3.3. O‘simliklarning suvga bo‘lgan talabini va suv ist’emolini belgilash
usullari
Jahonda suv tanqisligi sezilayotgan sharoitda qishloq xo‘jaligi ekinlarini
sug‘orishda suvdan oqilona foydalanish katta ahamiyatga ega hisoblanadi.
Sug‘orma dehqonchilikda sizot suvlarini ko‘tarilishi, yerlarni sho‘rlanishi
sug‘orishni to‘g‘ri tashkil qilish bilan chambarchas bog‘liq. Qishloq xo‘jalik
ekinlarini sug‘orish tartibi aniqlashda sug‘orish me’yorini hisoblashda
kompyuterdan foydalanish muhim masalalardan biri hisoblanadi. Sug‘orish
me’yori va mavsumiy sug‘orish me’yorini hisoblashning ekinning suvga bo‘lgan
talabi va hosilga ta’sirini belgilash, suv resurslarini boshqarishning ilmiy
asoslangan hisoblash uslublarini ishlab chiqishga yo‘naltirilgan maqsadli ilmiy-
tadqiqot ishlari olib borish alohida ahamiyat kasb etadi. Bu borada, jumladan
qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarish sohasiga intensiv usullarni, suv tanqisligi va
yerlarni meliorativ holati yomonlashib borayotganligi sharoitida g‘o‘zani suvga
talab me’yorlarini takomillashtirishga qaratilgan ilmiy tadqiqotlarni amalga
oshirish muhim vazifalardan biri hisoblanadi (3.3.1-rasm). O‘simliklar hayotida
suvning ahamiyati quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
1) tuproqda va o‘simlikda bo‘ladigan kimyoviy va biokimyoviy jarayonlar
suvli muhitda kechadi.
76
2) o‘simlik suv bilan yetarli ta’minlangandagina unda o‘sish, rivojlanishi va
barcha fizologik jarayonlar normal o‘tadi.
3) har qanday madaniy o‘simlik urug‘i unib chiqishidan oldin ma’lum
miqdorda suv shimadi.
3.3.1- rasm. G‘o‘zaning o‘sib rivojlanish davridagi suvga bo‘lgan talabi.
O‘simliklar tarkibida 80-90 % gacha suv bo‘ladi. O‘suv davrida o‘simliklar
bu suvning asosiy qismini bug‘lantirib yuboradi. Kuzatishlarga qaraganda,
o‘simliklar butun vegetatsiya davomida o‘zlashtirgan suvning atigi 0,01-0,03% ni
o‘z organizmini shakllanishi uchun sarflaydi. O‘simliklarning suvga bo‘lgan talabi
ularning rivojlanish fazalariga qarab turlicha bo‘ladi. Masalan, kuzgi bug‘doy nay
chiqarish va boshoqlash davrida, makkajo‘xori gullash va doni sut pishiqligi
fazasida, kartoshka gullash va hosil tugish davrida, kungaboqar gullash va savatcha
hosil qilish fazasida, g‘o‘za gullash va meva tugish davrida suvni ko‘p talab qiladi.
Ko‘p yillik ekinlar esa suvga yanada talabchan bo‘ladi. O‘simliklarni suv rejimini
belgilashda ta’sir etuvchi omillar quyidagilardan iborat.
77
1.Iqlim sharoiti: havo harorati, yog‘in miqdori va uning yil oylari bo‘yicha
taqsimlanishi; havo namligi va bug‘lanishi; shamolning kuchi, yo‘nalishi va
takroriyligi.
2.Tuproq sharoiti: tuproqning mexanik tarkibi, suv-fizik xossalari,
sho‘rlanish xili va darajasi.
3.Gidrogeologik sharoitlar: yer osti suvlarining joylashgan chuqurligi va
minerallashganlik darajasi, rejimi.
4.Iqtisodiy-xo‘jalik sharoitlari: agrotexnika, tuproq unumdorligi, ekinning
hosildorligi.
5.Qishloq xo‘jaligi ekinlarining turi.
6.Qishloq xo‘jaligi ekinlarining biologik xususiyatlari.
7.Sug‘orish usuli va texnikasi.
Qishloq xo‘jaligi ekinlaridan, jumladan g‘o‘zadan yuqori va barqaror hosil
olish uchun tuproq faol qatlamidagi namlik turli darajada sho‘rlangan tuproqlari
sharoitida har doim tuproqdagi namlik ChDNS ga nisbatan 70 - 80 % da bo‘lishi
talab qilinadi.
Suv iste’mol qiymati iqlimiy shart-sharoitlardan yer yuzasiga tushadigan
issiqlik energiyasi, tuproq nami, qishloq xo‘jaligi ekinining turi va hosildorlik
qiymatlariga bog‘liq. Sug‘orma dehqonchilik amaliyotida qishloq xo‘jaligi
ekinlarining suv iste’molini aniqlashning quyidagi uch xil: to‘g‘ridan-to‘g‘ri dala
sharoitida olib boriladigan o‘lchov ishlari, meteorologik va hisobiy usullari
qo‘llaniladi. G‘o‘zani sug‘orish tartibi, birinchi navbatda, suv iste’moli
xususiyatlariga bog‘liq. S.Rijov tomonidan [34] keltirib o‘tilishiga asosan,
sug‘oriladigan maydonlarning umumiy suv iste’moli bir qancha omillar orqali
aniqlanadi: iqlimi ko‘rsatkichlar, tuproq meliorativ holati, gidrogeologik
sharoitlari, ekin turi va ekinning yoshi, tuproqning namlik miqdori va
qo‘llaniladigan agrotexnik usullar.
78
Amaliyotda sug‘oriladigan maydonning suv iste’moli ikki usulda: suv
balansi formulasi va lizimetrlar yordamida aniqlanadi. Suv balansi yordamida
aniqlashda bir qator formulalardan foydalaniladi. Formulalar yordamida hisoblash
quyidagi ikkita guruhga bo‘lgan holda amalga oshiriladi. Birinchi guruh
ko‘rsatkichlarida bug‘lanishning fizik qonunlarini to‘g‘ridan to‘g‘ri aks ettirmaydi,
ikkinchi guruh bo‘lsa teskarisi ya’ni fizik qonunlarning to‘g‘ridan-to‘g‘ri
ko‘rsatkichlari hisoblanadi.
Birinchi guruh suv iste’molini aniqlashda to‘g‘ri usul hisoblanadi va aniqlik
darajasi ham yuqori, chunki bu guruhda hududning tabiiy iqlim sharoitlari va
etishtirilayotgan qishloq xo‘jalik ekinlari va ekinni etishtirish shart sharoitlari
hisobga olinadi. Biroq, ular ko‘p yillik ilmiy-tadqiqot ishlarni olib borishni,
qimmatbaho, asbob-uskunalar va mehnatni hamda sug‘orish tizimlarini loyihalash
va qurishni talab qiladi.
Ikkinchi guruh ham ilmiy-tadqiqotlar olib borish, natijalar orqali qishloq
xo‘jalik ekinlari ko‘rsatkichlarining umumiy suv iste’moliga bog‘lagan holda
aniqlashga asoslangan. Biroq ilmiy-tadqiqot ishlar hajmi kamayadi, jumladan
davomiyligi vaqt bo‘yicha aniqlanadi. Bu holatda tajriba dalalaridan olingan
o‘xshash sharoitdagi materiallardan foydalanish tavsiya etiladi. Ayni paytda,
sug‘orma dehqonchilikda, dunyo amaliyotida suv iste’molini hisoblashda ikkinchi
usul ya’ni empirik bog‘lanishlar orqali hisob kitoblarni amalga oshirish keng
miqyosda qo‘llanilmoqda.
Akademik A.N.Kostyakovning ta’kidlashicha, qaysi ekin bo‘lishidan qat’iy
nazar suv iste’moli miqdori hisoblanishi kerak [17]:
a) bevosita tizimli ravishda tuproq namlikining o‘zgarishini hisobga olish
yo‘li bilan;
b) shu hudud sharoitidan kelib chiqqan holda, yetishtiriladigan ekin
hosilining qiymati va bug‘lanish koeffitsientlariga mos ravishda;
79
c) issiqlik formulalaridan foydalangan holda, radiatsiya jarayonida kirish va
chiqish issiqlik natijalari, boshqalar.
Quyida qishloq xo‘jalik ekinlarini suv iste’molini aniqlashda birinchi guruh
hisobiy formulalari keltirilgan.
Hisobiy usulda empirik koeffitsientlar bevosita kuzatuvlar natijasida
aniqlanganligi uchun bu usul aniqroq usul hisoblanadi. Shunday aniqlash
formulalaridan biri A.N.Kostyakov [18]formulasidir:
U
К
=
E
e
⋅
Do'stlaringiz bilan baham: |