www.ziyouz.com kutubxonasi
27
politsiyachi unga quloq solmay, mashinalar harakatini tartibga solib turaverdi.
Mashinalar Tornning oldiga yaqinlashganida, u shamolni sezdi. Shamol kuchayib,
mashinalar tezlik bilan o’ta boshladilar. U quyunda qolgandi. Jeremi politsiyachining
qo’lidan tutdi, ammo politsiyachi uni sezmadi. Jeremi qichqirdi, ammo qichqirig’i
quyunga singib ketdi. Kutilmaganda qora mashina Jeremi tomon kela boshladi. U joyida
qotib qoldi. Mashina uning oldiga yaqinlashdi va u haydovchini ko’rdi. Uning yuzi yo’q
edi. Haydovchi kula boshladi. Og’iz o’rnidan qon otilib chiqdi va mashina uning ustiga
bostirib kela boshladi.
Shu payt Torn uyg’onib ketdi. Uning nafasi bo’g’ilib qolgan, o’zi esa terga botib ketgandi.
Hamma uxlayotgandi. Torn o’kirib yiyolab yuborishdan o’zini zo’rg’a tiyib qoldi.
7
Torn «Meyfer» mehmonxonasida ishbilarmonlar oldida nutq so’zlashi lozim edi. U nutqi
gazetalarda ham yoritilishi lozimligini yordamchilariga aytgan va ertalabki gazetalar
ushbu yig’ilish o’tkazilishi to’yorisida bildiruv berishgan edi. Odam juda ko’p kelgan,
jurnalistlar ham oz emasdi. Torn yig’ilganlar orasida fotoapparatini urib sindirgan
muxbirni ham ko’rdi. Suratkash unga qarab jilmaydi va yangi fotoapparatini ko’rsatdi.
Torn ham unga javoban jilmaydi. U yig’ilganlar jim bo’lishini kutib turdi va shovqin
pasaygach nutqini boshladi. U dunyo iqtisodiy tizimi va umumiy bozorning ahamiyati
haqida so’zlardi. Har qanday jamiyatda ham bozor juda katta rol o’ynaydi. Bir tomon
sotishni, ikkinchi tomon sotib olishni istasa, u holda o’zaro hamkorlikka asos paydo
bo’ladi. Agar bir tomon sotib olishni istasa va ikkinchi tomon sotishdan bosh tortsa, unda
biz urush sari qadam tashlaymiz. Torn insoniyat haqida, hamma odamlar bir-biri bilan
birodar ekanligi, yer yuzidagi boyliklar barchaga yetishi haqida so’zlardi.
- Biz hammamiz, - dedi u, - vaqt to’rida yashaymiz. Biz manmanlik va og’ir mehnatning
asirimiz.
Uning nutqi yig’ilganlarni tobora o’ziga tortayotgan edi. Keyin elchi siyosiy tartibsizliklar
va ularning iqtisodiy munosabatlarga ta’siri haqida gapira boshladi. Torn yig’ilganlar
orasida arablarni ko’rdi va bevosita ularga murojaat qildi.
- Tartibsizliklarning qashshoqlikka qanchalik boyoliqligini bilamiz, lekin insoniyat ortiqcha
to’qlikdan ham inqirozga yuz tutishi mumkin!
Torn butun vujudi bilan nutq so’zlashga kirishib ketgandi. Devor yonida turgan Jennings
uni bir necha marta suratga oldi.
- Yana bir achchiq haqiqat borki, u Sulaymon podsho davriga borib taqaladi, - davom
etdi Torn. - Boylik va mansab uchun tug’ilganlar...
- Bu haqda ko’p narsa bilishingiz aniq, - orqa qatordan kimdir qichqirdi.
Torn gapirishdan to’xtab, yig’ilganlarga qaradi. So’z tashlagan kishi jim bo’lib qoldi. Torn
yana so’zida davom etdi:
- Misrda fir’avnlar davridayoq boylik va mansab uchun tug’ilganlar...
- Gapiravering, qani! - yana o’sha ovoz eshitildi. Bu safar yig’ilganlar jonlanishdi. Torn
ovoz kelgan tomonga sinchiklab qaradi. Yirtiq jinsi shim kiygan soqolli bir talaba uning
so’zini bo’lgandi.
- Qashshoqlik haqida nima bilasiz, janob Torn? - davom etdi u. - Umringizda biror
marotaba ham ter to’kib mehnat qilmagansiz-ku!
Olomon talabaga norozi tarzda guvilladi, ayrimlar qichqira boshlashdi. Torn qo’llarini
ko’tarib, ularni tinchlantirishga urindi.
- Bu yigitning so’zlariga quloq solaylik-chi.
- Dunyodagi boyliklarni bo’lishmoqchi ekansiz, nega o’z boyligingizni boshqalarga
Omen (Iblis Hamlasi). Birinchi kitob. Devid Zeltser
Do'stlaringiz bilan baham: |