Plutarx
Plutarx eramizning 46-yilida Gresiyadagi Beotin o’lkasining shimoli-g’arbiy qismida joylashgan uncha katta bo’lmagan Xeron shahrida tug’ilgan. Uning otasi Avtobul o’z zamonasining o’qimishli kishilaridan biri edi. Shuning uchun ham u Plutarxning chuqur ilm olishiga alohida e’tibor bilan qaraydi.
Uning bobosi Lampriy ham ilm-ma’rifatga rag’batli kishi edi. Lampriy xonadoniga xeronlik adabiyot ahllari, donishmandlar tez-tez tashrif buyurib, suhbatlar qilib turardi. Bobosining bobosi Nikarx ham Xeronda yashab, eramizdan avvalgi 31-yilda Antoniy bilan Oktavian qo’shinlari o’rtasida bo’lib o’tgan Aksium
jangining ishtirokchisi bo’lgan edi. Plutarxning ikkala akasi Lampriy bilan Timon ham o’qimishli bo’lib ulg’ayadi53.
Plutarx Timoksena ismli go’zal ayolga uylanadi. Undan to’rt o’g’il, bir qiz ko’radi. Ikki o’g’li—kattasi va eng kichigi hamda qizi yoshligida o’lib ketadi. Qizining o’limi munosabati bilan xotini Timoksenga yo’llagan g’oyat hayajonli maktubi hozir ham Plutarxning tanlangan asarlaridan o’rin olgan.
Geografik sharoiti qulay bo’lgan bu shaharda qadimda bosqinchilik urushlari ko’p bo’lgan. Dastlab, o’zaro yaqin-atrofdagi o’lkalarda turli urush xatarlari bo’lib, kichkina Xeronni talab ketardi. Jangu jadallarnn boshidan ko’p kechirgan xeronliklar o’z shahrnni jon-jahdlari bilan himoya qilishardi. Bunday knrg’in urushlar nchkda eng daxshatlisi eramizdan avvalgi 338 yilda bo’lib o’tgandi. Shoh Filipp II davrida Makedoniya pstplochilari Xeronga bostirib keladilar. Xeron-liklar katta otryad tuzib, Filipp qo’shinnga qarshi bir necha kun qattiq turib jang qiladilar. Nihoyatda katta kuchga ega bulgan Filipp qo’shnnlarini qaytara olmagan bo’lsa ham, xeronliklarnnng vatanparvarligi keyinchalik uzoq yillar da-vomida tillarda doston bo’lib yurdi.
Xeron tarixiy voqyealarga boy shahar bo’lgani uchun xam uning odamlari ko’prok o’tmish haqida qiziq-qiziq hikoyalar so’zlashga odatlanib qelgan edilar. Mana shunday tarixiy voqyealarni bolaligida Plutarx ko’p tinglardn. Balki o’tmish sarguzashtlarining ta’siridadir, Plutarx ulg’ayganda o’z-shahrining va umuman grek xalqining tarixiga hayrat bilan qaray boshladi. Xeronni juda sevardi. U qasrda bo’lmasin, bu shahar bilan qalban bog’lanib turardi.
Plutarx sayohat qilishni yaxshi ko’rar, o’zga xalqlar-o’tmishiga ham qiziqish bilan e’tibor berardi. Keyinchalik u Afinadagi adabiy hayot bilan yaqindan aloqa bog’laydi. Madaniyat markazi bo’lgan bu shaharda grek donishmandlari asarlarini berilib o’qiydi. Qadimiy tarixga ega bo’lgan, ilm-ma’rifat maskani Afina shahri Plutarx dunyoqarashiga katta ta’sir o’tkazadi. Zamonasining ilg’or fikrli faylasfi
53 Қадимги тарихчилар Ўрта Осиё ҳақида. Тузувчи ва таржимон Зоҳир аълам.Т.: Юрист медиа маркази 2008, 155 б.
Ammon Sakkas bilan yaqnn aloqada bo’ladi. U bilan bprga ko’p o’tmay Kichik Osiyo, Gresiya, Italiya sayohatiga jo’naydi. Bu sayohat davomida Plutarx ko’pgina sirli voqyealarning, g’aroynb sarguzashtlarning guvohi bo’ladi.
Afinada u falsafa ilmini chuqur o’rgatuvchi Ammoniya maktabiga qatnaydi. Bu maktabga u o’zining dastlabki ijod mashqlari bilan ishtirok etadi. Eramizning 60-yilida u zamonasining ma’rifatli kishisv, tarixchi Neyron bilan Gresiya bo’ylab» sayohatga chiqadi.
So’ngra Makedoniya safari chog’ida Aleksandriya shahriga boradi. Plutarx bu shaharda bo’lganida Aleksandr Makedonskiy haqida ko’plab rizoyat va hikoyatlar eshitadi. Aleksandr tarixi bilan yaqindan qiziqadi. U haqda asar yozish niyatida fakt va materiallar to’play boshlaydi. Eramizning 90 yillarigacha Plutarx Italiya yerlarida, xususan Rimda buladn. Rimdagi adabiy hayot uni yangi ijod sari undaydi, u lotin tilini o’rganpshga kirishadi. Biroq davlag ishlari bilan band bo’lganlngi tufayli u uzoq, yillar bu tilni o’rgana olmaydi. Faqat keksaygandagina lotin tilida yozilgan asarlarni o’kishga muyassar bo’ladi.
Plutarx juda chuqur ilm sohibi edi. Uni qomuschi adib desak ham bo’ladi. Shu bilan birga, u sermahsul yozuvchi, katta talant egasi edi. Keksalik chog’ida Plutarx yana ona shahri Xeronga qaytib boradi. Mazmunli umr kechirib, eramizning 127 yilida vafot etadi.
Plutarxning adabiy hayot yo’li dramatik voqyealarga ni-hoyatda boy. Uning ko’pgika asarlari bizgacha yetib kelmagan. Plutarxning o’limidan so’ig uning asarlarini o’g’li Lampriyem to’playdi. Uning aytishicha, otasining asarlari 210 tadan ziyod bo’lgan.
Plutarx asarlarini ikki guruhga bo’lib o’rganishimiz mumkin: tarixiy asarlar va falsafiy-adabiy asarlar. Plutarx asarlari janr jixatidan xam xilma-xildir. Mu-himi shundaki, uning asarlari falsafiy fikrlarga boyligi bilan antik adabiyetda yaratilgan ko’pgina asarlardan ajra-lib turadi. Uning «Qo’shalok hayotnomalar» asari greklar va rimliklar tarixiga asoslangan bo’lib, Plutarx nomini tanitadi. Bu asar zamondoshlari va o’tmishdoshlari tarjimai holini tasvirlashga qaratilgan bo’lnb,
to’plamda u o’zining .hakiqiy badiiy mahoratini qahramonlariga xarakteristika berish va obrazlar yaratish jarayonida namoyish etadi.
Plutarxning bu asariga prototip bo’lgan qahramonlar ichida sarkardalar, imperatorlar, dazlat ishlari bilan band bo’lgan boshka kishilar, shuningdek, oddiy xalq vakillari, pok qalbli nnsonlar bor. Uzi Rim imperatosligiga yaqnn kishi bo’lgani, imperatorlikda mansabdor shaxs sifatida ishlagan-ligi tufayli, saltanatning ichki sirlari bilan yaqindan ta-nish bo’lgan Plutarx imperatorlar va sarkardalar obrazini yaratishga alohida e’tibor beradi. U o’z qahramonlarining taqdirini o’sha davr taqdiri bilan bog’laydi. Qahramonlarining xarakteridan davrning muhim xususiyatlarini axtarishga intiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |