www.ziyouz.com kutubxonasi
40
Olimlardan har biri uchun bir farishta jar soldilar: Jarchi farishta deydiki: "Falon olimga
Alloh taolo shafoat qilishni buyurdi. Kimki uning bir xizmatini qilgan bo‘lsa yoki unga bir
luqma taom bergan bo‘lsa yoki bir qultum suv ichirgan bo‘lsa yoki kitoblarini yoygan
bo‘lsa, ularni shafoat qiladi". U olimga bitta bo‘lsa ham yaxshilik qilinganlar, kitoblarini
tarqatganlar o‘rinlaridan turadilar. U olim ularni shafoat qiladi.
Hadisi sharifda bildirishiga, eng aval shafoat qiluvchilar Rasululloh (a.s.)dirlar. Keyin
Nabiylardir Ulardan keyin esa olimlardandir (r.a.). Olimlar uchun oq bayroq bog‘lanadi
va Ibrohimning (a.s.) qo‘llariga beriladi. Ibrohim (a.s.) ma’rifatni yuzaga chiqarish
jihatidan Rasullarning ilg‘oridir. Shuning uchun bayroq ul zotga beriladi.
Undan keyin yana bir nido bo‘ldi: "Nafaqasi uchun har kun ishlab terlagan va topganiga
qanoat qilgan faqirlar qaerda?" Faqirlar ham Allohning huzuriga keltiriladi. Alloh taolo
lutf qilib: "Marhabo, ey zindon sizlarga sindon bo‘lgan kishilar", deydi. Ularga ham
ashobi yamin (jannat ahli) bilan birga bo‘lishlari buyuriladi. Ular uchun esa, bir sariq
bayroq bog‘lanib, Isoning (a.s.) qo‘liga beriladi. Iso (a.s.) ularga imom bo‘ladi.
Undan keyin yana bir munodiy (jarchi) nido qiladi: "Shukr qilgan, mollarini, pullarini
dinni quvvatlantirish uchun, musulmonlarni zolimlardan himoya qilish uchun sarflagan
boylar qaerda?". Ular ham keltiriladi. Alloh taolo ularga ehson qilgan narsalarini besh
yuz yil sanattiradi. Ya’ni, boyliklari bilan nima qilganlarining hisobini so‘raydi. Ular uchun
ham turli rangdagi bir bayroq bog‘lanib, Sulaymon (a.s.)ga beriladi. Sulaymon (a.s.)
ularga imom bo‘ladi. Ularni ham ashobi yaminga qo‘shishlarini buyuriladi.
Hadisi sharifda keladiki, to‘rt narsa to‘rt narsaga guvohlik berishlarini talab etadi. Mollari
bilan, mavqe’lari bilan musulmonlarga aziyat yetkazganlardan so‘raladiki: "Sizni Allohga
ibodat qilishdan nima to‘sdi?" Ular: "Alloh taolo bizga mulk va rutba berdi. Bular bizni
Allohga ibodat qilishdan to‘sdi", deyishadi. Ulardan: "Mol-mulk jihatidan Sulaymon (a.s.)
boyroq edimi yoki sizmi?" deb so‘raladi. Ular: "Sulaymon (a.s.) boyroq edi", deyishadi.
Ularga: "Unday bo‘lsa Sulaymon (a.s.) Menga ibodat qilishdan shuncha mol-mulk man
etmabdi-yu, sizni man etibdimi?" deyiladi.
Undan keyin: "Ahli balo qaerda?" deyiladi. Ular ham keltiriladi. Ularga: "Allohga ibodat
qilishdan sizni nima man etdi?" deyiladi. Ular deydilarki: "Alloh taolo bizni dunyoda
dardlarga, siqintilarga mubtalo qildi. Shuning uchun zikrdan va chin ibodatdan mahrum
bo‘ldik". Ularga: "Musibat jihatidan sizga kelgan musibat katta edimi yoki Ayyubga (a.s.)
kelgan musibatmi?" deyiladi. Ular: "Ayyub (a.s.)ga kelgan musibat katta edi" deyishadi.
"Unday bo‘lsa, Uni Allohning zikrdan va Alloh dinini insonlarga yoyishdan va ibodat
qilishdan u musibat man etmabdi-yu, sizni man etdimi?" deyiladi.
Undan keyin: "Yoshlar va mamluklar, ya’ni qullar va joriyalar qaerda?" deyiladi. Ular
ham Alloh taoloning huzuriga keltiriladi. Ulardan so‘raladi: "Sizni Allohga ibodat qilishdan
nima to‘sdi?" Yoshlar: "Alloh bizga jamol va go‘zallik berdi. Unga aldandik, yoshlik
zavqlariga berildik. Yoshlik bizda abadiy qoladi deb o‘yladik. Allohning dinini
o‘rganmadik. Haqqini ado qilmadik", deyishadi. Mamluklar esa: "Qullik va joriyalik ichida
xo‘jayinlarimizga qullik qildik. Dunyo buyuklariga sig‘indik. Dinda johil bo‘ldik. Aldandik.
Ey Rabbimiz! Sening haqqingni ado etishdan mahrum bo‘ldik", deyishadi. Ularga
xitoban: "Sizlar go‘zal edingizmi yoki Yusuf (a.s.)mi?" deb so‘raladi. Ular: "Albatta, Yusuf
(a.s.)", deyishadi. Shunda ularga: "Unday bo‘lsa, Yusufni (a.s.) Allohning haqqini ado
Qiyomat va Oxirat. Imom al-G’azzoliy
Do'stlaringiz bilan baham: |