta Osiyo xalqlarining antik davrdagi davlatchilikning asosiy xususiyatlari 



Qang’ davrida shakllanadi. Qang’ to’g’risidagi ilk ma’lumotlar «Avesto»da 

                                                 

16

 Тольстов С.П. Древний Хорезм. Опыт историко-археологического исследования. –М.: МГУ, 1948. -С.54.   



17

  Страбон. География. В семнадцати книгах. Книга седмая, глава шестая. Типографи Рис. Уязск. ., 1979 512 

с. 

18

Абдуллаев  К.А.  Культ  хаомы  в  древней  Центральной  Азии.. –Самарканд.:  Международны  Институт 



Центральноазиатских исследований. 2009. –С. 20-26.  


 

21

uchraydi, bu manbada u Qangxa deb nomlanadi. Qang’ davlati asoschilari sak 



qabilalari bo’lib, ular Jetiasar madaniyati vakillari bilan kuchli aloqada bo’lgan. 

Miloddan avvalgi II va milodiy II asrlarda bu davlat tarkibiga Suse (Kesh-

Shahrisabz), Fumu (Zarafshon vodiysi), Yuyni (Toshkent vohasi), Gi (Buxoro 

vohasi), Yuyegyan (Urganch shahri va atrofi) zabt etilganligi, unga qarashli Kan, 

Mi, Sao, Unage, Mu kabi dehqonchilik viloyatlar bo’lganligi eslatiladi. Miloddan 

avvalgi II-I asrlarda Orol dengizining shimoliy-g’arbiy va Kaspiy dengizining 

shimolidagi Yan va Yansay yerlari ham Qang’ davlatiga qaram bo’lgan.  

O’rta Osiyodagi davlatlar vaqtinchalik ahamiyat kasb etuvchi qabila ittifoqlari 

tarzida mavjud bo’lgan. Bu  qabila ittifoqlari ayrim vaqtlari tarqalib va yana 

vaziyatga qarab qaytadan tashkil etilavergan. Bu siyosiy birlashmalarda xalq 

yig’ini muhim rol o’ynagan. Xalq yig’inida barcha qurolli aholi qatnashib, unda 

urush yoki sulh masalalari hal qilingan

19

. Ittifoqqa kiruvchi qabila boshliqlari 



ishtirok etadigan qurultoy, muqaddas joyda, istehkomga yaqin yerda chaqirilib, 

unda eski odat bo’yicha dasht podshohligiga nomzod saylangan, hukmron 

unvonidan tashqari yangi davlat yoki ittifoq uchun nom ham qo’yilgan.  

Ko’chmanchilarda esa qabila oqsoqollarining ma’qullashi bilan taxt odatda 

otadan o’g’ilga emas,balki ushbu sulola (xonadonning) yoshi katta (birinchi avlod) 

vakiliga, xususan, akadan ukaga, amakidan jiyanga meros qolar edi. Bu tartib bitta 

oila qo’lida davlat boshqaruvining saqlanib qolmasligini ta’minlagan. Hokimiyatni 

hukmron sulola qo’lida jamlash prinsipi Markaziy Osiyoning ko’chmanchi 

davlatlarida boshqaruvning an’anaviy usuli bo’lib, u ikki yoqlama samara berardi. 

Ya’ni bir tomondan, ko’chmanchi chorvachilik hukmron bo’lgan sharoitlarda 

boshqaruvning va mudofaaning barqarorligi ta’minlansa, ikkinchidan, sulolaning 

o’z ichida ham nisbatan osoyishtalik ta’minlanar edi. 

 Antik davrning yirik siyosiy birlashmasi – Qang’ davlatida o’lkalar viloyatlarga 

bo’linib, chorvador qabilalarga qarashli hududlar jabg’ular tomonidan 

                                                 

19

 Шайдуллаев Ш., Омонтурдиев Ш. Ўрта Осиё кўчманчи халқларининг сиёсий бирлашмалари //Марказий 



Осиё деҳқончилик ва дашт цивилизациясининг ўзаро муносабатлари илмий назарий анжуман материаллари 

–Самарқанд: 2011.  –Б. 88. 




 

22

boshqarilgan. Jabg’ular odatda, hoqonlarga yaqin kishilardan tayinlangan



20

. O’troq 

aholi yashaydigan viloyatlarni boshqarish esa mahalliy hokimliklar tasarrufida 

qoldirilib, ular hoqon tayinlagan tudanlar nazoratida markaziy hokimiyatga 

muntazam soliq to’lab turgan.

 Xitoy manbalarida Qang’uy podsholari mamlakatni oqsoqollar kengashiga 



tayanib boshqarganligi eslatiladi. Bu kengashda qabila boshliqlari, harbiy 

sarkardalar faol qatnashib davlat hokimiyatiga molik masalalar hal etilgan. Podsho 

hokimiyati maslahat majlisi bilan hamkorlikda ish yuritgan. Bu boshqaruv usuli 

tarixda harbiy demokratiya prinsiplari asosida tashkil topgan davlat tizimi, deb 

nom olgan

21

. Davlatni boshqarishda avvalo, hukmron sulola a’zolari hamda ular 



tomonidan barpo etilgan boshqaruv tizimi yordam berar edi. 

 Manbalarning ma’lumot berishicha, u to’rtga bo’lingan. Ya’ni, qarindoshlar: 

hoqonga ittifoqdosh bo’lgan qabila va halqlar; hoqonning o’ng tomonida o’tiruvchi 

amaldorlar va ma’muriy hodimlar; hoqonning chap tomonida o’tiruvchi amaldorlar 

va xodimlar

22

. Ko’chmanchilarda davlat vujudga kelishi, qo’shni qabilalarni ham 



buysundira olgan jasur, barcha ishlarda tadbirkor va omadli sardor boshqaruvidagi 

bir qabilaning kuchayishi bilan  ham bog’liq bo’lgan. 

Antik davrning oxirlariga kelib yangi (navbatdagi guruh – xioniy, kidariy, 

eftaliy kabi) qabilalarning kirib kelishi bilan, hokimliklar avval mahalliy sulolalar 

tomonidan boshqarilgan bo’lsa, keyinchalik ular turkiy sulolalar qo’liga o’tadi

23

.  



Antik davrda O’rta Osiyoga ko’chmanchilarning kirib kelishi bilan oldindan 

shakllanib kelayotgan turkiy udumlar asosidagi ko’pgina davlat boshqaruv 

tartiblari (Qang’ davrida), aniq qiyofa kasb etib, sayqal topgan. Bu holat 

ko’chmanchilarning keyingi (turklar) kirib kelish bosqichlarida ancha aniq 

namoyon bo’ladi. 

O’rta Osiyo xalqlarining ijtimoiy-siyosiy tizimi qanchalik puxta va mukammal 

bo’lmasin siyosiy jipslikka tobora rahna tushardi. Bu jarayon, xukumat umumxalq 

manfaatini ko’zlagan takdirda ham o’z mevasini bermasdan qolmas edi. Ushbu 

                                                 

20

 Шониёзов К.Ш. Қанғ давлати ва қанғлилар. – Тошкент: Фан, 2000. –Б.98. 



21

 Асқаров А.А. Ўзбек халқининг этногенези ва этник тарихи. – Тошкент: Университет, 2007. –Б.167. 

22

 Эшов Б. Ўзбекистон давлатчилик тарихи. – Тошкент: Маърифаат, 2009. –Б. 198. 



23

 А.Асқаров. Ўзбек халқининг этногенези ва этник тарихи… –Б.236. 




 

23

o’ziga xoslik zaminida ishlab chiqarish darajasining pastligi hamda urug’chilik 



turmush tarzining saqlanishi yotardi. 

O’rta Osiyo xalqlarining ijtimoiy tuzumini feodal munosabatlar vujudga 

kelishining ilk  ko’rinishi deyish mumkin.  

Gerodot, skiflar podshosi vafot etsa, u bilan birga ellik nafargacha xizmatkori, 

qo’riqchilari va ko’plab sara otlari qo’shib dafn etilganini yozadi

24

. Boy 



chorvadorning xo’jaligida yollanma xizmatkorlar va qullar ham bo’lgan. Ammo 

ko’chmanchi xo’jaliklarda qullarning qochib ketmaganligidan

25

 unga munosabat 



yomon bo’lmaganligi va uning ahvoli ham og’ir bo’lmaganligini ko’rsatadi. 

Xullas, antik davrda O’rta Osiyo xalqlari jamiyatida ijtimoiy munosabatlar 

jadallashgan. Bu davrda ko’chmanchilarning kirib kelishi, o’zbek davlatchiligiga 

xos ijtimoiy-siyosiy munosabatlar yanada sayqal topishida muhim ahamiyat kasb 

etgan. Bu an’analar asosidagi boshqaruv tartiblari ulkan hududlarni yagona tizimga 

keltirib, tarqoq ellarni birlashtirishga xizmat qildi.  




Download 299,75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish