II-BOB. O’RTA OSIYO XALQLARI ANTIK DAVR TARIXINI O’RGANISHDA YUNON TARIXCHILARI ASARLARINING O’RNI
II. 1. Gerodot asarlarida O’rta Osiyo xalqlari tarixining yoritilishi
Ulug’ yunon olimi va tarixchisi Gerodot eramizdan avvalgi 484 yilda Knchik Osiyoning Galikarnos shahrida tug’ilgan. Galikarnos shahri Kichik Osiyo va grek shaharlarini bir-biriga bog’laydigan qulay port shahri bo’lib, u yerda savdo-sotiq ishlari keng rivojlangan edi. Eramizdan avvalgi XI asrda qurilgan bu shaharga turli mamlakatlardan sayyohlar, yo’lovchilar, donishmandlar, shoirlar va muarrixlar tez-tez tashrif buyurib turishgan. Uning otasi Galikarnos shahrining obro’li va savodxon kishilaridan biri bo’lgan. O’ o’g’li Gerodotning yoshligida bilim olishiga alohida e’tibor bilan qaray boshlaydi. Gerodot bolalik chog’laridayoq atoqli grek so’z san’atkorlari va ulug’ muarrixlarining asarlarini qunt bilan mutolaa qiladi. Ayniqsa Homer, Gesiod, Aristey, Arxilox, Sapfo, Alkey, Anekreont, Pindor va Esxil asarlarini qiziqish bilan o’kiydi29.
Gerodot grek adabiyotini juda sevadi. Ayniqsa tarixiy nasr namunalari Gerodot e’tiborini beixtiyor o’ziga tortadi. Osiyo va Yevropadagi bir necha mamlakatlar tarixiga ham qiziqish bilan qaraydi, bu mamlakatlarning geografiyasi, tarixi va adabiyotini o’rganadi. Mashhur geograflardan miletlik Kadmlampsaklik Xaron kabi o’z davrining atoqli olimlari ijodinn diqqat bilan kuzatadi. Ayniqsa, miletlik olim Ge-kateyaning «Yerni aylanib o’tish» asari Gerodotda katta taassurot qoldiradi.
Gerodot dunyoqarashining yuksalishida tog’asi Paniasid jatta rol o’ynaydi. Paniasid o’z davrining tanikli shoirlaridan biri edi. U xalq og’zaki ijodiga juda katta qiziqish bilan qarardi. Uning xalq qahramoni Gerakl haqida to’plagan hikoyat va rivoyatlari antik davrlardayoq xalq og’zaki jodi-ning rivojiga katta ta’sir ko’rsatadi.
29 Бойназаров Ф. Ўрта Осиёнинг антик даври.., 33б.
Gerodotning ona yurti Kariya va unga qo’shni Ioniya va Eoliya ziyolilar shahri bo’lib, u qariyb 70 yilga yaqin Kir va Qambis tomonidan barpo etilgan ulkan Ahmoniylar davlati ta’sirida bo’ladi. Ioniya — Homer vatanidir. Bu o’lkadan Anakreont, Appelesa, Parassiya, Fales, Anaksimandr kabi o’z-davrining donishmand faylasuflari yetishib chiqqan. Uzining tabiiy go’zalligi bilan mashhur bo’lgan Ioniyaga unga qo’shni — ona shahri Galikarnosdan Gerodot tez-tez tashrif buyurib turadi. Ioniyaliklar ham Osiyo va Yevropa mamlakatlari bo’ylab dengiz sayohatlariga chiqar edilar. Hatto ular Turkiya, Yugoslaviya yerlari (avval Frakiya deb atalgan) kabi uzoq o’lkalarga, Pereney yarim orollari — o’shanda Terreniya deb atalgan go’zal vohalarga ham kelib ketar edilar. Ioniyadan Qizil dengiz. va Qora dengiz tomonlarga dengiz sayyohlari tnnimsiz qatnab turardi. Bu sayoxatchilardan va uzoq ynllar davom etgan Eron-Yunon urushi qatnashchilaridan Gerodot Osiyo mamlakatlari haqida qiziq hikoyalar eshitadi.
Eronliklar ustidan g’alaba qozonilgandan so’ng, grek ho-jimliklari o’rtasida o’zaro kelishmovchiliklar avjiga chiqadi. Gerodotning ona shahri Galikarnos hokimi Ligdamidga qarshi ko’tarilgan isyonda Paniasid bilan Gerodot ham ishtirok etgan edi. Ligdamid isyonni kuch bilan bostiradi. Paniasid o’limga mahkum etiladi. Gerodot esa mamlakatdan quvg’in qilinadi. Shundan so’ng, bo’lajak tarixchi Osiyo mamlakatlari bo’ylab safarga chiqishga qaror qiladi. Go’zal Ioniya shahriga kelib dengizchilar bilan do’stlashadi. Gerodot dastlab Kichik Osiyoga yaqin o’lkalarga sayohat qiladi. So’ngra Frakiya bo’ylab Yevropa safarini davom ettirib, Bolqon orollarida bo’ladi30. Istr (Dunay) daryosi qirg’oqlariga keladi. Keyin Vizantiya o’lkasiga boradi. Bu yerlarni Doro eramizdan avvalgi 512 yilda skiflar yeriga yurish qilishdan avval bosib olgan edi. Doro hozirgi Istambul shahriga yaqin joyda Bospor daryosining quyi oqimida skiflar yeriga o’tish uchun ko’prik qurgandi.
Gerodot bu ko’prikdan o’tib Tear daryosi qirg’oqlari bo’ylab o’z sayox:atini davom ettiradi. (Bobo eski darasi Turkiya tomonda joylashgan, bu daryo Gerodotni o’ziga maftun etadi. Daryo bo’yida yashovchi xalqlar Tearning shifobaxshligini,
30 Геродот. История в девяти книгах. Книга четвертая. М.,1985, 232 с.
undan odamlar va otlarnn davolashda foydalanishlarini aytadi. Yunon-Troya urushidan keyin greklar Qora dengiz bo’ylarida ayrim elatlarni o’zlariga qaram qilib olgan edilar. Olviya shahrp atrofidagi o’lkalar ham Qora dengiz atrofida joylashgan edi. Qora dengiz bo’ylariga joylashgan Ochakova shahridan shimol tomonga to hozirgi Parutino, Ilinsk qishloqlarigacha cho’zilgan 25 kilometrlik masofa o’sha paytlarda Gresiya ko’li ostida edi. Gerodot Gerr — Samara va Girkis
— Donesk daryosi bo’yla-rida yashovchi skif qabilalari hayoti bilan ancha yaqindan tanishadi.
Gerodotning bu daryolar bo’yida yashovchi skif qabilalari haqida aytgan qiziqarli hikoyalari kishining dyaqqat-e’tiborini beixtiyor o’ziga jalb etadi. Nahotki, antik davrlarda Volga, Don, Dunay, Dnepr daryolari bo’ylarida skiflar yashagan bo’lsa, degan savol xayolingnzga keladi. Axir, skif qabilalari Urta Osiyoda yashamaganmidi, deb o’ylab qolasiz.
Atoqli rus olimi A. B. Ditmar qadimgi skif qabilalari haqida bir kator yirik tadqiqotlar yaratadi va skiflarning kelib chiqish tarixi haqida o’zining qimmatli fikrlarini bildiradi. «Skiflar O’rta Osiyodan tarqalgan edi, — deb yozadi A. B. Ditmar o’zining «Skifiyadan Elefantingacha» nomli tadqiqotida, — ularning (skiflarning) tili shimoliy eron tillari gruppasiga kiradi, shuningdsk, ular Urta Osiyoda yashagan Sak va Massaget qabilalari bilan urug’dosh edi31.
Bu yerlarda yashovchi skiflar «bug’doy, piyoz, sarimsoq va mosh "iste’mol qilganlar. Ular bug’doyni faqat o’zlari uchun-gina ekib qolmasdan, balki savdo- sotiq uchun ham ekardilar». Gerodot keyinchalik shohlik hukmron bo’lgan skiflar o’lkasiga keladi. Bu skiflar kuchli davlatga ega edilar. Tanais daryosidan sharqiy tomon ancha uzoqda joylashgan bu skiflarning o’z podshohlari bo’lib, boshqa skif qabilalari ularga qaram edi. Podshohlik skiflar o’zga skiflarni o’zlariga qul deb bilardi. Gerodot skiflarning urf-odatlari bmlan yakindan tanishadi. Ularning asosiy yumushlari chorvachilikdan iborat edi. Skiflarning chorvachilik ishlariga Gerodot katta qiziqish bilan qaraydi. Ko’chmanchilik joniga tekkan skiflar ko’chganda
31 Кшибеков Д. Кочевое общество. – Алма-ата.:Наука, 1984. –С. 32
qulay bo’lsin uchun namatdan g’ildirakli arava—uy yasab olgan edilar. Yuk tashish ishlarida otdan tashqari mollardan foydalanadi. Ularning eshak va cho’chqasi yo’q edi. Bundan tashqari, Gerodot skiflarning harbiy ishlari va qurollari bilan ham tanishadi, o’rganadi.
Gerodotning aniqlashicha, skiflarning shimol tomonida yana Melianxlenlar qabilasi yashardi. Ular hamma vaqt qora tusda kiyinib gorardi. Urf-odatlari skiflarnikiga yaqin turardi. Bu qabilalar tillari xam Nevrov qabilalari singari eski slavyan tillari gruppasiga kirardi. Shimol tomonda juda sovuq bo’lgan keng yalangliklar joylashgan edi. Tanais daryosi bilan Meotida — Azov dengizi o’rtasida sarmatlar yashardi. Ular shimol tomonga cho’zilgan o’n besh kunlik keng o’lkada yovvoyi va xonaki daraxtlar ichida yashardi. Ular skiflar tilida gaplashardi, biroq ularning tillari qadimdan shakllangan edi. Sarmatlarnnng urf-odatlari skiflarnikiga sira ham o’xshamasdi. Sarmatlar (sara-matlar) skif qabilalariga urug’dosh edi32.
Sarmatlardan yana shimol tomonga yurilsa, Gerodotning yozishicha, qalin o’rmonlar bilan o’ralgan o’lkaga chiqilardi. U yerlarda budinlar yashardi. Bu xalqning sochlari malla, ko’zlari ko’kish edi. Budinlarning asosiy qismi ko’chmanchilik bilan hayot kechirardi. Ovqatlariga qarag’ayning urug’idan solardi. Ularning qadimdan qurilgan Gelion — Saratov deb atalmish shahri bo’lgan. Bu shahardagi uylar yogochdan tiklangan edi. Budinlar orasida gelonlar ham yashardi. Ular savdo bilan shug’ullanuvchi shahardan edilar. Gelonlar dehkonchilik va bog’dorchilik bilan ham shug’ullanardi. Ko’proq bug’doydan tayyorlangan ovqatni iste’mol qilishardi.
Argippeylardan shimol tomonda bir ko’zli arimasplar bor emish. Gerodot bu afsonaga unchalik ishonmasligini aytadi33. Ular bilan yonma-yon tovuk tusli, kushlarga xos burgut qanotli, tilla taqinchoqli griflar yasharkan. Bu yurtlar nihoyatda boy bo’lganmish. Grek va skif savdogarlari bu yurtlarga kelib tilla xarj
32Геродот. История в девяти книгах.Книга четвертая. .. 238 с.
33 33 Геродот. История в девяти книгах.Книга четвертая...241 с.
qilib olar ekan. Bu yurtlarda oltin ko’p bo’lgan. Bu o’lkalarning qasrda joylashganini olimlar anik aytolmayapti. Ye Urol tog i yoki shimoliy Qozog’iston. Bu yerda Stepnyakda oltin koni bo’lgan, yoyinki Oltoy.
Gerodot dastlab Axmonnylar davlatining markazn b\'lgan Suz shahriga keladi. Efes va Sard shaharlarida bo’ladi. Kichik Osnyodagi Galis, messopotamnyadagi Evfrat va Tigr daryolari-dan o’tadi. Frakiya o’lkalarini kezadi. Bu yerda u o’ng qo’liga qilich, chai qo’liga nayza tutgan Ulkan odamlar bilan uchrashadi. Gerodot o’z asarlarida Kavkaz tog’larini juda keng ta’-riflaydi. Ayniqsa, Kaspiy dengizi va uning sohillarini, bu sohilda yashovchi elatlar hayoti haqida qimmatli ma’lumotlar beradi. Araks daryosi Kaspiy dengiziga kelib qo’shiladi, deydi tarixchi. Esxil o’zining «Zanjirband Prometey» tragediyasida Kavkaz tog’lari va Kaspiy dengizi haqida so’z yurptadi, bu yerlarni «gekatey milet» deb ataydn.
Gerodotning fikricha, Kaspiy bo’ylaida kuchmanchi massagetlar yashaydi. Massagetlar baliq go’shti, parranda va sutli taomlarni iste’mol kilpshadi. Bu yerning xalqlari juda jangari bo’lishgan. Aytishlaricha, Eron shoxi Kir ham ularni o’ziga bo’ysundira olmagan
Gerodot Urta Osiyo haqnda tarixiy jihatdan juda muhim ma’lumotlar keltiradi. Bu yerda bir necha hokimliklar mav-judlipshi, ularning hammasi ulkan Eron davlatiga qaram ekanliglni ta’kidlaydi. Bu hokimliklarni anik nomi bilan ataydi. Jumladan, Baqtrpya, Girkaniya, Kaspiy, so’g’dlar, sak-lar, Xorazmiylar va ariylar. Bu o’rinda izox talab nomlardan ariylar Afg’onistonning g’arbiy qismiga joylashgan elatlardir. Baqtriyaning poytaxti o’sha vaqtda Balx shahri bo’lgan, Kaspiy hokimligiga Turkmanistonning janubi-g’arbiy qismida joylashgan qabilalar kirgan.
Xorazmiylar-xorazmda, so’g’dlar — Politamet (Zarafshon) bo’ylarida, saklar Tyan-shan tog’ining g’arbiy etaklarida joylashgan edilar.Bu xalqlar sharqdan to Kaspiy dengizigacha bo’lgan hududga tarqalgan. Girkaniya bilan
Xorazm o’lkasi o’rtasidan Ares daryosi o’tadi. Bu daryodan uzun-uzun kanallar qazilib, sug’orish shoxobchalaridan dehqonchnlikda unumli foydalanadilar.
Shundan so’ng Gerodot Xindiston o’lkasida sayohatini davom ettiradp. Panjobga boradi. Bu yerga bostirib kelgan Doro haqida qimmatli ma’lumotlar to’playdi. Gerodot asarida Hindistonning go’zal tabiati uznning ajoyib tasvirini topgan. Gerodot keyingi asarlarida Liviya, Misr o’lkalarini ham keng tasvirlaydi. Ayniqsa, Nil daryosi bo’yida yashovchi elatlar. Kush, Efiopiya mamlakatnnnng tarixi haqida qimmatlp ma’lumotlar keltiradi. Shundan so’ng ulkan Ellin davlatiga qaram bo’lgan yana bir qancha katta-katta o’lkalarda bo’ladi. Xios, Teos, FOksy, Klasomen, Rodos, Kipr, Milet, Faselid, Galikarnos kabi go’zal shaharlar va u yerdagi tarixiy voqyealarni tasvirlaydi. Gerodotning adabiy merosi juda boy. Bu adabiy merosni kichik novellalar yoki hikoyalar to’plami deb ham atashimiz mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |