www.ziyouz.com kutubxonasi
7
Undan keyin olov tabaqasidan o‘tib, nur, zulmat, suv va qor tabaqalaridan o‘tiladi.
So‘ngra sovuq dengizga yetib keladilar va undan o‘tadilar. Har bir tabaqadan ikkinchi
tabaqagacha bo‘lgan masofa ming yillik yo‘ldir.
So‘ngra Arsh Rahmon ustiga o‘ralgan 80 ming pardalar ochiladi. Har bir pardada 80
ming minora bordir. Har minorada 80 mingta qamar, ya’ni Oy bor. Ular Alloh taologa
tahlil va tasbih aytib turadilar. Ulardan bitta Oy agar dunyoga ko‘rinsa, uning nuri butun
olamni yoqar va insonlar unga ibodat qilib ketishgan bo‘lishar edi. Shu payt parda
orqasidan bir munodiy nido qiladi:
"Siz keltirgan ruh kim?" Jabroil (a.s.): "Falon o‘g‘li falondir", deydi.
Alloh taolo: "Uni yaqinroq keltiring. Sen yaxshi bandamsan", deydi. Alloh taoloning
huzuri ma’naviy ilohiysida turganida uni ba’zi lavmi itob (yomon ayblari) bilan Haq taolo
uyaltiradi. Hatto u banda endi tamom bo‘ldim, deb o‘ylaydi. So‘ngra Haq ta’olo uni afv
etadi.
Qozi Yahyo ibn Aqsan hazratlaridan shunday naql qilinadi.
Ul zotga vafotidan keyin tushda ko‘rilganida: "Haq taolo Sizga qanday muomala qildi?"
deb savol so‘raldi. Yahyo ibn Aqsan shunday dedi: "Alloh taolo meni ma’naviy huzuriga
keltirdi va: "Ey shayxi Su’ (ya’ni, foniy qariya ma’nosida)! Sen falon-falon ishlarni
qilmadingmi?" dedi. Alloh taolo qilgan ishlarimni bilishini anglaganimdan keyin meni
qo‘rquv qopladi va: "Ey, Rabbim! Bunday savol berishingni menga dunyoda
bildirmadilar" dedim. "Senga qanday bildirildi?" deb so‘radi. Men esa: "Menga Muammar
Imom Zuhriydan u esa Urvadan, u esa Oishai siddiqadan (r.a.), u kishi Payg‘ambarimiz
(s.a.v.)dan u zot Jabroil (a.s.)dan, u esa Alloh taolodan xabar berdilar. Rauf va rahiym
bo‘lgan Alloh taolo: "Men a’zimusha’n islomda oqargan soch va soqolga azob berishdan
hayo qilaman" deb marhamat qilgan" dedim.
Shunda Alloh taolo marhamat qildiki: "Sen ham Muammar2, Imom Zuhriy3, Urva4,
Oisha, Muhammad (s.a.v.) va Jabroil (a.s.) ham barchalaringiz sodiq (rostgo‘y) sizlar.
Men seni mag‘firat qildim".
1. Qozi Yahyo ibn Aqsan Bog‘dodda qozi bo‘lgan va 242 (mel. 856) yilda Madinai
munavvarada vafot etgan. Shofe’iy mazhabidagi fiqh olimi edi. "Tanbeh" nomli kitobi
mashhurdir.
2. Muammar ibn Musanna Abu Ubayd Naxviy nomi bilan mashhurdir. Adib edi. 110 yilda
Basrada tug‘ilib, 210 (mel. 825) yilda vafot etgan.
3. Muhammad ibn MuslimZuhriy tobe’inlardan edi. Kitoblarini devordek tizib, ular orasida
mukka tushib o‘qish bilan vaqt o‘tkazardi. Zavjasi bir kuni: "Bu kitoblar menga uchta
ovsindan ham shiddatlidir", degan edi. 124 (mel. 741) yilda vafot etgan.
4. Urva Ibn Zubayr Zubayr ibn Avvomning ikkinchi o‘g‘lidir. Asmo binti Abu Bakrning
o‘g‘lidir. Fuqahoi sab’adan biri. Hazrati Oisha (r.a.)dan ko‘p hadis rivoyat qilgan. Hijriy
22 yilda tug‘ilib, 93 yilda Madinada vafot etgan (musannif).
Qiyomat va Oxirat. Imom al-G’azzoliy
Do'stlaringiz bilan baham: |