Microsoft Word orta osiyo xalqlari antik davr tarixini organishda yunon tarixchilari asarlarining orni


O’rta Osiyo xalqlarining antik davrdagi ijtimoiy-siyosiy va madaniy hayoti



Download 214,36 Kb.
bet10/22
Sana07.01.2022
Hajmi214,36 Kb.
#329819
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   22
Bog'liq
orta osiyo xalqlari antik davr tarixini organishda yunon tarixchilari asarlarining orni

O’rta Osiyo xalqlarining antik davrdagi ijtimoiy-siyosiy va madaniy hayoti

O’rta Osiyoda hududida yashagan xalыlar o’tmishini davrlar silsilasidan holi chegaralangan ko’rinishda kechgan deb tasavvur qilish mumkin emas. Tarixiy jarayonlarni o’rganishdagi yondashuvlar keyingi yillarda sifat jihatidan yangi nazariya – ijtimoiy tuzumni qaytadan tasniflash masalasini ham taqozo etmoqda.

O’rta Osiyo xalqlarining ijtimoiy hayoti masalasida, XIX asr 80 yillaridan buyon qator tadqiqotchilar tomonidan turli xil fikrlar aytilgan. Ushbu tadqiqotlar natijasida, ko’chmanchilar jamiyati tuzilishida kuchli sosial- iqtisodiy differensasiya mavjud bo’lib, ular jamiyati urug’ qabila tuzumining yuqori cho’qqisi - harbiy demokratiya ko’rinishida bo’lganligi, quldorlik tuzumi miloddan avvalgi V asrdan boshlangani, keyingi davrdagi jamiyat tuzilishi harbiy demokratiya yoki ilk feodal-patriarxal ko’rinishida bo’lganligi kabi xulosalar chiqarilgan14. Biroq, hanuz ushbu masalalarda yagona, o’z tasdig’ini to’liq topgan ilmiy fikrga kelinmagan.

B.A. Litvinskiy ko’pgina sak qabilalari sinfiylik belgilari mavjud bo’lgan jamiyatda yashaganligini takidlaydi15. G.Ye. Markov, O’rta Osiyoliklar jamiyatida mulkiy tabaqalanish mavjud bo’lsada, tabaqaviy va sinfiy differensasiyaning sust rivojlanganligi, chorvaga nisbatan xususiy mulkchilik saqlangan holda, yer – yaylovlar umum jamoa, qabilaga tegishli bo’lgani, boy chorvadorlarning yollanma mehnatdan foydalangani, bir nechta qabilalarning harbiy ittifoqlarga birlashib, ularning o’z qo’shini mavjudligi, dashtning ma’lum qismini nazoratda tutadigan qabilaviy tashkilot faoliyati, jamiyatning asosi esa urug’chilik an’analariga tayanishi kabi qator xususiyatlarni sanab ko’rsatadi. Ularga asoslanib muallif, O’rta Osiyoliklarda kuchli mulkiy va ijtimoiy differensiya jarayoni va sinflar tashkil topishi, ya’ni sinfiylik jamiyati mukammal tugallanmagan ko’rinishda bo’lgan degan xulosaga keladi. S.P.Tolstov Xorazm bilan kuchli aloqada bo’lgan



14Мамбетуллаев М.М. Кочевники Приаралья и их этнокультурные связи с Хорезмом // Культура номадов Централной Азии. – Самарканд: 2008. – С.130., Хазанов А.М.Социальная история скифов. –М.: 1975. –С. 265.

15 Литвинский Б.А. Древние кочевники «Крыши мира»… –С. 194.

massaget qabilalarida sekinlik bilan davlatchilik shakllanganligini ta’kidlagan16. Biroq, keyinchalik, bu fikrini tasdiqlaydigan materiallarning kamligi tufayli unga turlicha e’tirozlar bildirilgan.

Gerodot, skiflarning o’z podshosi borligi, Plutarx ularning podsholaridan, Idanfirs, Ateya haqida, Strabon esa ko’chmanchi skiflar podshosi Sirm haqida ma’lumot berib, ularning oddiy odamlar ekanligini ta’kidlaydi. Sak va usunlarning o’troq hayot tarzi bilan bog’liqligi haqidagi ma’lumotlar, ularda ijtimoiy munosabatlar rivojlanganligini ko’rsatadi.

Shunday bo’lsada, O’rta Osiyo xalqlarining jamiyati miloddan avvalgi II asrdan milodning VIII-IX asrlarigacha quldorlik bosqichi (jamiyati) ni bosib o’tganligi va bu jamiyat harbiy quldorlik demokratiyasi shaklida rivojlanganligini, milodiy eramizdan avvalgi I ming yilliklardagi ilk ular jamiyatini davlatchilikkacha bo’lgan ittifoq, o’rta asr ko’chmanchilari jamiyatini esa davlatchilik ko’rinishiga ega bo’lgan siyosiy tuzilma sifatida e’tirof etish mumkin. O’rta Osiyoliklar jamiyatida sharq despotizmi deb atalgan holat ham o’troq dehqonchilikdagi kabi rivojlangan shaklda bo’lmagan.

Milodiy eramizdan avvalgi I-ming yillik boshlariga kelib dastlabki davlat konfederasiyalariga asos solinadi. “Avesto”da ular “turlar” deb nomlanadi. Antik manbalarda Sirdaryo havzasi sak qabilalari konfederasiyasi tashkil topgan hududlardan biri bo’lib, bu saklarning kamonda jang qiluvchi va undan bexato otuvchi, mergan Yaksart saklari – saka-xaumavarkalar ekanligi ta’kidlanadi17. K.A. Abdullayev ba’zi tadqiqotlarda saka-xaumovargalarni saka amyurgiyalar bilan chalkashtirish hanuz davom etayotganligini uqtirib, ko’plab yozma manbalar tahlili asosida, “xaoma iste’mol qiluvchi xaumovargalarning yashash joyi Sirdaryo o’rta oqimida bo’lgan”,- deb ta’kidlaydi18.

O’rta Osiyo xalqlarining antik davrdagi davlatchilikning asosiy xususiyatlari Qang’ davrida shakllanadi. Qang’ to’g’risidagi ilk ma’lumotlar «Avesto»da






16 Тольстов С.П. Древний Хорезм. Опыт историко-археологического исследования. –М.: МГУ, 1948. -С.54.

17 Страбон. География. В семнадцати книгах. Книга седмая, глава шестая. Типографи Рис. Уязск. ., 1979 512

с.

18Абдуллаев К.А. Культ хаомы в древней Центральной Азии.. –Самарканд.: Международны Институт Центральноазиатских исследований. 2009. –С. 20-26.

uchraydi, bu manbada u Qangxa deb nomlanadi. Qang’ davlati asoschilari sak qabilalari bo’lib, ular Jetiasar madaniyati vakillari bilan kuchli aloqada bo’lgan. Miloddan avvalgi II va milodiy II asrlarda bu davlat tarkibiga Suse (Kesh- Shahrisabz), Fumu (Zarafshon vodiysi), Yuyni (Toshkent vohasi), Gi (Buxoro vohasi), Yuyegyan (Urganch shahri va atrofi) zabt etilganligi, unga qarashli Kan, Mi, Sao, Unage, Mu kabi dehqonchilik viloyatlar bo’lganligi eslatiladi. Miloddan avvalgi II-I asrlarda Orol dengizining shimoliy-g’arbiy va Kaspiy dengizining shimolidagi Yan va Yansay yerlari ham Qang’ davlatiga qaram bo’lgan.

O’rta Osiyodagi davlatlar vaqtinchalik ahamiyat kasb etuvchi qabila ittifoqlari tarzida mavjud bo’lgan. Bu qabila ittifoqlari ayrim vaqtlari tarqalib va yana vaziyatga qarab qaytadan tashkil etilavergan. Bu siyosiy birlashmalarda xalq yig’ini muhim rol o’ynagan. Xalq yig’inida barcha qurolli aholi qatnashib, unda urush yoki sulh masalalari hal qilingan19. Ittifoqqa kiruvchi qabila boshliqlari ishtirok etadigan qurultoy, muqaddas joyda, istehkomga yaqin yerda chaqirilib, unda eski odat bo’yicha dasht podshohligiga nomzod saylangan, hukmron unvonidan tashqari yangi davlat yoki ittifoq uchun nom ham qo’yilgan.

Ko’chmanchilarda esa qabila oqsoqollarining ma’qullashi bilan taxt odatda otadan o’g’ilga emas,balki ushbu sulola (xonadonning) yoshi katta (birinchi avlod) vakiliga, xususan, akadan ukaga, amakidan jiyanga meros qolar edi. Bu tartib bitta oila qo’lida davlat boshqaruvining saqlanib qolmasligini ta’minlagan. Hokimiyatni hukmron sulola qo’lida jamlash prinsipi Markaziy Osiyoning ko’chmanchi davlatlarida boshqaruvning an’anaviy usuli bo’lib, u ikki yoqlama samara berardi. Ya’ni bir tomondan, ko’chmanchi chorvachilik hukmron bo’lgan sharoitlarda boshqaruvning va mudofaaning barqarorligi ta’minlansa, ikkinchidan, sulolaning o’z ichida ham nisbatan osoyishtalik ta’minlanar edi.

Antik davrning yirik siyosiy birlashmasi – Qang’ davlatida o’lkalar viloyatlarga bo’linib, chorvador qabilalarga qarashli hududlar jabg’ular tomonidan






19 Шайдуллаев Ш., Омонтурдиев Ш. Ўрта Осиё кўчманчи халқларининг сиёсий бирлашмалари //Марказий Осиё деҳқончилик ва дашт цивилизациясининг ўзаро муносабатлари илмий назарий анжуман материаллари

–Самарқанд: 2011. –Б. 88.

boshqarilgan. Jabg’ular odatda, hoqonlarga yaqin kishilardan tayinlangan20. O’troq aholi yashaydigan viloyatlarni boshqarish esa mahalliy hokimliklar tasarrufida qoldirilib, ular hoqon tayinlagan tudanlar nazoratida markaziy hokimiyatga muntazam soliq to’lab turgan..

Xitoy manbalarida Qang’uy podsholari mamlakatni oqsoqollar kengashiga tayanib boshqarganligi eslatiladi. Bu kengashda qabila boshliqlari, harbiy sarkardalar faol qatnashib davlat hokimiyatiga molik masalalar hal etilgan. Podsho hokimiyati maslahat majlisi bilan hamkorlikda ish yuritgan. Bu boshqaruv usuli tarixda harbiy demokratiya prinsiplari asosida tashkil topgan davlat tizimi, deb nom olgan21. Davlatni boshqarishda avvalo, hukmron sulola a’zolari hamda ular tomonidan barpo etilgan boshqaruv tizimi yordam berar edi.

Manbalarning ma’lumot berishicha, u to’rtga bo’lingan. Ya’ni, qarindoshlar: hoqonga ittifoqdosh bo’lgan qabila va halqlar; hoqonning o’ng tomonida o’tiruvchi amaldorlar va ma’muriy hodimlar; hoqonning chap tomonida o’tiruvchi amaldorlar va xodimlar22. Ko’chmanchilarda davlat vujudga kelishi, qo’shni qabilalarni ham buysundira olgan jasur, barcha ishlarda tadbirkor va omadli sardor boshqaruvidagi bir qabilaning kuchayishi bilan ham bog’liq bo’lgan.

Antik davrning oxirlariga kelib yangi (navbatdagi guruh – xioniy, kidariy, eftaliy kabi) qabilalarning kirib kelishi bilan, hokimliklar avval mahalliy sulolalar tomonidan boshqarilgan bo’lsa, keyinchalik ular turkiy sulolalar qo’liga o’tadi23.

Antik davrda O’rta Osiyoga ko’chmanchilarning kirib kelishi bilan oldindan shakllanib kelayotgan turkiy udumlar asosidagi ko’pgina davlat boshqaruv tartiblari (Qang’ davrida), aniq qiyofa kasb etib, sayqal topgan. Bu holat ko’chmanchilarning keyingi (turklar) kirib kelish bosqichlarida ancha aniq namoyon bo’ladi.

O’rta Osiyo xalqlarining ijtimoiy-siyosiy tizimi qanchalik puxta va mukammal bo’lmasin siyosiy jipslikka tobora rahna tushardi. Bu jarayon, xukumat umumxalq manfaatini ko’zlagan takdirda ham o’z mevasini bermasdan qolmas edi. Ushbu



20 Шониёзов К.Ш. Қанғ давлати ва қанғлилар. – Тошкент: Фан, 2000. –Б.98.

21 Асқаров А.А. Ўзбек халқининг этногенези ва этник тарихи. – Тошкент: Университет, 2007. –Б.167.

22 Эшов Б. Ўзбекистон давлатчилик тарихи. – Тошкент: Маърифаат, 2009. –Б. 198.

23 А.Асқаров. Ўзбек халқининг этногенези ва этник тарихи… –Б.236.

o’ziga xoslik zaminida ishlab chiqarish darajasining pastligi hamda urug’chilik turmush tarzining saqlanishi yotardi.

O’rta Osiyo xalqlarining ijtimoiy tuzumini feodal munosabatlar vujudga kelishining ilk ko’rinishi deyish mumkin.

Gerodot, skiflar podshosi vafot etsa, u bilan birga ellik nafargacha xizmatkori, qo’riqchilari va ko’plab sara otlari qo’shib dafn etilganini yozadi24. Boy chorvadorning xo’jaligida yollanma xizmatkorlar va qullar ham bo’lgan. Ammo ko’chmanchi xo’jaliklarda qullarning qochib ketmaganligidan25 unga munosabat yomon bo’lmaganligi va uning ahvoli ham og’ir bo’lmaganligini ko’rsatadi.

Xullas, antik davrda O’rta Osiyo xalqlari jamiyatida ijtimoiy munosabatlar jadallashgan. Bu davrda ko’chmanchilarning kirib kelishi, o’zbek davlatchiligiga xos ijtimoiy-siyosiy munosabatlar yanada sayqal topishida muhim ahamiyat kasb etgan. Bu an’analar asosidagi boshqaruv tartiblari ulkan hududlarni yagona tizimga keltirib, tarqoq ellarni birlashtirishga xizmat qildi.


Download 214,36 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish