Microsoft Word O'quv qo'llanma



Download 12,2 Mb.
Pdf ko'rish
bet75/225
Sana06.07.2022
Hajmi12,2 Mb.
#752141
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   225
Bog'liq
O\'quv qo\'llanma 13.12

fizik-matematik modeli
ni yaratish yo‘nalishi bo‘yicha 
fizik tadqiqotlar olib borish, inson organizmidagi mavjud maydonlar, muhitlar va 
biofizikaviy, biokimyoviy hamda potologik va me’yoriy fiziologik jarayonlarning 
tabiatini o‘rganish maqsadida tibbiyot xodimlari va fiziklar hamkorligida ish olib 
borish, inson organizmining fizik nurlanish bilan o‘zaro ta’sirini atroflicha 
o‘rganish kabilarni kiritish mumkin. Keyingi yillarda tibbiyot fizikasida 


141
fundamental fizik tadqiqotlar o‘tkazish, mushak tomirlaridagi aktin–miozin 
majmuasi ishlash mexanizmini atroflicha o‘rganish mushak xujayralari to‘liq 
mexano–ximik siklining fiziko-matematik modelini yaratish imkonini berdi. 
Tibbiyot fizikasidagi ilmiy izlanishlar so‘ngi 5-6 yil ichida dunyo miqyosida 
Shu jumladan Respublikamiz uchun ham o‘ta dolzarb hisoblangan yomon sifatli 
o‘sma–shishlar (rak kasalligi) ni tashxislashning gibrid usullarini ishlab chiqishda 
birqator yutuqlarga erishildi. 
Gibrid tashxislash usulining mohiyatini tushunib olish uchun ultratovushli 
tashxislashda sonoelastografiya usulini qo‘llash orqali organizmning yumshoq 
to‘qimalarida elastik xususiyatini o‘rganish asosida ularda o‘saboshlagan (xujayra 
darajasida) yomon sifatli o‘smalarni barvaqt aniqlash imkoniyatiga ega bo‘lindi. 
Sonoelastografiya usulida yumshoq to‘qimalarning deformatsiyalanish maydoni 
o‘lchamiga qarab ularda yomon sifatli o‘smalar rivojlanayotganligi to‘g‘risida 
axborotga ega bo‘linadi. (60-rasm)
60 - rasm. Yumshoq to‘qimalarning haqiqiy kesimi(chapda

 va ularning 
sintezlangan tasviri (o‘ngda

, o‘sma shishlarning xolatini ko‘rsatgan xolda 
(qizil

 va ularning rivojlvnish istiqboli (yashil rangda

 tasvirlangan. 
Bugungi kunda elastografik tekshiruvlarda YAMR–tomografiya usullari ham 
qo‘llanilmoqda. Shu sababli “ultratovushli qo‘zg‘alish–magnit rezonansli 
tomografiya (MRT) yordamida elektrik impedansni qayd etish” kabi gibrid 
tashxislash g‘oyasi amalda qaror topmoqda. Mazkur usul o‘z fokusiga ega bo‘lgan 
akustik to‘lqin tutami ta’sirida yumshoq to‘qimalarda vujudga keladigan 
qo‘zg‘alishni va ularda ishlab chiqilgan elektrik mikrotoklarning elektromagnit 


142
nurlanishini MRT yordamida qayd etish jarayoni bilan qo‘shib olib borish 
gibridlash imkonini beradi. Elektrik mikrotoklar organizm ichki suyuq muhiti–
elektroliti hisoblangan qonda yuzaga keladigan Xoll effekti
*
natijasida paydo 
bo‘ladi. Bunday qon–elektrolit yomon sifatli o‘smalar o‘sayotgan yumshoq 
to‘qimalarni to‘yintiradi. 
Fizika nuqtai nazaridan ushbu usuldagi to‘qimalardagi elektr toklarini 
bevosita o‘lchash kabi elektroimpedans tomografiyaga xos noaniqlik fokal akustik 
tutam ta’sirida yuzaga keladigan elektromagnit nurlanishni aniqlik bilan qayd 
etishga almashtiriladi. Buning oqibatida o‘sma shishlarning lokalizatsiyasining 
aniqlik darajasi oshadi. 
Bu effektni 1879 yilda amerika fizigi Edvin Xoll tomonidan kashf qilingan 
edi. Uning qisqacha mohiyati shundan iboratki, agar biz ma’lum bir metall 
plastinkaning masalan: X-yo‘nalishi bo‘yicha tok kuchini yuborsak, unga 
perpendikulyar U-yo‘nalish bo‘yicha magnit maydon ta’sir qilsak, Z-yo‘nalishda 
potensiallar ayirmasi paydo bo‘ladi. Ma’lum bir signalni magnit maydoni orqali 
boshqa holatga o‘tkazish mumkin bo‘ladi. Xoll effektini magnit materiallarda 
o‘rganish bo‘yicha Samarqand davlat Universiteti katta tajriba to‘plagan. Bir nechta 
doktorlik va nomzodlik dissertatsiyalari himoya qilingan.
Ayollarda sut bezi o‘smalarini barvaqt tashxislashda gibrid tekshirish 
uslubidan foydalanish aniqligi turli fizik usullar bilan olinadigan signallar sintezi 
maydonida yotadi. Bu usulda ultratovush yutilish koeffitsientining tarqalish tezligi 
va to‘qimalarning elektrik impedansi fazoda taqsimlanishining qayta qurish bilan 
bog‘langan. 
Shunday qilib, uch xil fizik usullar, jumladan, elektroimpedans 
tomografiyasi, ultratovushli transmission tomografiya kabilarni tavsiflovchi 
xarakterli belgilarining sintetik tasvirini olish yomon sifatli o‘smalarni vizual 
nazorat qilish imkonini beradi. Ushbu usullardan alohida–alohida foydalanilganda 
bunday axborotga ega bo‘lish mumkin emas. 
Bugungi kunda qator neyrodegenerativ kasalliklar jumladan Alsgeymer 
kasalligi, Parkinson, Gentignton, II tip qandli diabet, revmatoidli artrit, yacheykali 


143
ensefalopatiya kabilarning rivojlanishi amiloidlar deb ataluvchi ipsimon oqsil 
agregatlarning noto‘g‘ri joylashtirilishi bilan bog‘langanligi gipotezasi o‘zining 
ko‘plab tarafdorlariga ega. Oqsil iplarining bunday noto‘g‘ri joylashuvi me’yoriy 
faoliyat ko‘rsatuvchi va yuqorida sanab o‘tilgan kasalliklarning paydo bo‘lishi va 
rivojlanishini asoslaydi. 
O‘sma–shishlarga qarshi dorivor vositalarni yaratish va ularni ta’sir 
ko‘rsatish joyiga etkazib berishda nanotibbiyot tashxislash va davolash sohasiga 
tegishli istiqbolli va o‘ta muhim yo‘nalishlardan bo‘lib hisoblanadi. Bu borada 
keyingi o‘n yilliklarda nanotexnologiyaning rivojlanishi va 
nanostrukturalashtirilgan molekulyar tizimning aql bovar qilmaydigan keng 
imkoniyatlaridan foydalanib formokologik dori vositalarini nanotashuvchi 
liposomlar bilan o‘rash texnologiyasining kashf etilishi tibbiyotda revolyutsion 
o‘zgarishlarni boshlab berdi. 
Gap shundaki, farmokologik dori vositalarining erkin shaklidan foydalanish 
amalda ularning turli xil nojo‘ya ta’sir ko‘rsatishlarga sabab bo‘ladi. Chunki 
bunday erkin dori vositalari oqsillar va nuklein kislotalarning tabiiy holatini buzib 
yuboradi. Bunday dorilarning o‘sma–shishlarga ta’sir ko‘rsatish darajasini ham 
pasaytirib yuboradi. Bundan tashqari qator o‘sma-shishlarga qarshi 
qo‘llanilayotgan dorilar organizmga yuqori darajada toksik ta’sir ko‘rsatish 
xususiyatiga ham ega. 
Shu boisdan ham, bugun dunyo miqyosida ham, sitostatik preparatlarning 
liposomlar qoplamasi bilan o‘ralgan kapsula shaklini yaratish bo‘yicha hamda 
ularning terapevtik indeksini oshirish bo‘yicha jadal ilmiy tadqiqotlar 
o‘tkazilmoqda. Kapsulalar qobig‘i va yuzasini yarim sintetik nanoqoplamalar bilan 
qoplash evaziga turli xil xususiyatga ega o‘sma shishlarga qarshi dorivor vositalarni 
va antibiotiklarni oldindan aniqlangan patologik zonalarga yetkazib berish ularning 
dozirovkasini nazorat ostiga olish imkonini beradi. 
Tibbiyot fizikasidagi yana bir yangi yo‘nalish bu biosensorika yo‘nalishidir. 
Biosensorlarni ishlab chiqish ayniqsa qandli diabet bilan kasallangan bemorlarning 
qonida glyukoza miqdorini aniqlashda nafaqat optik, absorbsiyali, fluoressentli, 


144
raman-spektroskopik, balki, innovatsion spektroskopik yondashuvlarga asoslangan 
so‘nuvchi to‘lqinlarni qayd etishning yuzlab plazmonli rezonansi, polyarizatsiyasini 
energiyasi ko‘chishini yoki fluoreessensiyaning mavjudlik davrini o‘lchash kabi 
ko‘plab usullardan foydalanilmoqda. Biroq, bunday ko‘p sonli sensorlarning ijobiy 
tomonlarini o‘zida mujassamlashtiruvchi, ishonchli aniq diapazonda ishlay 
oladigan usullar amalda ishlab chiqilmagan. Bu muammoning yechimini topish 
uchun ularning asosida yotuvchi fizik jarayonlarni miqdoriy jihatdan yuqori 
aniqlikda tavsiflovchi usullar mavjud emas. Mazkur jarayonga liposomlarni 
qo‘llash o‘zining istiqboliga ega. Liposomlarning ikki qavatli lipid qobig‘i 
hujayralar membranasidagi fermentlarni qoplab olib, ularning yuqori katalitik 
faolligini ta’minlash imkonini beradi. Liposomali sensorlarga sezgirligi yuqori 
bo‘yoqlar molekulalari kiritilishi va sensorlarning o‘zlarini hujayralar ichiga 
ularning membranasini jarohatlamasdan kiritish orqali neinvaziv hujayra ichi 
“mikrodiagnostika” ni yo‘lga qo‘yishga imkoniyat yaratib beradi. 
Yuqorida keltirilgan ayrim tashxislash usullaridan shu narsa ayon bo‘ladiki, 
keng tarqalgan og‘ir kasalliklar jumladan, onkologik va qandli diabet kabi 
xastaliklarning davolash-diagnostika jarayonini takomillashtirishga zamonaviy 
tibbiy fizik usullarni ishlab chiqish va qo‘llash, shuningdek, yuqori texnologiyali 
tibbiy asbob-uskunalar bilan ishlay bilishga qodir mutlaqo yangicha fikrlay 
oladigan va zamonaviy bilimlarni egallagan-fizika, tibbiyot, biologiya kabi 
fanlarning yutuqlarini uyg‘unlikda qo‘llay biladigan mutaxassislarsiz erishib 
bo‘lmaydi.

Download 12,2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   225




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish