Microsoft Word oquv qollanma latin


 O‘simlik ildizlaridagi osmotik bosim, uning tuproq eritmasining



Download 2 Mb.
Pdf ko'rish
bet36/50
Sana31.12.2021
Hajmi2 Mb.
#252817
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   50
Bog'liq
kitob

3.9. O‘simlik ildizlaridagi osmotik bosim, uning tuproq eritmasining               
bosimi bilan bog‘liqligi 
Qishloq  xo‘jalik  ekinlarini  sun’iy  sug‘orish  yuqori  hosil  olish  garovidir. 
Chunki  hosildorlik  lalmikor  yerlarga  nisbatan  3-5  martagacha  yuqori  bo‘ladi. 
O‘simliklarni sun’iy sug‘orish, ayniqsa, arid mintaqalari (suvning bug‘lanishi yillik 
yog‘ingarchilik miqdori ancha ko‘p bo‘lgan joylar) uchun katta ahamiyatga egadir. 
Chunki  bunday  mintaqalarda  o‘simliklarda  suv  taqchilligi  tez-tez  sodir  bo‘ladi. 
Olimlarning  ko‘rsatishicha,  hatto  juda  qisqa  muddatli  suv  taqchilligi  ham 
o‘simliklarning  me’yorida  o‘sishiga  ta’sir  qilmay  qolmaydi.  O‘simliklarda  suv 


 
105 
 
kamchiligi,  ayniqsa,  suvning  so‘rilishi,  ildiz  bosimi,  og‘izchalar  holati, 
transpiratsiya, fotosintez, nafas olish fermentlarining faolligi, o‘sish va rivojlanish, 
hosildorlik  va  hosil  sifati  kabi  jarayonlarga  ta’sir  etadi.  Sun’iy  sug‘orishni  to‘g‘ri 
tashkil  qilish  uchun  suv  muvozanati  va  uni  tashkil  qiluvchi  asosiy  omillarni 
e’tiborga olish zarur. Bunday omillarga quyidagilar kiradi:  
1.
 
O‘simlik  turlari  va  navlari  (qurg‘oqchilikka  chidamlilik  darajasi,  ildiz 
tizimining rivojlanish xususiyatlari, o‘sish davrlari);  
2.
 
O‘simliklar soni;  
3.
 
Tuproq  muhiti  (tuproqdagi  suv  miqdori,  tuproq  eritmasining  osmotik 
bosimi, tuproqning tuzilmasi va namlik sig‘imi);  
4.
 
Iqlim  omillari  (suvning  yer  ustidan  bug‘lanish  natijasida  sarflanishi  va 
transpiratsiya,  havo  harorati  va  namligi,  shamol,  yorug‘lik,  yog‘ingarchilik 
miqdori)  va  boshqalar.  Ayniqsa,  arid  mintaqalarda  yetishtiriluvchi  madaniy 
o‘simliklarning  suv  rejimini  tavsiflovchi  fiziologik  jarayonlarni  o‘rganish  va 
ulardan  foydalanib  sug‘orish  soni,  muddatlari  va  me’yorini  belgilash  muhim 
ahamiyatga  ega.  Dasht  va  cho‘llarda  o‘sadigan,  qurg‘oqchilikka  chidamli 
o‘simliklarga  kserofitlar  deyiladi.  Kserofitlarda  hujayralar  kichik  bo‘ladi,  hujayra 
po‘sti  qalinlashgan,  barg  mezofilida  palisad  parenxima  yaxshi  rivojlangan,  barg 
tomirlari zich joylashgan, bargdagi og‘izchalar soni ham ko‘p bo‘ladi (3.9.1-rasm). 
Ildizning  osmotik  bosimi  yuqori  bo‘lib,  ba’zida  100  atmosferagacha  yetadi. 
Ildizlari  tuproqga  chuqur  ketadi.  Chunonchi,  ildiz  yantoqda  18  m,  beda  va  qora 
saksovulda 16-18 m gacha boradi.
 
Kserofitlarga  shuvoq,  yerman-shuvoq,  izen,  oq  saksovul,  qora  saqsovul, 
juzg‘un, 
pista, 
teresken, 
kamforosma 
va 
shu 
kabilar 
kiradi. 
Kserofitlarga oid  maxsus  bir guruh  o‘simliklar  sukkulentlar  deyiladi.  Bu  o‘simlik 
organlarida  maxsus  suv  g‘amlovchi  to‘qimalari  yaxshi  rivojlangan  bo‘lib,  ularda 
suv zaxirasi saqlanadi. Bunday o‘simliklarga kaktuslar agavalar kiradi. 


 
106 
 
 
3.9.1-rasm. Kserofit o‘simliklar 
    Kserofitlar  jumlasiga  Markaziy  Osiyo  cho‘l  zonasidagi  sho‘rxok  yerlarda 
o‘sadigan  sho‘rxoklar  ham  misol  bo‘la  oladi.  Bunday  o‘simliklarga  danasho‘r, 
seta,  xaridondon,  sarsazan  va  qizil  sho‘rani  misol  qilish  mumkin.  Ular  galofitlar 
deb ataladi (3.9.2-rasm). 
Nami  yetarli  bo‘lgan  tuproq  va  iqlim  sharoitida  o‘sadigan  o‘simliklar 
mezofitlar deyiladi. Bu xil o‘simliklar hujayralaridagi osmotik bosim kserofitlarga 
qaraganda pastroq ya’ni, 11-15 atmosfera orasida bo‘ladi. Mezofitlarga ko‘pchilik 
daraxt  va  aksari  ekiladigan  o‘t  o‘simliklar:  g‘o‘za,  beda,  makkajo‘xori,  qovun, 
tarvuz, pomidor, boyimjon hamda deyarli hamma mevali o‘simliklar kiradi. Bu xil 
o‘simliklarning  ildizi  uncha  chuqur  ketmaydi,  lekin  u  kuchli  tarmoqlanib,  tuproq 
orasida katta hajmni egallab oladi. 


 
107 
 
 
3.9.2-rasm. Galofit o‘simligi. 
Namlik  ko‘p  bo‘lgan  sharoitda,  ya’ni  daryo  bo‘ylari,  o‘tloqlar,  hamda 
o‘rmonlar  orasida  o‘sadigan  o‘simliklar  bo‘lib,  ularning  barglari  odatda  yirik, 
kutikulasiz va tuksiz bo‘ladi. Barg yuzasidagi og‘izchalar doimo ochiq bo‘lib, ular 
bargning  ham  ostki,  ham  ustki  qismida  joylashadi.  Ildizlari  tuproqga  chuqur 
kirmaydi, chunki ildizlar yoyilgan joy doimo nam bo‘ladi. Ulardagi osmotik bosim 
8-12  atmosferani  tashkil  etadi.  Daryo  va  ko‘l  bo‘ylarida  o‘sadigan  savagich, 
qamish,  qiyoq,  ba’zi  bir  begona  o‘simlik  turlari  va  madaniy  ekinlardan,  sholi 
gidrofitlarga misol bo‘ladi (3.9.3-rasm). 
 
3.9.3- rasm. Gidrofit o‘simliklar. 


 
108 
 

Download 2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   50




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish