www.ziyouz.com kutubxonasi
22
Eshik shahd bilan ochildi. Xonaga soqchi va Tornning yordamchilari, kotiba otilib kirishdi.
Torn rangi oppoq holda bir so’z demay o’tirardi. Ruhoniyning ko’zlaridan duvillab yosh
to’kilardi.
- Bu yerda biror narsa bo’ldimi, janob? – so’radi soqchi.
- Ovozingiz g’alati eshitildi, - qo’shib qo’ydi kotiba. – Eshik esa berk edi.
- Bu kishini zudlik bilan olib chiqib ketinglar, - dedi Torn. – Agar bu yerda yana paydo
bo’lsa, qamoqqa olinglar.
Hech kim joyidan qimirlamadi. Soqchi nima qilishni bilmasdi. Tassone sekin eshik tomon
jo’nadi. Ostonada u Tornga o’girildi.
- Xudoga ishoning, - qayg’uli ohangda pichirladi u va chiqib ketdi.
- Nega kelibdi? – so’radi yordamchilardan biri.
- Bilmayman, - javob berdi Torn. – U aqldan ozgan shekilli.
Ko’chada esa Gaber Jennings avtomobilga suyanganicha ikkinchi fotoapparatini
tekshirardi. U soqchi ruhoniyni kuzatayotganini ko’rdi va ikki marta suratga tushirdi.
Soqchi uni ko’rib qoldi.
- Bu mashmashalar joningizga tegmadimi? – dedi u fotoapparatga imo qilib.
- Mashmashalar jonu dilim, - dedi kulib Jennings va ruhoniyni ortidan yana suratga oldi.
Kechqurun Jennings qorong’i xonada o’tirganicha olgan suratlarini tomosha qilardi.
Fotokamerasining yaxshi ishlashiga ishonch hosil qilish uchun u o’ttiz oltita surat
olgandi. Ulardan uchtasi yaroqsiz chiqdi. Bu aynan Tornlarning uyidagi tug’ilgan kun
marosimida enagani suratga olgandagi kabi nuqson edi. Endi bu narsa ruhoniy bilan yuz
berayotgandi. Ruhoniyning barcha suratlarida dog’ bor edi.
Jennings beshta suratni qo’liga oldi. Ruhoniyning soqchi bilan turgan paytdagi ikkita
surati, soqchining yolg’iz holdagi ikkita surati va yana ruhoniyning surati. So’nggi
suratdagi dog’ ingichka shaklda edi.
Bu dog’ ruhoniyning ustida turar, go’yoki uzun nayza uning boshi uzra sanchilganday
edi. Jennings o’yga toldi. Chamasi, o’ta kuchli hayajonda bo’lgan kishidan qandaydir nur
taralar va bu nurni suratga olsa bo’lardi.
Bu Jenningsni hayajonlantirib yubordi va u o’ta sezgir fototasmalarni topish uchun
ma’lumotnoma titkilashga tushdi. Bu fototasmalar 3-X-600 tasmalari bo’lib, u yaqindan
beri ishlab chiqarilayotgandi. Uning sezgirligi o’ta yuqori - hattoki sham shu’lasida
ko’rinib turgan jismlarni ham muhrlay olardi.
Ertasiga ertalab Jennings aynan mana shu fototasmadan sotib oldi. Unga kuchli
hayajonga tushgan odamlar kerak edi, shuning uchun u kasalxonaga yo’l oldi va bu
yerda o’limini kutayotgan bemorlarni suratga oldi. Natija esa uni hayratga soldi: birorta
ham suratda dog’dan asar yo’q edi. Bu esa doyolar o’limdan darak beruvchi belgi
emasligini bildirardi. Butun hafta davomida Jennings enaga va ruhoniyning suratlaridagi
g’ayritabiiy doyolar haqida o’yladi. Keyin esa yana bir marta Tornning oldiga borishga
qaror qildi.
Torn mahalliy universitetda, turli kechalarda chiqishlar qilar va uni tinglagani deyarli
barcha qatnashardi. Elchi kuchli notiq bo’lib, qaerda nutq so’zlamasin, tinglovchilarni
o’ziga jalb qila olardi.
- Bizda hamma narsa bo’linib qolgan, - derdi elchi. - Yoshlar va qarilar, boylar va
kambag’allar… ammo eng asosiy bo’linish shuki, kimlardadir katta imkoniyatlar bor,
yana kimlardadir hech qanday imkoniyat yo’q! Demokratiya – bu tenglik! Teng
imkoniyatlar yo’q joyda «demokratiya» so’zi yolg’onga aylanadi!
Torn bunday chiqishlar davomida savollarga javob qaytarar, tinglovchilar bilan
muloqotda bo’lar, eng asosiysi, u odamlarni i sh o n t i r a o l a r d i.
Torn o’zini jamoat ishlari bilan chalg’itishga urinardi, chunki uni qandaydir dahshatli his
Omen (Iblis Hamlasi). Birinchi kitob. Devid Zeltser
Do'stlaringiz bilan baham: |