Microsoft Word omen1 ziyouz com doc



Download 254,88 Kb.
Pdf ko'rish
bet65/74
Sana21.11.2022
Hajmi254,88 Kb.
#869379
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   74
Bog'liq
@Kutubxona Elektron-Omen-1

www.ziyouz.com kutubxonasi 
65
- Jennings, - dedi Torn og’ir-og’ir nafas olarkan. 
- Shu yerdaman. 
- Hech nimani ko’rmayapman... 
- Bu ablah... 
- Meni kutib tur. 
- Yurishning foydasi yo’q, - dedi Jennings. - Biz devorga taqaldik. 
Torn oldinga yurib, Jenningsning yoniga keldi. Qo’lini uzatgan edi devorga tegdi. Yo’lak 
tugagandi. Arab esa yo’qolib qolgandi. 
- U boshqa yo’l bilan keta olmaydi, - to’ng’illadi Jennings. - Bu aniq. 
U gugurt chaqdi va maqbaraga o’xshagan yer osti inshootining kichik bir qismi yorishib 
ketdi.
- Bu nima - suv quvurimi? - so’radi Torn. 
- Bu yer zax, - dedi Jennings. - Qanaqasiga zax bo’lishi mumkin? 
Gugurt o’chdi va ular yana zulmat ichida qolishdi. 
- Bu yer quruq cho’l. Jin ursin, suv qaerdan kelgan? 
- Chamasi, yer osti bulog’i bor... - taxmin qildi Torn. - Ketdik. 
- Devorni teshib o’tamizmi? 
- Orqaga qaytamiz. Bu yerdan chiqib ketish kerak. 
Ular devorni paypaslaganlaricha orqaga qaytishdi. Ular zo’rg’a yurishar, har bir qadami 
go’yoki olis masofadek tuyulardi. Kutilmaganda Jenningsning qo’li havoda osilib qoldi: u 
bo’shliqni sezdi. 
- Torn? 
Jennings Tornning qo’lidan ushlab o’ziga tortdi. Yer osti yo’lagining burchagida 
qandaydir darcha bor edi. Ular bu darchani sezmay o’tib ketishgandi. 
- Pastda yoruyolik ko’rinyapti, - shivirladi Torn. 
- Bu bizning yo’lboshlovchimiz bo’lsa kerak. 
Torn va Jennings darchadan o’tishdi. Ular g’orga kirib qolishdi. Bu yorug’ zal edi. Uning 
markazida ularni ikki kishi kutib turardi. Ulardan biri o’sha arab edi. Ikkinchisi esa 
mallarang kalta shim va yengi kalta ko’ylak kiygan qariya edi. U jiddiy qiyofada turar, 
terlab ketganidan ko’ylagi tanasiga yopishgandi. Torn va Jennings qariyaning ortidagi 
stol ustida bir uyum kitob sochilib yotganini ko’rishdi. 
Yoruyolikdan ularning ko’zlari qamashib ketdi. Zalda o’nlab mash’alalar yonib turardi.
- Ikki yuz dirham, - dedi arab va qo’lini cho’zdi. 
- Unga pul bera olasizlarmi? - dedi kalta shimli kishi. 
- Siz... - Jennings qariya bosh irg’aganini ko’rib chaynaldi. - Siz...Bugengagenmisiz? 
- Ha. 
Jennings unga shubha bilan nazar tashladi. 
- Bugengagen o’n yettinchi asrda yashagan. 
- U mendan to’qqiz avlod ilgarigi Bugengagen. 
- Lekin siz... 
- Men oxirgisiman, - uning so’zini bo’ldi qariya, - va ularning ichida eng omadsiziman. 
U stolni aylanib o’tdi va kursiga o’tirdi. Chiroq nuri uning yuzini yoritdi: qariyaning yuzi 
oppoq edi, uning yuzidagi tomirlari ko’rinib turardi. 
- Bu yer qanaqa joy? - so’radi Torn. 
- Jezril, Megiddo shahri, - dedi u. - Mening qo’rg’onim, mening qamog’im. Xristianlik shu 
yerdan boshlangan. 
- Sizning qamog’ingiz? - so’radi Torn.
- Juyorofiy tomondan qaraganda bu yer xristianlikning yuragi. Shuning uchun bu 
yerdaligimda menga hech kim va hech narsa zarar yetkaza olmaydi. 


Omen (Iblis Hamlasi). Birinchi kitob. Devid Zeltser 

Download 254,88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   74




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish