2.5.Tuproqdagi suvning shakllari. Suvning tuproq va o‘simlikdagi harakati
Tuproqdan suv olish uchun o‘simlik iddiz hujayralarining so‘rish kuchi
tuproq eritmasining surish kuchidan bir muncha yuqori bo‘lishi shart. Chunki
tuproqda bunday so‘rishga qarshilik qiluvchi kuchlar mavjudki, ular suvni ushlab
turuvchi kuchlar deyiladi. Odatda, tuproq tarkibida suv toza emas, balki ma’lum
konsentratsiyali eritma holida bo‘ladi. Eritmaning konsentratsiyasi tuproqdagi
suvda eruvchituzlar va boshqa moddalarning miqdoriga bog‘liq. Bundan tashqari
tuproqda osmotik qarshilik bilan bir qatorda adsorbsion xususiyatdagi qarshilik
ham bor. U suv molekulalarining tuproq donachalari bilan bo‘lgan o‘zaro
munosabatidan kelib chiqadi, ya’ni suv tuproq donachalari bilan har xil darajada
birikadi va natijada tuproqda har xil shakllar hosil bo‘ladi.
Tuproqda suvning ikki xil shakli bor: fizikaviy birikkan suv va kimyoviy
birikkan suv. Kimyoviy birikkan suv mineral kolloidlar va minerallar tarkibida
birikma yoki molekula shaklida uchraydi.
Fizikaviy shakldagi suv quyidagi xillarga bo‘linadi:
1. Bug‘simon suv.
2. Gigroskopik suv.
3. Pardasimon suv.
4. Kapillyar suv.
5. Gravitatsion suv.
53
Har qanday sharoitda tuproqdagi suvinig bir qismi bug‘ holatiga o‘tadi.
Tuproq g‘ovakliklaridagi bug‘ tuproq haroratini o‘zgarib turishi natijasida tomchi
holatiga o‘tishi va o‘simlikning ildizi orqali o‘zlashtirilishi mumkin. Gigroskopik
suv-tuproq zarralari yuzasiga singdirilgan namlikdir. Parda suv-tuproq
zarrachalarining sirtidan yupqa parda singari o‘rab olgan bo‘ladi.
O‘simlik o‘zlashtira olmaydigan suvning shakli.
1.Gigroskopik suv.
2. Parda suv.
O‘simlik o‘zlashtira oladigan suvning shakli.
1. Kapillyar suv.
2. Gravitatsion suv.
3. Bug‘simon suv.
Kapillyar suv - tuproq qatlamlaridagi kapillyar g‘ovaklar orqali quyi
qatlamdan yuqori qatlamga erkin harakat qiladigan suvdir. Kapillyar suv
tuproqning juda mayda kapillyarlarini to‘ldiradi va o‘simlikni suv bilan
ta’minlashda asosiy manbalardan hisoblanadi.
Gravitatsion suv - tuproqning- nokapillyar g‘ovaklari orqali yuqoridan quyi
qatlamlariga erkin harakatlanadigan suv gravitatsion suv deyiladi va undan
o‘simlik qisman foydalanadi
Bug‘simon suv - har qanday sharoitda tuproqdagi suvinig bir qismi bug‘
holatiga o‘tadi. Tuproq g‘ovakliklaridagi bug‘ tuproq haroratini o‘zgarib turishi
natijasida tomchi holatiga o‘tishi va o‘simlikning ildizi orqali o‘zlashtirilishi
mumkin.
Tuproqdagi erkin o‘zlashtiriladigan suv shakllari o‘rtacha 0,5 mPa, qisman
o‘zlashtiriladigan suv shakllari 1,2 mPa va o‘zlashtirilishi qiyin bo‘lgan suv
shakllari 1,25-3,0 mPa.gacha bo‘lgan kuch bilan ushlanib turadi.
O‘simliklar o‘zlashtira olmaydigan suv - suvning o‘lik zaxirasi deyiladi.
O‘lik zaxiraning miqdori odatda, tuproq turiga va tarkibiga qarab o‘zgarib turadi.
54
Tuproqning to‘la nam bilan ta’minlanganligi to‘la nam sig‘imi deyiladi.
To‘la nam sig‘imi ham tuproq turlariga qarab har xil miqdorga ega: yirik
qum~23,4 %, mayda qum~28,0 %, yengil qumoq~33,4%, og‘ir qumoq-47,2 %,
og‘ir soz-64,6 % va boshqalar.
O‘simliklarning to‘la suv bilan ta’minlanish jarayonida ildiz tizimi asosiy
o‘rin egallaydi. SHuning uchun ham ildizning rivojlanish jadalligi morfologik
tuzilishlari tuproqdan suv va suvda erigan mineral elementlarni so‘rishga
moslashgan.
O‘simliklar tanasiga suvning kirishi va sarflanishi suv muvozanati deyiladi.
Bunda o‘simlik tanasiga kirayotgan suv bilan sarflanayotgan suv miqdori bir-biriga
to‘rg‘i kelishi lozim. Lekin yozgi ochiq kunlarda quyosh nurlari ta’siridan
transpiratsiya kuchayishi va o‘simlik qabul qilayotgan suv uning o‘rnini qoplay
olmasligi natijasida nisbiy tenglik buziladi. Oqibatda suv taqisligi ro‘y beradi.
Aksariyat hollarda taqchillik 5-10 foizga teng va o‘simliklarga ko‘p zarar qilmaydi.
Chunki asosan tush vaqtida bo‘ladigan bunday suv taqchilligi odatdagi hodisa
hisoblanadi. O‘simlik uning ta’sirida transpiratsiya jadalligini tartibga solib turish
qobiliyatiga ega bo‘ladi. Bu suv taqchilligining oshib ketishiga yo‘l qo‘ymaydi.
Transpiratsiya ham juda kuchayib ketganda, tuproqda suvning miqdori
kamayib kolsa, o‘simliklarga kirayotgan suvning miqdori ham juda kamayib ketadi
va o‘simliklarningsuvmuvozanati ancha qattikbuziladi. Bu ayniqsa, kunning eng
issiq soatlarida sodir bo‘ladi. Suv taqchilligi ro‘y berganda barglar so‘lib va osilib
qoladi. Suv taqchilligini quyidagi formula bilan aniqlash mumkin:
D= (1-M/M
1
)·100
bu yerda: D - suv taqchilligi;
M - barg kesmalarining (doiracha) suvga solguncha bo‘lgan og‘irligi, g;
M
1
- barg kesmalarining 60 daqiqa davomida suvda saqlangandan keyingi
og‘irligi, g.
55
Do'stlaringiz bilan baham: |