Microsoft Word O'quv qo'llanma


Zotan tibbiyot fizikasi- bu XXI asr tibbiyotining



Download 12,2 Mb.
Pdf ko'rish
bet77/225
Sana06.07.2022
Hajmi12,2 Mb.
#752141
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   225
Bog'liq
O\'quv qo\'llanma 13.12

Zotan tibbiyot fizikasi- bu XXI asr tibbiyotining 
strategik qurolidir
.


146
III BOB. FIZIKANI O‘QITISHDA ENG KEYINGI ZAMONAVIY 
INNOVATSION TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISH 
 
§3.1. Fizikani o‘qitishda
robototexnika elementlaridan foydalanish 
Keyingi vaqtda barcha ommaviy axborot vositalarida robotlar haqida juda 
ko‘p sondagi ma’lumotlar berilmoqda. Bu sohada jahondagi ilg‘or oliy o‘quv 
yurtlari mutaxassislar tayyorlamoqda. Jumladan, bizning davlatimizda ham 
Toshkent texnika universitetida “Mexatronika va robototexnika” bo‘yicha bakalavr 
va magistr tayyorlashga kirishildi.
Hozirgi vaqtda robotlarning qo‘llanmaydigan sohasi yo‘q deb aytsak xato 
qilmaymiz va u ommaviy tus olmoqda.
“Robot” atamasi 1921 yilda chex yozuvchisi Karl Chapekning ilmiy 
fantastik asari “Rur” (Rossumning hammabop robotlari) da keltiriladi. Robot 
atmasi chex tilidagi “rabota” – “ish” so‘zidan kelib chiqqan. So‘ngra robototexnika 
so‘zi, inglizcha “Robotics” so‘zidan olingan bo‘lib, u 1941 yilda yozuvchi A. 
Azimovning “Yolg‘onchi” hikoyasida ishlatiladi. 
Birinchi sanoat roboti 1961 yilda ishlab chiqilgan bo‘lib, u avtomobil 
ishlab chiqarishda ishlatilgan mexanik qo‘ldir. Shunday qilib, robot bu o‘rgatadigan 
mashina bo‘lib, kompyuterga o‘xshaydi (unga buyruq berilsa bajaradi) , u turli xil 
ko‘rinishda harakat qiladi, atrof muhitdagi o‘zgarishlarni qayd qiladi va ko‘p 
sondagi topshiriqlarni bajaradigan va qayta ish bajarmaydigan mashinalar robot 
hisoblanmaydi, uni avtomat deyiladi.
Robotning harakati mikroprotsessor bilan boshqariladi. Robot – bu 
“Mexanik” odamdir. Xo‘sh robototexnika nima? Robototexnika bu integrativ fan 
bo‘lib, umumlashtirilgan, avtomatlashtirilgan sistemalar bilan shug‘ullanadi. Uning 
asosida elektronika, elektrotexnika, mexanika, fizika, matematika, informatika va 
dasturlash fanlaridan olingan ilmiy bilimlar yotadi.
Texnikaning robotlar yaratish bilan shug‘ullanadigan maxsus sohasi – 
robototexnika deb aytiladi. 


147
Hozirgi vaqtda robotlar mashinasozlik, cho‘yan eritadigan qurilmalarda, 
kimyoviy sanoatda, qurilish, kosmik, harbiy texnika, konchilik, yadro reaktorlarini 
boshqarishda, tibbiyotda keng qo‘llanilmoqda.
Yerdan Oyga uchirilgan birinchi qurilma robot yordamida bajarildi. 1969 
yil iyulida Amerika astronavti Nil Armstrong Oy sirtiga chiqarildi, “Lunaxod–1” va 
“Luna xod–2” lar robotlar tufayli parvoz qilindi.
Hozirgi vaqtda jahon bo‘yicha robotlar ishlab chiqarish juda ham tez 
rivojlanmoqda. Robotlar soni bo‘yicha Yaponiya jahonda birinchi o‘rinni egallab 
turibdi, dunyo bo‘yicha ishlab chiqilgan robotlarning 80% ni tashkil qiladi.
Hozirgi kunda robototexnika ilmiy texnik taraqqiyotning muhim 
yo‘nalishiga aylandi, mexanika muammosi va yangi texnologiya sun’iy intelekt 
bilan chatishib ketdi. Insoniyat yong‘inni operatorsiz o‘chirish, avvaldan aniq 
bo‘lmagan holatda mustaqil harakat qilish, favqulodda holatlarda qutqarish ishlarini 
olib borish, atom elektrostansiyalarida bo‘ladigan avariyalarda hamda terrorizm 
bilan kurashishda ishlaydigan robotlarga muhtoj. Ayniqsa, robotlardan korrupsiya 
va uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurashishda ham keng foydalanish mumkin. 
Masalan, Birlashgan Amirliklar ichki ishlar vazirligi 2015 yildan boshlab, Dubay 
shahrida politsiyachi robotlarga, barcha davlat avtomobil inspeksiyasi xodimlari 
robotlar bilan almashtiriladi. Bundan tashqari odamlarning kundalik ehtiyojini 
qondiradigan robotlarga talab ortib bormoqda: robot-uy xizmatchisi, robot-
o‘tirgich, rabot-enaga, bolalar o‘yinida ishlatiladigan robotlar va boshqalar. 
Shunday qilib, hozirgi zamon ishlab chiqarish texnologiyasi oldiga bunday 
robotlar tayyorlash masalasi kun tartibiga qo‘ygan.
Hozirgi vaqtda mikrorobotlar ham texnikaning turli sohalarida 
ishlatilmoqda. Mikrorobotlarni fanga amerikalik tadqiqotchi Kristofer Lister 
tomonidan 2001 yil kiritilgan edi. Bu tadqiqotchi o‘tgan asrning 90 yillarida 
avtonom robotning modelini yaratgan edi. 2000 yilga kelib uning o‘lchami 4 marta 
kichraytirildi. Bu juda kichik mashina bo‘lib, xotirasi 8 kbayt bo‘lgan protsessor, 
temperatura datchigi, mikrofon, videokamera, kimyoviy sensorlardan iborat. Bu 
robotlar asosan harbiy sohada ishlatishga qaratilgan.


148
Hozirgi vaqtda ishlaydigan robotlarni 6 ta sinfga bo‘lish mumkin: 
1.
Muammolarni tahlil qiluvchi va qaror qabul qiluvchi robotlar; 
2.
Atrof muhitni tahlil qiluvchi robotlar; 
3.
Tajriba natijalarini to‘plovchi va uni amaliyotga qo‘llaydigan robotlar; 
4.
Tabiiy tilni tahlil qiluvchi robotlar: tabiiy tildagi ifodalarning ma’nosini 
tahlil qiladi va uni odam uchun qulay bo‘lgan axborotga aylantiradi.
5.
Qadamli robotlar – bajaruvchi qurilmalar, siljitish organlari orqali 
harakatlanadi va ish bajaradi. 
6.
Ta’limdagi robotlar. 
Robototexnika – ta’lim uchun universal qurilma vosita bo‘lib, u ko‘pchilik 
darslarda, darsdan tashqari faoliyatda, maktab predmetlarini o‘qitishda 
foydalaniladi. 
Undan barcha yoshdagi maktabgacha ta’lim muassasasidan to kasb 
ta’limigacha bo‘lgan oraliqni o‘z ichiga oladi. Robototexnikani boshlang‘ich, 
umumiy o‘rta, o‘rta maxsus va oliy ta’lim muassasalarida qo‘llanish mumkin.
Robototexnikaning ta’limdagi eng muhim o‘ziga xos tomoni shundaki, 
uning uzluksiz ta’lim tizimini yaratishda, bo‘lg‘usi injenerni tayyorlashda ishlatish 
mumkin. 

Download 12,2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   225




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish