Microsoft Word оммавий спорт тадбирлари+. doc


 Ommaviy  sport tadbirlarining sog‘lomlashtiruvchi  yo‘nalishi



Download 1,01 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/17
Sana07.08.2021
Hajmi1,01 Mb.
#141146
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   17
Bog'liq
bolalar va osmirinlar sport maktablarida ommaviy siport tadbirlarini tashkil qilish usullari

1.3 Ommaviy  sport tadbirlarining sog‘lomlashtiruvchi  yo‘nalishi. 

Agar  sport  tibbiyoti  o‘z  taraqqiyotining  birinchi  o‘n  yilliklarida  tibbiy 

nazoratda  o‘z  e’tiborini  sportchilarning  harakat  organlarining  shikastlanishiga 

qaratgan  bo‘lsa,  hozirgi  kunda  yangi,  sport  tadbirlari  yo‘nalish  paydo bo‘lmoqda. 

Ushbu  yo‘nalish  hayotda  sodir  bo‘layotgan  o‘zgarishlarning  natijasida  qator 

kasalliklarning  kelib  chiqishi  va  o‘sishi  asosida  tug‘ilmoqda.  Hozirgi  kunda  eng 

yomon  kasalliklar  sifatida  yurak-qon  kasalliklari,  onkologik  va  oshqozon-  ichak 

kasalliklari  tilga  olinmoqda. Yurak-qon  kasalliklari  asosida  ateroskleroz  va  uning 

rivojlanishiga  sabab  bo‘luvchi  patologik  holatlar  yotadi.  Bular-  semizlik,  qand 

kasalligi,  arterial  gipertoniya,  harakatning  cheklanganligi,  ruhiy  stresslar  va 

ovqatlanishning  buzilishi  va  boshqalar.  N.I.Arinchin  usuli  bo‘yicha  bizning 



19 

 

tadqiqotchilarimiz  tomonidan  yuqori  kurso‘quvchilarida  gipertoniya  kasalligining 



tomir-patogenetik  shakliga  o‘tib  ketishi  xavfi  aniqlangan.  Rossiya  va  chet  el 

mutaxassislarining o‘tkazgan tadqiqotlari natijasiga ko‘ra aerobik mashqlar arterial 

bosimning  pasayishiga  yordam  berar  ekan.  Bu  esa  yurak-qon  tizimi  ishining 

normallashuviga  va  ortiqcha  vaznning  kamayishiga  olib  keladi.  Masalan, 

muntazam  kaloriyali  ovqatlanish  sharoitida  20  daqiqa  tez  yurish,  15  daqiqa 

velosiped haydash va 10 daqiqa yugurishni o‘z ichiga olgan jismoniy yuklama har 

yili 5 kg vazndan qat’iy xalos bo‘lish imkonini beradi. 

 

Fransuzlarda  ajoyib  maqol  bor:  ogohlantirilgan  inson-qurollangan  inson. 



Sog‘lomlashtiruvchi  jismoniy  mashqlar  turli  kasalliklarning  oldini  olishning 

samarali  vositasi  hisoblanadi.  Sog‘lomlashtiruvchi  jismoniy  mashqlar  bilan 

muntazam  shug‘ullanish  yaxshi  kayfiyat,  yuqori  ishchanlik,  axloqiy  vazminlik 

asosidir.  Jismoniy  mashqlar  bilan  muntazam  shug‘ullanish  valeologiyaning  asosi 

bo‘lgan salomatlikka, talaba organizmining harakat va funksional imkoniyatlariga 

ijobiy  ta’sir  ko‘rsatadi.  Sog‘lomlashtiruvchi  jismoniy  mashqlar  organizmning 

tashqi muhitning salbiy ta’sirlariga qarshiligini oshiradi va shu sababli salomatlikni 

mustahkamlash va kasalliklarning oldini olishda samarali vosita hisoblanadi. 

 

Shuning  uchun  sog‘lomlashtiruvchi  jismoniy  mashqlar  sport  tadbirlari 



pedagogik  jarayonning  asosi  bo‘lishi  kerak.  Shu  munosabat  bilan  yoshlarni  sport 

tadbirlari  tarbiya  qilish  mazmuni  yoshlarni  har  tomonlama  komil  inson  qilib 

tarbiyalashga  yordam  beruvchi,  o‘zaro  bog‘liq  aniq  vazifalarni  bajarishga 

yo‘naltirilgan bo‘lishi lozim. Bular: 

talabalar  salomatligini  mustahkamlash,  jismoniy  rivojlantirish,  chiniqtirish, 



ish qobiliyatini oshirish; 

muntazam  jismoniy  mashg‘ulotlarga  ehtiyojni,  jismoniy  yetuklikka, 



yaratuvchanlik va mustaqil davlatimizni himoya qilishga intilishni tarbiyalash; 

mustaqil  davlat  quruvchilarining  yuqori  axloqiy  sifatlarini  tarbiyalash,  o‘z 



salomatligi haqida qayg‘urish nafaqat shaxsiy balki jamiyat oldidagi burch ekanligi 

haqidagi tushunchani shakllantirish; 




20 

 



sog‘lom hayot tarzi ko‘nikmalarini hosil qilish; 

sog‘lomlashtirishning,  kasalliklarni  oldini  olishning  turli  shakl,  usul  va 



vositalaridan foydalanishni o‘rgatish; 

bo‘sh  vaqtdan  unumli  foydalanish,  o‘z-o‘zini  baholash,  o‘z-o‘zini  nazorat 



qilish,  kundalik  harakat  rejimini  tashkil  etish  ko‘nikmalarini  shakllantirishga 

o‘rgatish; 

harakat xususiyatlarini rivojlantirish. 



O‘quvchi  yoshlar  salomatligini  asrash  va  mustahkamlash  masalalarini  hal 

etish  yosh  avlodni  jismonan  va  ma’nan  voyaga  yetkazish,  rivojlanib  kelayotgan 

davlatning faol quruvchilarini har tomonlama tarbiyalashning asosi hisoblanadi. 

Yoshlar salomatligi muammosi qator sabablarga ko‘ra dolzarb hisoblanadi. 

Talaba  yoshlar  mustaqil  davlat  rahbar  xodimlarining  asosiy  rezervi  hisoblanadi. 

O‘zbekiston 

Respublikasining 

iqtisodiy 

va 

ijtimoiy 



taraqqiyoti 

yosh 


mutaxassislarning  bilimi,  mohirligi  va  ularni  o‘qitish  tizimiga  bog‘liq.  Yoshlar 

ma’lum   bilimlarni  salomatlikni  mustahkamlovchi, o‘quv  va  mehnat faoliyatining 

unumdorligini  oshiruvchi  sog‘lomlashtiruvchi  jismoniy  tarbiya  vositalari  va 

usullari bo‘yicha egallashlari kerak. 

Shuning  uchun  sog‘lomlashtiruvchi  jismoniy  tarbiya  yoshlar  salomatligini 

asrash  va  mustahkamlash,  kasalliklarning  oldini  oluvchi  sport  tadbirlari  jarayon 

hisoblanadi. 

Profilaktika 

ikki 

turga 


bo‘linadi 

ijtimoiy 

va 

shaxsiy 


profilaktika.Ijtimoiy  profilaktikaning  zamonaviy  tushunchasi  inson  salomatligiga 

salbiy  ta’sir  etuvchi  omillarni  bartaraf  etish,  uni  jismoniy  va  ruhiy  quvvatini  har 

taraflama  rivojlantirishni  o‘ziga  maqsad  qilib  olgan  davlat,  jamoat  va  tibbiy 

tadbirlarning kompleks tizimini o‘z ichiga oladi. Tibbiyot sohasida kasalliklarning 

oldini olish, inson salomatligini mustahkamlash, uning umrini uzaytirish bo‘yicha 

yetarlicha tadbirlar ishlab chiqilgan. Aholi salomatligini asrash va mustahkamlash 

rivojlanayotgan davlat sharoitida alohida ijtimoiy mazmun kasb etadi va quyidagi 

vazifalarni hal etishni talab etadi: 

aholi madaniyati va hayot darajasini muntazam oshirish; 



tabiiy muhitning inson hayoti uchun qulay parametrlarini asrash; 




21 

 



ishlab chiqarish va turmush uchun optimal sharoitlarni yaratish; 

har  bir  insonni,  uning  ilk  bolalik  chog‘idan  boshlab,  jisoniy  va  ruhiy 



rivojlantirish; 

sog‘lom  hayot  tarzi,  mehnat  va  dam  olishning  rasional  rejimini 



shakllantirish; 

aholining  turli  qatlamlari  xususiyatlarini  e’tiborga  olib  har  tomonlama 



gigienik tarbiyalash; 

aholi salomatligini umumdispanserizatsiya asosida dinamik kuzatish tizimini 



tadbiq etish. 

Inson salomatligi ahvolini kuzatish quyidagilarni ko‘rsatdi: 

aholining 16-20% salomatligi darajasi qoniqarli; 



aholining 32-44% salomatligi darajasi qoniqarsiz; 

aholining 10-34% turli kasalliklarga chalingan yoki kasallik oldi holatida. 



Salomatlik  darajasi  qoniqarsiz  holatda  fiziologik  tizimning  elementlari 

o‘rtasida  kelishmovchiliklar  ro‘y  beradi,  organlar  o‘z  vazifalarini  yaxshi 

bajarmaydilar, natijada, charchash va holdan toyish kuzatiladi. 

Shuning  uchun  tibbiyotning  zamonaviy  bosqichida  asosiy  e’tibor 

profilaktikaga  qaratilgan.  Tibbiyotda  profilaktika  vositalari  yetarlicha,  lekin  o‘sib 

kelayotgan  avlod,  asosan,  davolovchi  jismoniy  tarbiya,  medikamentlar  va  x.k. 

vositalar  asosida  sog‘lomlashtiriladi.  Ya’ni,  kasalliklarning  oldini  olish  emas, 

ularni  davolash  usullaridan  foydalaniladi.  Axir,  salomatlikni  asrovchi, 

kasalliklarning  oldini  oluvchi,  umrni  uzaytiruvchi  tadbirlar  tibbiyot  uchun  ham 

muhim. Ko‘p mamlakatlarda davolovchi tibbiyot profilaktik tibbiyotdan ajismoniy 

rivojlanishatib  qo‘yilgan.  Ijtimoiy  profilaktika  masalalarini  hal  etish  maqsadida 

«Aholi  salomatligini  mustahkamlash  va  kasalliklar  profilaktikasini  kuchaytirish 

ishlarining  kompleks  dasturi»  ishlab  chiqildi  va  uning  davlat  va  jamoat 

tashkilotlari  tomonidan  bajarilishi  masalalari  hal  etildi.  Profilaktik  yo‘nalish 

taraqqiyotining 

asosiy 


bosqichlari 

ko‘rsatib 

berilgan. 

Atrof-muhitni 

sog‘lomlashtirish, 

mehnat 


sharoitlarini 

va 


muhofazasini 

yaxshilash, 

sog‘lomlashtiruvchi sanitar tadbirlarini o‘tkazish, aholining rasional ovqatlanishini 



22 

 

ta’minlash, aholini gigienik tarbiya qilish bo‘yicha ishlarni faollashtirish masalalari 



ham  keng  yoritilgan.  Shuningdek,  oliy  o‘quv  yurtlarida  «salomatlik»  maqsadli 

kompleks  dasturi  ishlab  chiqilgan.  Ushbu  dasturga  quyidagi  bo‘limlar  kiritilgan: 

mehnat  sharoiti  va  muhofazasini  tashkil  etish;  tibbiy  tao‘minot;  rasional  kun 

tartibini  tashkil  etish;  jismoniy  sog‘lomlashtiruvchi  tadbirlar;  uy-joy  xizmati; 

moddiy-texnik ta’minot; sanitar yorituv ishlari. 

 Respublikamizda  aholini  sog‘lomlashtirish  bo‘yicha  davlat  dasturi  qabul 

qilingan va unda quyidagi bo‘limlar mavjud:  

1) sog‘lom hayot tarzi muammolarini o‘rganish; 

2) bolalar bog‘chasi va maktabda sog‘lom hayot turziga ehtiyojni shakllantirish; 

3) lisey, kollej va pedagogika oliy o‘quv yurtlarida sog‘lom hayot tarziga ehtiyojni 

shakllantirish; 

4) o‘rta maxsus o‘quv dargohlarida sog‘lom hayot tarziga ehtiyojni shakllantirish; 

5)  malaka  oshirish  tizimida  sog‘lom  hayot  tarziga  ehtiyojni  shakllantirish 

muammolarini o‘rganish; 

6)  sog‘lom  hayot  tarzini  shakllantirish  jarayonini  o‘rganish  va  uni  nazorat  qilish 

tizimi; 


7) aholining sog‘lom hayot tarziga ehtiyoji asoslari; 

8) sog‘lom hayot tarzini tashviqot va targ‘ibot qilish; 

9) sog‘lom hayot tarzini O‘zbekiston Respublikasining Xalqaro aloqalariga tadbiq 

etish. 


 

Xulosa qilib aytganda, ijtimoiy profilaktika tibbiyotda keng ishlab chiqilgan, 

har  bir  shaxs  salomatligining  garovi  bo‘lgan  individual  profilaktikaga  esa 

yetarlicha e’tibor berilmayapti. Ijtimoiy profilaktika individual profilaktik tadbirlar 

uchun  sharoit  yaratib  berishi  kerak.Kasalliklar-insoniyat  uchun  ofatdir. 

Qanchadan-qancha  insonlar  ular  tufayli  bevaqt  hayotdan  ko‘z  yumadilar,  mehnat 

qilish quvonchidan mahrum bo‘ladilar. 

Shunday  qilib,  profilaktika,  keng  ma’noda,  insonlarning  salomatligini 

mustahkamlash,  mehnat  faolligini  oshirish,  umrini  uzaytirish,  mehnat,  turmush, 



23 

 

dam  olish  sharoitlarini  yaxshilash,  hamda  jismoniy  madaniyatini  rivojlantirish 



uchun barcha sharoitlarni yaratishga yo‘naltirilgan tadbirlarni anglatadi.  Shifokor 

olimlar ko‘zlagan maqsadga insonning yoshi, yil fasliga mos rasional ovqatlanishi 

va gigienik tadbirlarning butun bir kompleksiga rioya qilishi bilan erishiladi. Ular 

ovqatning yaxshi xazm bo‘lishi va tanadan ortiqcha moddalarning chiqib ketishiga 

yordam  beradi.  Ovqat  hazm  bo‘lishi  jarayoning  jismoniy  mashqlarga  bevosita 

bog‘liqligi  haqida  sharqiy  Uyg‘onish  davri  olimlari  risolalarida  ham  katta  e’tibor 

berilgan. Ibn Sinoning ta’kidlashicha, jismoniy mashqlar insonni ortiqcha vazndan 

xalos etadi, tanaga yengillik baxsh etadi, kun bo‘yi yig‘ilgan ortiqcha yukdan xalos 

etadi. Ovqatlanish va jismoniy mashg‘ulotlar, olimlar fikricha, bir-birini me’yorga 

solib turuvchi qarama-qarshiliklardir Gimnastik harakatlar o‘rnini hech narsa bosa 

olmaydi:  ular  tabiiy  issiqlikni  oshiradi,  hatto  kuchli  taomlarni    yetarlicha  eganda 

ham tanada ortiqcha vazn hosil bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaydi. 

O‘zbekistonda  aholini  jismoniy  tarbiya  va  sport  vositalari  yordamida 

sog‘lomlashtirish,  sog‘lom  avlodni  tarbiyalash,  sog‘lom  turmush  tarzini  targ‘ib 

etish  masalalarini  hal  etishni  muhim  vazifalar  deb  hisoblaydi.  «O‘zbekiston 

mustaqilligi  -  bizning  ma’naviy  va  madaniy  boyligimiz  gurkirab  o‘sishi  uchun 

muhim  asosdir»,-deb  yozadi  Respublika  Prezidenti  I.Karimov  o‘zining 

«O‘zbekiston yangilanish va taraqqiyotning o‘z yo‘li» kitobida. 

Jismoniy  tarbiya  va  sport-umuminsoniy  madaniyatning  tarkibiy  qismlaridir. 

Shu  sababli  davlatimizda  jismoniy  tarbiya  va  sport  taraqqiyoti  muammolariga 

chuqur e’tibor berilishi lozim. Bu borada O‘zbekiston Respublikasining «Jismoniy 

tarbiya va sport haqida» gi Qonuni muhim ahamiyatga ega. Sog‘lom avlod-nafaqat 

jismonan,  balki  aqlan  yetuk  avloddir.  Har  tomonlama  komil  shaxsni  tarbiyalash 

uchun  tibbiy-psixologik  xizmatni  tashkil  etish,  bog‘cha  yoshdagi  bolalar  va 

yoshlar, shuningdek katta yoshdagi aholi bilan jismoniy sog‘lomlashtirish ishlarini 

tashkil  etish  kerak.  Buning  uchun  eksperimental-asoslangan  sog‘lomlashtirish 

dasturlarini  ishlab  chiqish  va  ularni  o‘quv-sog‘lomlashtirish  pedagogik  jarayonga 

jismoniy tarbiya va sport vositalari yordamida tadbiq etish lozim. 




24 

 

Jismoniy  madaniyat-umummadaniyatning  tarkibiy  qismidir.U  nafaqat 



salomatlikni  mustahkamlaydi,  balki  ayrim  tug‘ma  orttirilgan  kasalliklardan  forig‘ 

qiladi,  osteoxondroz,  tromboflebit  kabi  kasalliklarning  oldini  olishga  yordam 

beradi.  Jismoniy  tarbiya  bilan  shug‘ullanish-bu  jismoniy  mashqlarni  muntazam 

bajarish,  kun  tartibiga va  gigiena qoidalariga rioya  qilish,  tanani quyosh,  havo  va 

suvdan  samarali  foydalanib  chiniqtirish  demakdir.  Jismoniy  madaniyatning 

tarkibiy  qismi-  bu  sportdir.  Sport  bilan  shug‘ullanish  doimiy  mashg‘ulotlar,  doim 

ortib  boruvchi  yuklamalar  yo‘li  bilan  musobaqalarda  yuqori  natijalarga  erishish 

demakdir. 

Yoshlarni  sport  tadbirlarida  tarbiya  qilish  davlat  ahamiyatiga  molik  ish 

bo‘lib, hukumatimiz unga katta ahamiyat bermoqda. Shu sababli «Jismoniy tarbiya 

va  sport  to‘g‘risida»gi  Qonunda,  «Sog‘lom  avlod  uchun»  hukumat  qarorida  yosh 

avlodni, yoshlarni sog‘lomlashtirish tizimini ko‘rib chiqish va tadbiq etish zarurati 

haqida  so‘z  boradi.  Shuning  uchun  sog‘lomlashtirish  tadbirlari  tizimi  yoshlar 

ijtimoiy hayotida «salomatlik-yuksak obro‘» degan tushunchani targ‘ib etib, ularni 

jismoniy  mashg‘ulotlar  bilan  muntazam  shug‘ullanishga  zararli  odatlardan  voz 

kechishga, to‘g‘ri ovqatlanish, sog‘lom hayot tarzi yuritishga yo‘naltirishi lozim. 

O‘zbekiston Respublikasining qonu hujjatlarida ham har tomonlama y etuk, 

faol  shaxsni  shakllantirishda  sog‘lomlashtiruvchi  jismoniy  mashqlar  yordamida 

kasalliklarni  profilaktika  qilishning  muhim  o‘rni  haqida  so‘z  yuritiladi. 

Sog‘lomlashtiruvchi  jismoniy  tarbiya  yoshlarni  jismoniy  mashqlar  va  sport  bilan 

shug‘ullanishga  ehtiyojni  mustahkamlash,  ularning  psixofiziologik  asoslarini 

anglash,  jismoniy  quvvat  va  salomatlikni  rivojlantirish,  sanitar-gigienik 

ko‘nikmalarni hosil qilish, sog‘lom hayot tarzi yuritishga yo‘naltirilgan ko‘p qirrali 

pedagogik jarayondir. 

Sog‘lomlashtiruvchi jismoniy tarbiyada yoshlarda jismoniy mashg‘ulotlar va 

sportga  ehtiyojni  shakllantirish,  jismoniy  quvvatni  va  xarakterni  mustahkamlash 

muhim ahamiyat kasb etadi. 



25 

 

Sog‘lomlashtiruvchi  jismoniy  tarbiyaning  muhim  komponentlaridan  biri 



yoshlarni jismoniy mashg‘ulotlarning sog‘lomlashtiruvchi samarasi va uning inson 

tanasiga ta’siri to‘g‘risidagi bilimlar bilan qurollantirish hisoblanadi. 

Sog‘lomlashtiruvchi jismoniy tarbiyada quyidagilar muhim o‘rin tutadi: 

jismoniy  rivojlanish,  gavda  tuzilishi,  yurak-tomir  tizimining  ishlashi, 



salomatlik darajasi ko‘rsatkichlari diagnostikasi; 

o‘quv faoliyati, dam olishni tashkil etish, o‘z-o‘zini baholash, tahlil qilish va 



nazorat qilish ko‘nikmalarini shakllantirish; 

pedagogik  jarayonda  asosiy  usul  sog‘lomlashtiruvchi  mashqlar  va  jismoniy 



mashg‘ulotdir. 

Jismoniy-sog‘lomlashtirish  ishlari  haqida  so‘z  borganda  shuni  qayd  etish 

lozimki, ko‘pchilik mamlakatlarda «fitnes» (jismoniy tayyorlik), «fizikl edyukshn»  

(jismoniy tarbiya) va albatta, «sport» tushunchalari qo‘llaniladi.  

Jismoniy  tayyorlik  jismoniy  mashqlar,  atletik  gimnastika,  yurish,  yugurish, 

suzish  va  sog‘lomlashtiruvchi  jismoniy  mashqlarning  noan’anaviy  turlari 

vositasida yaxshilanadi. 

Shuning  uchun  yoshlarni  valeologiyaning  tarkibiy  qismi  bo‘lgan 

sog‘lomlashtiruvchi jismoniy tarbiya shakllari, usul  va vositalari bilan tanishtirish 

juda  muhim.  Shunday  qilib,  sog‘lomlashtiruvchi  jismoniy  tarbiya  individual 

profilaktikaning  asosi  hisoblanadi  va  yoshlar  salomatligini  yaxshilash  va 

asrashning  samarali  vositasi  hisoblanadi.  Ayni  paytda  u  tanani  sog‘lomlashtirish, 

o‘quv  jarayoni  va  mehnat  samaradorligini  oshirishning  samarali  usuli  hamdir. 

Individual  profilaktika  yoshlar  salomatligini  yaxshilaydi  va  jamiyatning 

demografik  tuzilishi  ijobiy  tomonga  o‘zgarishiga  yordam  beradi.    Yangi 

konsepsiya  shug‘ullanuvchilar  oldiga  aniq  vazifalarni  qo‘ymaydi,  balki  insoniy 

munosabatlar,  turmush  tashvishlaridan  cheklanish,  salomatlikni  yaxshilash 

imkoniyatlariga  mo‘ljallangan.  Bu  esa  ko‘pgina  mamlakatlarda  sport  va 

sog‘lomlashtiruvchi sport o‘rtasida tafovutlar hosil bo‘lishiga olib keldi.  Jismoniy-

sog‘lomlashtirish  faollikning  yangi  shakl  va  turlari  paydo  bo‘ldi.  Ular  aholi 

o‘rtasida  tezda  ommalashib  ketdi.  Gimnastik  va  trenajyor  zallar,  boshqa 



26 

 

sog‘lomlashtiruvchi  maskanlar  sonining  keskin  oshishi,  sport  mollarini  ishlab 



chiqarish  va  sotishning  o‘sishi  bu  ijtimoiy  ko‘rinishning  tashqi  ko‘rinishlari  edi. 

Umumiy jismoniy tayyorgarlik bilan shug‘ullanish keng tarqaldi. Tanlangan sport 

turi yoki tavsiya qilinayotgan dasturlariga qarab, aerobika, yugurish, yurish, tennis, 

suzish,  bodibilding  bo‘yicha  klublar  faoliyat  yurgiza  boshladilar.  Xulosa  qilib 

aytganda, 

sog‘lomlashtirishga 

yo‘naltirilgan 

jismoniy 

mashqlardan 

foydalanishning  aniq  konsepsiyasi  paydo  bo‘ldi.Sog‘lomlashtirish  mashqlari 

salomatlikni  yaxshilash  va  inson  ehtiyojlarini  qondirishning  asosi,  dam  olishning 

samarali  vositasiga  aylandi.  Jismoniy  yetuklikka  erishish  salomatlikni  asrash  va 

mustahkamlashdir,  shunday  ekan  sog‘lomlashtirish  Ta’lim  va  tarbiyaviy 

masalalarni  hal  etadi.  Kishini  jismoniy  rivojlanishi  deganda  shuni  tushuniladiki 

organizmning  morfologik  va  funksional  xususiyati,  uni  jismoniy  kuch  ko‘lamini 

aniqlovchidir.  Ushbu  aniqlashdan  shak  shubxasiz  qay  darajada  muximligi  xar  bir 

kishini  qaddi-qomatini  garmonik  tuzilishi  va  yaxshi  jismoniy  rivojlanishga  ega 

bo‘lishiga  xamda  uni  baxolashni  bilish.    Jismoniy  tayyorlik  baholanganda  shu 

narsa  ma’lum    bo‘ldiki,  ulg‘aygan  sari  yoshlarning  kuch-quvvati  oshib  boradi, 

chidamliligi  va  tezkorlik  xususiyatlari  esa  pasayib  boradi.  Umuman  olganda, 

o‘quvchilarning  jismoniy  tayyorligi  yaxshi.  Jismoniy  rivojlanish,  tananing 

funksional va jismoniy tayyorligi, shaxsiy ruhiy xususiyatlar haqidagi ma’lumotlar 

inson salomatligining tarkibiy elementlari hisoblanadi. 

jismoniy  trenirovka  vositasi  yordamida  o‘quvchilar  salomatligi  darajasini 



ko‘tarish; 

jismoniy  ahvolni  yaxshilash  o‘z-o‘zini  baholash  va  nazorat  qilishning 



samarali usul va shakllari bilan tanishtirish. 

Ishlab  chiqilgan  konsepsiya,  o‘z  navbatida,  jismoniy  mashqlar  bilan 

muntazam  shug‘ullanishga  ehtiyojni  oshirish,  jismoniy  tarbiyaga  noan’anaviy 

yondashuvni  ta’minlash,  salomatlikni  asrash  va  mustahkamlash,  shaxsni  har 

tomonlama  rivojlantirish  imkonini  beradi.  Ayni  vaqtda  sog‘lomlashtiruvchi 

jismoniy  tarbiyaning  ilmiy  konsepsiyasi  maqsadli  dasturlash  usuliga  asoslanadi. 




27 

 

O‘quv materialini rejalashtirishda salomatlik ahvoli (jismoniy rivojlanish, tananing 



funksional va jismoniy tayyorligi) boshlang‘ich ko‘rsatkich sifatida olinadi.  

Gavda  tuzilishini  o‘rganishda  Ketlening  vazn–bo‘y  indeksi,  gavda 

tuzilishining pishiqligi, semizlik, tananing  yog‘ va faol massasi ko‘rsatkichlaridan 

foydalaniladi. 

Yurak-qon  tizimining  funksional  holatini  tadqiq  etish  dozalashtirilgan 

jismoniy  yuklama  (  30  sek  ichida  20  marta  o‘tirib-turish),  Kverg  indeksi,  Rufe 

sinovi va h.z. lar yordamida amalga oshiriladi. 

Jismoniy  ahvol  tadqiq  etish  telemetrik  kompyuter  kompleksi,  yurak  urishi 

monitori,  L.Ivashchenko  testlari,  Ye.A.Petrova,  G.A.Apanesenko,  L.A.Kalinina 

metodikasi  va  inson  salomatligi  darajasining  ko‘rsatkichlari  yordamida  amalga 

oshiriladi.   Jismoniy yetuklikka  intilish  deganda  insonni  turli  hayotiy sharoitlarga 

optimal  moslashuvini  ta’minlovchi  va  faol  ijodiy  turmush,  o‘quv  va  kelajakdagi 

mehnat  faoliyati,  hayotdagi  o‘rnining  manbasi  hisoblanuvchi  jismoniy  holati, 

jismoniy  va  funksional  tayyorgarligi,  gavda  tuzilishi  va  jismoniy  rivojlanishini 

yaxshilovchi  pedagogik  jarayon  tushuniladi.  Mutaxasislarni  ta’kidlashicha 

profilaktika  sog‘lom  inson  tanasining  ximoya  mexanizmini  mustaxkamlash, 

chiniqtirish, uning qarshilik kuchini oshirishga yo‘naltirilgan. Bu sog‘lomlashtirish 

jarayonining  samaradorligini  oshiradi  va  quyidagi  vazifalarni  bajarilishiga 

qaratiladi.  Salomatlik  darajasi,  jismoniy  rivojlanish,  gavda  tuzilishi  va  jismoniy 

axvolni yaxshilanishi:  

1.  O‘quvchi  yoshlarni  o‘quv  va  kelgusidagi  mexnat  faoliyatiga  jismoniy 

tayyorlash.  

2.  Yoshlarni  faol  xordiq  chiqarishi  va  bo‘sh  vaqtdan  unumli  foydalanishga 

bo‘lgan extiyojini qondirish. 

4.o‘quvchilarni xarakat imkoniyatlarini rivojlantirish.  

            Jismoniy rivojlanish deganda organizm shakli va funksiyalari yetilishining 

pedagogik  jarayoni  tushuniladi.  Jismoniy  rivojlanish  inson  kuchi  yetilayotgan 

paytda,  shuningdek,  uning  salomatligida  maxsus  tashkil  etilgan  tarbiya  ta’siri 

ostida ro‘y berayotgan sifat o‘zgarishlarni o‘z ichiga oladi. Bu ma’noda u jismoniy 



28 

 

tarbiyaning  natijasi  sifatida  ko‘rib  chiqiladi.  Jismoniy  yetuklik  shaxsni  jismoniy 



tarbiya vositalari yordamida shakllantiruvchi pedagogik jarayon natijasidir. Ta’lim 

berish-yuksak  ishchanlik  qobiliyatini  tarbiyalash,  salomatlikni  asrash  va 

mustahkamlash,  sog‘lom  hayot  tarziga  yo‘naltirish  uchun  kerak  bo‘ladigan  bilim 

va  ko‘nikmalar  bilan  yoshlarni  qurollantirishdan  iborat.  Shaxsni  jismoniy 

rivojlantirish  jismoniy  tarbiya  bo‘yicha  pedagogik  jarayon  samaradorligini  taxlil 

qilish  va  baxolashni  nazarda  tutadi.  Pedagogik    nazoratda-  shaxsni  jismoniy 

rivojlanish  natijalarini  son–sifati  xarakteristikasini  imkonini    beradi.  Pedagogik 

nazoratning  funksiyalari:  diagnostik,  joriy,  modul,  reyting,  yakuniy.  Diagnostika 

nazoratida o‘quvchi tayyorgarligini kuchli va kuchsiz taraflarining aniqlash turadi. 

 Nazorat natijalari asosida  baxolanadi. Uslubiy test ma’lumotlari misol keltiriladi. 

Jismoniy  axvoli  L.Ivashenko,  E.A.Piragova,  G.A.Apanasenko  va  boshqalar 

metodikasi  bo‘yicha  baxolash  amalga  oshiriladi.  Pedagogik  o‘qitish,  ishontirish, 

mashqlar,  musobaqalar  rag‘batlantirish,  tanqid  va  o‘z-o‘zini  tanqid  qilish,  majbur 

qilish kabi metodlari qo‘llaniladi. O‘quvchilarning o‘rganish faoliyatini boshqarish 

samaradorligini  o‘qituvchining  tibbiy  nazorat,  psixologiya,  fiziologiya  bo‘yicha 

bilimlariga to‘laqonli bog‘liqdir.  

Jismoniy rivojlanishning dasturiy uslubii quyidagilarni o‘z ichiga oladi: 

 -o‘quv materialini puxta taxlil qilish va uni Ta’lim aktlariga mantiqiy va metodik 

ketma-ketligiga  solish:  talabaning  o‘quv  materialini  o‘zlashtirish  jarayonida 

mustaqilligi va faolligini oshirish: ish vaqtini ongli taqsimlash.  

 

-o‘quvchilarning o‘quv faoliyatini samarali boshqarish:  



 

-ta’limni  o‘quvchilarning  jamoasi  bo‘lib  ishlashi  bilan  bog‘liklikda 

individuallashtirish:  

 

-talabalar 



va 

o‘qituvchi 

faoliyatini 

rasionalizatsiyalash 

va 

identisifikatsiyalash uchun qulay vositalarini qo‘llash va ulardan foydalanish: Ayni 



paytlarda  musobaqa  metodini  qo‘llash  dasturi  ham  o‘z  samarasini  beradi.  Shuni 

qayd  etish  kerakki,  jismoniy  tarbiya,  asosan,  insonni  jismonan  rivojlantirishga 

yo‘naltirilgan.  «Jismoniy  rivojlanish»  deganda  maxsus  tashkil  etilgan  tarbiya 

ta’sirida inson salomatligini saqlash va mustahkamlash jarayonida ro‘y berayotgan 




29 

 

sifat  o‘zgarishlar  tushuniladi.  Shuning  uchun  jismoniy  yetuklik  nafaqat  jismoniy 



tayyorgarlik  ko‘rsatkichlari,  balki  jismoniy  rivojlanish,  organizmning  funksional 

va  jismoniy  ahvoli  haqidagi  ma’lumotlar  bilan  ham  belgilanadi.  Tarbiyaviy-

sog‘lomlashtirish  jarayonini  to‘liq  xarakterlash  uchun  har  bir  pedagog  tibbiy-

biologik  tekshirishlardan  foydalanishi  kerak.  Jismoniy  yetuklikka  erishish 

jarayonida  jismoniy  rivojlanish,  gavda  tuzilishi,  yurak-qon  tizimining  funksional 

holatini  nazorat  qilish  lozim.  Nazorat  ishlari  shug‘ullanuvchining  kuchli  va  zaif 

tomonlarini  aniqlash;  qo‘llanilayotgan  jismoniy  mashqlarning  afzalliklari  va 

kamchiliklarini 

topish; 

amaliy 


mashg‘ulotlar 

rejasini 

tuzish 

imkonini 

beradi.Nazorat  ishlari  turli  mashqlar  yoki  testlar  yordamida  o‘tkaziladi.  Nazorat 

mashqlarini  qo‘llashning  aniq  tizimi  testlash  deyiladi.  Nazorat  mashqlari-ayrim 

jismoniy  sifatlar  yoki  jismoniy  tayyorgarlikni  aniqlash  maqsadida  qo‘llaniladigan 

mazmuni, shakli va bajarilishi shartlari standartlashtirilgan harakatlardir. 




Download 1,01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish