2.3. Umumta’lim maktablarida O’rta osiyo xalqlari antik davr tarixini o’rganishda yunon tarixchilari asarlarining o’rni
mavzusini o’rganish – tajriba sinov ishi
O’rta osiyo xalqlari antik davr tarixini o’rganishda yunon tarixchilari asarlarining o’rni mavzusini interfaol usulda yoritishda biz trening darslarida o’qitilishini amaliyot mobaynida bir necha bor sinovdan o’tkazdik va u boshqalariga nisbatan ijobiyroq samara berdi.
Interfaol metodlarda ishlash va o’sha sharoitlarda ishlash malakalarini xosil qilish uchun treninglar tashkil etiladi. Treningda ishtirok etuvchilar ma’lum bo’lgan metodlarni o’z o’quv faoliyatlarida foydalanish uchun malaka va ko’nikmalarni xosil qiladilar. Treninglar davomida mavjud bo’lgan yangi metodlar muxokama qilinadi, o’rganiladi, ko’nikmalar xosil qilinadi. O’zlari shu asosda yangicha ishlash faoliyatiga o’rganadilar.
Umuman treninglar qo’shimcha ta’lim olishning asosiy formalaridandir. Treningning o’ziga xosligi shundaki, mutaxassisni o’z faoliyatini, qobiliyatini oshirishga yo’g’rilgan bo’ladi. O’qituvchi o’z o’quv-biluv faoliyatida vaqtdan unumli foydalanishni mustaqil ish yuritish, qarorlar kabul qilishni o’rganadi.
Mutaxassislar treningni to’rt guruhga bo’lishni tavsiya etadilar:
o’z faoliyatini tashkil etuvchi mashg’ulotlar;
komanda bo’lib ishlashga tayyorlanish; boshqalarni o’qitish ko’nikmasini olish; qo’shimcha ta’lim oluvchi ehtiyojini qondirish.
Trening guruhlarida ishlarni tashkil etish qoidalari qanday bo’lmogi kerak?
Birinchidan, "Shu yerda va xozir" qoidasi, guruhni tashkil etish momentida qoida, fikr, muloxazalar, jarayon kechishi hisobga olinishi kerak. Shu yusinda har bir ishtirokchining diqqat e’tiborini shaxsan o’ziga va atrofida kechayotgan voqyealarga torta olish, ishtirokchining o’zini qanday tuta olishi, ko’rsata olishiga e’tibor qaratilishi kerak.
Ikkinchidan, samimiyat va ochiqchasiga qoidasi: Shunga erisha olish kerakki, guruh a’zolari ko’zbuyamachilik va yolgondan holi bo’lishlari shart,
guruhdagi shaxslarni o’ziga ishonchi va soglom vaziyat - ishning maqsadli borishiga turtki bo’ladi. Bunday muxitni yaratish shaxslar orasidagi muloqotning samarali kechishini ta’minlaydi. Albatta guruhlarda yangi ish boshlanganda bunday vaziyatni xosil qilish mumkin. Har doim ham guruhlar ishini tashkil etishda bir-birini qo’llash, xayrixoxlik ochiqchasiga samimiy fikr bildirish imkoniyatlari bulavermaydi. Bunday holda trener har bir ishtirokchining ximoyalanganligi, ochiqchasiga o’z fikrini bayon eta olishiga muxit yaratishi kerak. Shundagina guruh ishtirokchisi muloqot jarayonida o’zi o’ylagan, aytishi mumkin bo’lgan fikrni o’sha zaxotiyoq, o’z vaqtida aytadi, bildiradi.
Uchinchidan, "Men" qoidasi56. Guruhlarda hammaning fikri undok yoki bundok, deb aytish man etiladi. Fikrlar faqat ayrim shaxslar tomonidan, uning o’z nomidan fikr-muloxazalari alohida-alohida bildirilishi kerak. Bunda bildirilayotgan fikr yoki g’oya shaxe mas’uliyatiga yuklanadi. U qanday bo’lsa shunday kabul qilinadi. Shu yusinda guruhda har bir shaxsining roli va o’rni bo’lishiga erishiladi.
To’rtinchidan, faollik qoidasi. Guruh ishida passiv kuzatuvchi bulmasligi kerak. Topshiriklar yechimida hamma katnashchilar shaxsan ishtirok etishi zarur. Agar guruh a’zolaridan birortasi faol katnashishdan bosh tortsa, uni kelgusi ishda katnashishi yoki katnashmasligini kurib chщishga to’g’ri keladi.
Beshinchidan, guruhda nima sodir bo’lsa o’z joyida qolish qoidasi. Guruhda etik talablar, ruxiy holatlarni vujudga keltirish uchun guruhda sodir bo’ladigan nourin, noto’g’ri fikrlar tanqid ostiga olinmasligi, muxokama qilinmasligi juda muhimdir. Nimaiki aytilsa, gapirilsa guruhda qolib ketishi kerak.
Trening jarayonida qo’llaniladigan metodlar
Treningni tashkil etish va o’tkazishda shunday metodlar mavjudki ular universal harakterga ega. Masalan, guruhiy munozaralar, uyin asosidagi metodlar, vaziyatlarni modullashtirish, inson sezgilarini rivojlantirish texnikalari, mediativ texnikalar va boshqalardir.
56 Ўқув юртларида ўқитишнинг замонавий усуллари. Ўқув – услубий қўлланма. Тошкент. 2002 йил.
Lekin biror maqsadni ko’zda tutadigan treninglarning o’ziga xos metodlari ham mavjud.
Do'stlaringiz bilan baham: |