www.ziyouz.com kutubxonasi
12
qochadi. O‘likning burnidan ko‘ksiga kiradi. Ko‘ksidan yuqori qismi tiriladi. O‘ladigan
o‘lim oldi paytidagi holatiga kiradi. Harakat qila olmaydi. Ammo hamma gapni eshitadi
va ko‘radi. Farishtalar uni qattiq savolga tutadilar, ezadilar. Tuproq unga xuddi suvdek
bo‘lib qoladi. Qachonki qimirlasa, joy ochilib bo‘shliq hosil bo‘ladi.
Bu ikki farishta: "Rabbing kim? Dining nima? Payg‘ambaring kim? Qiblang qaer?" degan
savollarni berishadi. Alloh taolo kimni muvaffaq qilsa va kimning qalbiga haq so‘zni
joylagan bo‘lsa, o‘shagina: "Sizlarni vakil qilib menga kim yuborgan bo‘lsa, Rabbim
O‘sha. Mening Rabbim Alloh, payg‘ambarim Hazrati Muhammad (s.a.v.), dinim
Islomdir", deb javob beradi.
Farishtalar deydilarki: "To‘g‘ri javob berdi. Dalilini keltirdi. Bizdan qutuldi". Keyin uni
qabrining tepasini gumbazdek keng qilishadi va pastiga xushbo‘y rayhonlar to‘shashadi.
Uning o‘ng tarafidan ikkita eshik ochib qo‘yadilar. Unga jannat qizlari kelib turadi.
Dunyoda qilgan go‘zal amallari eng yaxshi ko‘rgan do‘sti suratida kelib, ko‘nglini
ko‘taradi va yaxshi xabarlardan so‘zlaydi. Qabr nurga to‘ladi. Qiyomat kelguncha ana
shunday masrur holda bo‘ladi. Qiyomatni juda-juda orziqib kutadi.
Ilmi va amali ozroq bo‘lgan va malakut asroridan xabari bo‘lmagan mo‘minlarning
darajasi bundan past bo‘ladi. Uning yoniga Ro‘mondan keyin g‘oyat chiroyli, xushbo‘y
hidlar taratib, go‘zal kiyingan amali keladi. "Meni taniysanmi?" deb so‘raydi.
U esa: "Sen kimsanki, Alloh taolo seni mening oldimga shu g‘arib holimda yubordi?"
deydi. Shunda amali: "Men sening solih amallaringman. Qo‘rqma, mahzun bo‘lma!
Birozdan keyin Munkar va Nakir farishtalari kelishadi va seni savolga tutadilar. Ulardan
aslo qo‘rqma!" deydi.
Keyin amali unga farishtalarga nima deb javob berish kerakligini o‘rgatadi. Munkar va
Nakir keladi. Uni o‘tirg‘izib savolga tutishadi: "Man Rabbuka – Rabbing kim?" U oldin
aytganimizdek: "Rabbim Alloh, payg‘ambarim Hazrati Muhammad (s.a.v.), imomim
Qur’oni karim, qiblam Ka’bai sharif, bobom Ibrohim (a.s.). Uning millati mening
millatimdir", deb javob beradi. Uning tili hech ham tutilmaydi.
Farishtalar: "Juda to‘g‘ri aytding", deb oldingi farishtalar kabi muomala qilishadi. Ammo
uning chap tomonidan jahannamdan bir eshik ochishadi. Jahannamning ilonu chayonlari,
kishanlari, zahar-zaqqumlari, qaynoq (issiq) suvlari va shunga o‘xshash azoblari unga
ko‘rsatiladi. U bundan qattiq ta’sirlanib, dodu faryod qiladi.
Unga: "Qo‘rqma, bu yerning dahshati senga zarar bermaydi. Bu yer sening do‘zaxdagi
joying edi. Ammo Alloh taolo buning o‘rniga jannatdan senga joy berdi. Orom ol, sen
saidsan (baxtlisan)", deyishadi. Keyin do‘zax eshiklari yopiladi. Shundan keyin u uyquga
ketadi va undan hech narsa so‘ralmaydi.
Ba’zi kishilarni bu holatda tili tutiladi. Agar e’tiqodi buzuq bo‘lsa, (ahli sunnatdan
bo‘lmasa, bid’atchi bo‘lsa), "Rabbim Alloh" deya olmaydi. Boshqa so‘zlarni ayta
boshlaydi. Shunda farishtalar uni bir uradilar, qabri olovga to‘ladi. Keyin olov bir necha
kungacha so‘nib turadi. Keyin yana olov hosil bo‘ladi. Ana shu holat to qiyomatgacha
davom etadi.
Qiyomat va Oxirat. Imom al-G’azzoliy
Do'stlaringiz bilan baham: |