Microsoft Word omen1 ziyouz com doc



Download 254,88 Kb.
Pdf ko'rish
bet23/74
Sana21.11.2022
Hajmi254,88 Kb.
#869379
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   74
Bog'liq
@Kutubxona Elektron-Omen-1

www.ziyouz.com kutubxonasi 
23
ta’qib etayotgandi. U omma oldidagi chiqishlari davomida tanish ruhoniyga ikki marta 
ko’zi tushdi. Torn Tassonening so’zlariga jiddiy e’tibor bermadi: u bor-yo’g’i siyosiy 
arbobni ta’qib qiluvchi aqldan ozgan diniy mutaassib, Tornning farzandi haqidagi gaplari 
esa shunchaki tasodif. Lekin ruhoniyning so’zlari uning miyasiga o’rnashib qolgandi. 
Uning xayoliga ruhoniy balki qotildir, degan fikr ham keldi, ammo Torn bu fikrni 
miyasidan chiqarib tashladi. Torn o’zini xuddi lochin ta’qibidagi dala sichqonidek his 
qilardi. 
Pirfordda esa hamma narsa o’z maromida ketayotgandek edi. Ammo tashqi xotirjamlik 
ortida hayajon yashiringan edi. Torn bilan Katerina kamdan-kam ko’rishishardi: turli 
joylardagi nutqlari sababli Torn uyda kam bo’lardi. Katerina ko’proq vaqtini Demenga 
ajrata boshladi. Ammo Demen uning oldida og’ziga tolqon solgandek jim yurar, kun 
bo’yi Beylok xonimning qaytishini kutib o’tirardi. 
U enagasi bilan o’ynab-kular, Katerina esa unga yoqmasdi. Katerina uning mehrini 
qozonish uchun hamma narsa qilib ko’rdi. Kitobchalar, bo’yash uchun rasmli kitoblar, 
o’yinchoqlar sotib oldi. Ammo bolakay ularga qarab ham qo’ymadi. To’yori, Demen bir 
marta hayvonlar surati tushirilgan kitobchani tomosha qildi va ana shunda Katerina uni 
hayvonot bog’iga olib borishga qaror qildi. 
Tomoshaga otlanar ekan, Katerina o’z hayoti boshqalarnikidan qanchalik kuchli farq 
qilishini his etdi. O’yoli to’rt yarimga kirgan bo’lsada, hali biror marta ham hayvonot 
bog’ida bo’lmagan edi. Balki, ko’chaga kam chiqqani uchun Demen kamgap, odamovi 
bo’lib qolgandir. Ammo bugun u quvnoq edi va Katerina nihoyat to’yori yo’lni tanlaganini 
tushundi. Demen hatto u bilan gaplashdi. Katerina o’zini baxtli his etishi uchun shuning 
o’zi yetarli edi. Shaharga yetguncha u to’xtamasdan gapirdi va Demen indamay unga 
quloq solib ketdi…
Qishning o’sha yakshanbasida Londonda havo ochiq bo’lib, hayvonot bog’i gavjum edi. 
Hayvonlar ham quyosh nuridan zavq olishar, ularning ovozi hatto kirish darvozasigacha 
eshitilardi. Ular oqqushlar oldida to’xtashdi va bolalarning ularga non tashlayotganini 
kuzatishdi. Katerina bilan Demen ularga yaqinlashishdi. Birdaniga qushlar non yeyishni 
to’xtatishdi va ko’lning o’rtasiga qarab suzib ketishdi. Ular oqqushlarga non tashlayotgan 
bolalarni kuzatib turishdi. Ammo oqqushlar qaytishmadi. Ona-bola nari ketishlari bilan 
qushlar yana bolalarning oldiga suzib kelishdi. 
Tomoshabinlar haddan ziyod ko’p edi. Katerina oldida tomoshabin ozroq to’plangan 
qafasni izlay boshladi. O’ng tomonda «Itlar» deb yozilgan ko’rsatkich turardi. Ular o’sha 
tomonga yo’l olishdi. Katerina bu yerda ham odam oz emasligini ko’rdi. 
Kutilmaganda itlar inlariga kirib ketishdi va tomoshabinlar asta-sekin tarqala boshladilar. 
Itlarni tomosha qilish uchun bo’ynini cho’zgan Demen qafas ichida ahlatdan boshqa 
narsani ko’rmadi va hayron bo’lib onasiga qaradi. 
- Ular ovqat yegani kirib ketishdi shekilli, - dedi Katerina yelkasini qisib. 
Ona-bola nariroqqa borishib, sosiska sotib olishdi. 
- Maymunlarni ko’ramiz, - dedi Katerina. – Ketdikmi? 
Ular qator tizilgan qafaslar yonidan o’tib borishardi. Demenning ko’zlari hayvonlarni 
ko’rish ishtiyoqida yonardi. U birinchi bo’lib ayiqni ko’rdi. Ayiq qafas ichida u yoqdan-bu 
yoqqa tinmay borib-kelardi. Ammo Katerina bilan Demen uning yoniga 
yaqinlashishigayoq ayiq to’xtab qoldi. Ularga bir qarab qo’ydi va shu zahoti iniga kirib 
ketdi. Qo’shni qafasda yovvoyi mushuk sap-sariq ko’zlarini ulardan uzmay o’tirardi. 
Uzoqroqdagi qafasda babuin maymuni bo’lib, maymun ularni ko’rishi bilan joyida qotib 
qoldi. Katerina o’zlarining hayvonlarga bo’lgan ta’sirini sezdi va qafaslar yonidan o’tib 
borar ekan, ularni diqqat bilan kuzatdi. Barcha hayvonlar Demendan ko’z uzishmasdi. 
Demen ham buni his qildi. 


Omen (Iblis Hamlasi). Birinchi kitob. Devid Zeltser 

Download 254,88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   74




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish