Habashistonga ketgan muhojirlar uch oydan keyin qaytib kelishdi. Ular ozchilik
bo‘lgani uchun begona yurtga ko‘nikolmay aziyat chekishdi. Bundan tashqari ular
qurayshning aslzoda zodagonlaridan bo‘lib, shohona hayotga, el-yurt orasida izzat-
ikromga o‘rgangan ayollarga g‘urbatdagi g‘aribona hayot behad zerikarli tuyuldi.
Ba’zi tarixchilar muhojirlarning Habashistondan qaytib kelishiga haqiqatdan yiroq bir
voqeani sabab qilib ko‘rsatishadi. Emishki, rasululloh Van-najm surasining: "Sizlar Lot,
Uzzo va Monot haqida menga gapirib beringlar", degan oyatlarini o‘qib, mushriklar