Microsoft Word oqcharloq ziyouz com doc



Download 98,91 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/25
Sana18.01.2022
Hajmi98,91 Kb.
#387086
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25
Bog'liq
''Oqcharloq''



Oqcharloq Jonatan Livingston (rivoyat-qissa). Richard Bax 

 

 



www.ziyouz.com kutubxonasi 

1

 



OQCHARLOQ JONATAN LIVINGSTON 

Rivoyat-qissa 

«QUSH TILI»GA SIRDOSHLIK 

Adabiy mavzular zamonlar osha ko‘chib yuradi. Bir xalq adabiyotidagi majoziy obrazlar 

boshqa bir xalq badiiy tafakkurida butunlay o‘zgacha shaklda va janrda namoyon bo‘ladi. 

Bu — uzluksiz jarayon. Qolaversa, bu umuminsoniy madaniyatning mushtarakligini 

tasdiqlovchi hodisadir. 

Bundan besh asr muqaddam yaratilgan ulug‘ o‘zbek shoiri va mutafakkiri Alisher 

Navoiyning «Lisonut-tayr» dostoni jahon adabiyotidagi badiiy kashfiyotning bir namunasi 

sifatida hanuz kishilarni hayratga solib keladi. «Chun «Lisonut-tayr» ilhovi bila tarannum 

tuzubmen, qush tili ishorasi bila haqiqat asrorin majoz suratida ko‘rguzubmen», deb 

yozgan ulug‘ shoir. 

«Majoz suratida» inson orzu-umidlarini ifodalashga intilish bizning zamonimizda ham 

qalam ahlining tafakkurini band etib keldi. Sharq uyg‘onish davrining ma’rifiy ta’siri 

G‘arbning keyingi asrlar mobaynidagi taraqqiyotiga sezilarli ta’sir ko‘rsatgani sir emas. 

Sayyor syujetlar, umuminsoniy qadriyatlarni mujassam etgan obrazlar har qaysi 

davrning o‘ziga xos badiiy shaklu shamoyilida munosib ifodasini topdi. 

Xususan, XX asr G‘arb adabiyotining e’tiborli namunalarida bizning mumtoz 

madaniyatimizga ohangdosh, mohiyatan juda yaqin asarlarni ko‘plab uchratamiz. 

Shulardan biri amerikalik mashhur adib, buyuk kompozitor Iogann Sebastyan Baxning 

avlodi Richard Baxning «Oqcharloq Jonatan Livingston» nomli rivoyat-qissasidir. 

Juda ko‘plab tillarga tarjima qilinib, millionlab nusxada chop etilgan bu asar adibga katta 

shuhrat olib keldi, o‘z vaqtida betsellerga aylandi. O‘tgan asrning 70-yillarida alohida 

kitob holida nashr etila boshlangan «Oqcharloq Jonatan Livingston» kattalar ham berilib 

o‘qiydigan o‘smirlar adabiyotining mumtoz namunalaridan biridir. 

Richard Bax bu asarining yozilishi bilan bog‘liq sabablarni sirli voqea tarzida bayon 

etgan. Adibning e’tiroficha, u Kaliforniya shtatidagi Belmont Shor kanalining tumanli 

qirg‘og‘i bo‘ylab kezib yurgan paytda qulog‘iga qandaydir tovush chalinadi. Tovushda 

ifodalangan: «Oqcharloq Jonatan Livingston» degan sirli so‘z ijodkor xayolini band etadi 

va u shu «tashqi ta’sir» tufayli mazkur qissani yoza boshlaydi... 



Oqcharloq Jonatan Livingston (rivoyat-qissa). Richard Bax 

 

 




Download 98,91 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish