www.ziyouz.com kutubxonasi
33
lazzatlanardilar. Tassone ham o’ziga yoqqanlarga o’z tanini in’om etardi. Bu guruh
uyushgan tuban insonlar bo’lib, ular birgalikda boshqa insonlarga qarshi kurashardilar.
Ular Shaytonni Xudo deb bilishardi. Ana shu paytlarda Injilda yozilgan davr, Yer yuzidagi
yangi davr boshlanishidan darak beruvchi alomatlar sezila boshladi. Sayyora paydo
bo’lganidan buyon uchinchi marotaba La’in o’z zurriyodini yerga jo’natishi va uni yerdagi
shogirdlari tarbiyasiga topshirishi lozim edi. Bunday urinish ikki marta bo’lgan, lekin har
ikkisida ham Xudoga imon keltirganlar Iblis farzandini go’dakligidayoq yo’q qilishgandi.
Bu safar mayolubiyatga yo’l qo’yilmasligi lozim edi. Reja ikir-chikirigacha puxta ishlab
chiqilgandi.
Spilletto Tassoneni bejizga tanlab olmagan edi. Pastak bo’yli bu ruhoniy itdek sadoqatli
bo’lib, har bir buyruqni so’zsiz, itoatkorlik bilan bajarardi. Shuning uchun uning chekiga
rejaning eng mudhish qismi - gunohsiz go’dakni o’ldirish tushgandi. Spilletto
iblisvachchani boqib oladigan oilani topishi lozim edi. Mariya-Tereza ona (uni ilgari
Baalok deb atashardi) homilador onani kuzatib turishi va unga doyalik qilishi kerak edi.
Tassone birorta ham iz qoldirmasligi, jasadlarni qabristonga ko’mishi lozim edi. Tassone
o’z ishiga xursandlik bilan kirishdi. Bir paytlar xo’rlangan yetimchani endi hamma biladi.
U Tanlanganlar safida, u Shaytonning o’zi bilan ittifoqchi! Ammo rejani amalga
oshirishdan bir necha kun ilgari Tassoneda g’alati hislar paydo bo’ldi. U zaiflashib qoldi.
Eski kasali yana qo’zidi. U har tunda uxlashga urinar, tanasidagi oyoriq kuchayib
borardi. U besh kun davomida ko’z oldida paydo bo’ladigan manzarani quvishga harakat
qildi. Tassone uxlatadigan dorilar ichdi, ammo uning tushiga ham o’sha dahshatli
manzaralar kira boshladi.
U tushida yordam so’rayotgan afrikalik go’dak Tobuni ko’rdi. Uning terisi shilib olingan,
ko’zlari Tassonega tikilib turar, yuz tomirlari otilib chiqqandi. Tassone yoshlik davrini
ko’rdi. U qirg’oqda otasining ovdan qaytishini kutardi. Keyin u o’lim to’shagida yotgan
onasini ko’rdi. Onasi uni taqdir bilan yuzma-yuz, yolg’iz tashlab ketayotgani uchun
undan uzr so’rardi. U shu kecha ko’zlarida yosh bilan uyg’onib ketdi. Uyqu uni yana
og’ushiga olganida, tushiga Iso Masih kirdi. Iso Tassonega Xudoning dargohiga
boradigan yo’l hali yopilmaganini, agar tavba qilsa, Tangri uni kechirishini aytdi.
Bu dahshatlar Tassonega shunchalik ta’sir qildiki, buni Spilletto sezdi. U nima bo’lganini
bilish uchun Tassoneni yoniga chaqirdi. Ammo Tassone endi ortga yo’l yo’qligini bilar,
agar ikkilanayotganini sezdirib qo’ysa, hayoti xavf ostida qolishini tushunardi. U eski
kasali qiynayotganini aytdi va Spilletto unga oyoriq qoldiruvchi dori berdi. So’nggi
daqiqalargacha Tassone giyohvandlik moddalari ta’sirida yurdi va uni Isoning qiyofasi
ortiq ta’qib qilmay qo’ydi.
Oltinchi iyun ham keldi. Oltinchi oy, oltinchi kun, soat roppa-rosa olti edi. Shu
daqiqalarda Tassoneni keyinchalik bir umr qiynaydigan voqealar sodir bo’ldi. Iblisning
onasini to’lg’oq tutdi. Bola tug’ildi. Tassone Spilletto bergan tosh bilan onaning boshiga
urib uni o’ldirdi. Tassone endi yana bir chaqaloqni ham ana shu usulda o’ldirishi kerak
edi. Ammo unga endigina dunyo yuzini ko’rgan chaqaloqni olib kelishganida, u ikkilanib
qoldi, chunki go’dak juda chiroyli edi. U yonma-yon yotgan chaqaloqlarga qaradi:
ularning biri qalin tuk bilan qoplangan, hammayog’i qon, ikkinchisi esa chiroyli bo’lib,
uning ko’zlari Tassonega ishonch bilan boqardi. Tassone nima qilish lozimligini bilardi va
uni amalga oshirdi. Lekin urinishi muvaffaqiyatsiz chiqdi. Bir necha lahza Tassone bolani
olib, xavfsiz joyga qochishni ham o’yladi. Ammo chaqaloqning yashab ketishiga umid
qolmagandi. U bolaning boshiga tosh bilan yana va yana urdi. Chaqaloqning yig’isi
o’chdi.
O’sha tunda Tassonening yonoqlaridan sel bo’lib oqayotgan yoshlarni hech kim ko’rmadi.
Bundan tashqari, shu tundan so’ng uni hech kim oqim a’zolari orasida qaytib ko’rmadi.
Omen (Iblis Hamlasi). Birinchi kitob. Devid Zeltser
Do'stlaringiz bilan baham: |