www.ziyouz.com kutubxonasi
141
VIDOLASHUV NUTQI
Payg‘ambar alayqis-salom zulhijja oyining to‘qqizinchi kuni Arafotga chiqdilar va shu
yerda islom dinining asosiy shahobchalari batafsil bayon etilgan ulug‘ nutqlarini irod
etdilar. Bu tarixny nutqning mazmuni tsuyidagichadir:
"Barcha hamdu sano Ollohga xos, Ollohni ulug‘laymiz, Ollohdan afv so‘raymiz, Ollohga
tavba qilamiz. Ollohga sig‘inib nafsimnzning vasvasadan hamda yomon ishlardan panoh
tilaymiz. Olloh hidoyatga boshlagan odamni hech kim yo‘ldan ozdirolmaydi, Olloh
adashtirgan odamni hech kim hidoyat qilolmaydi. Shunga guvohlik beramanki, bir
Ollohdan o‘zga hech iloh yo‘q, Ollohning sherigi ham yo’q. Shunga guvohlik beramanki,
Muhammad Ollohning bandasi va elchisidir.
Sizlar Ollohning bandalari, sizlarni Ollohga taqvodorlnk qilnshga da’vat etaman,
Ollohga itoatda bo‘lishinglarni targ‘ib etaman. Gapimni xayrli ishlardab boshlayman. Ey
odamlar, so‘zlarimga quloq solinglar! Bu yildan keyin shu yerda sizlar bilan
uchrashmasligim mumkin deb o‘ylayman. Ey odamlar, to robbingizning dargohiga
borguncha bir-biringizning joniga, moliga xiyonat qilish mana shu oyning, mana shu
kunning, mana shu joyning hurmatani bajo keltirmaslik kabi haromdnr. Yetkazdimmi?
Ey Olloh o‘zing guvoh bo‘lgii!
Qo‘lida birovlarning omonatlari bor kishilar bu narsalarni o‘z egalariga qaytarishsin,
johiliyat davrida hukm surgan sudxo‘rlik bekor etiladi, men ishni avvalo amakim Abbos
ibn Muttalibning sudxo‘rligini bekor qilishdan boshlayman. Johiliyat davridagi qon qarz
(qasos) ham bekor qilinadi, avvalo Omir ibn Robia ibn Horisning qon qarzini yo‘qqa
chiqaraman. Johiliyat davridagi odatlardan Ka’ba bilan Obi zamzamni boshqarishdan
boshqa ishlarning hammasi bekor qilinadi. Qasddan odam o‘ldirgan qotil (albatta)
o‘ldiriladi. U birovni kaltak yoki tosh bilan urib o‘ldirsa, qisman qasd qilgan hisoblanib,
tovoniga yuzta tuya to‘latiladi, bundan ortiq haq undirish johiliyat davridagi kishilarga
xos.
Ey odamlar! Shayton zaminingizda Xudo bo‘lishdan umidini uzdi, lekin u mayda-
chuyda hisoblaydigan ishlaringizda sizlarni o‘ziga bo‘ysundirishga urinadi. Ey odamlar!
Nasi* degan narsani qo‘llash kufrni yanada oshiradi, kofirlarni adashtiradi. Olloh harom
qilgan oyni o‘zlaricha halolga aylantirish uchun uni bir yil halol, kelgusi yili esa haromga
chiqarishadi. Olloh osmonu zaminni yaratganidan buyon zamon o‘z yo‘rig‘ida hukm
surmoqda. Qur’onda Ollohning hukmiga binoan osmonu zamin yaratilgandan buyon
oylarning soni o‘n ikki, ulardan to‘rt oyning hurmatini saqlamaslik harom qilingan. Bu
oylarning uchtasi Zulqa’da, Zulhijja, Muharram oldinma-keyin, Jumadiul oxir bilan
Sha’bonning orasidagi Rajab oyi esa yolg‘iz keladi. Sizlarga yetkazdimmi?! (Ollohning
hukmini yetkazdimmi?) Ey Olloh, o‘zing guvoh bo‘lgin!
Ey odamlar! Zimmangizda amal qilishingiz lozim bo‘lgan ayollaringizning haqi bor,
ayollarning zimmasida ham ular rioya etadigan sizlarning haqqingiz bor. Sizlarning
haqingiz shuki, ayollaringiz iffat joyiga begona odamlarni yaqin yo‘latmasligi, sizlar
yoqtirmaydigan kimsalarni beruxsat uyga kiritmasligi va fohishabozlik qilmasligi lozim.
Mabodo shunday qilishsa, Olloh ularni qattiq tutishingizga, ostona hatlatib
chiqarmasligingizga, bir to‘shakda yotmasligingizga, astaroq urishingizga ijozat beradi.
Bordi-yu, ular tiyilib, hukmingizga itoat etishsa, yaxshilikcha osh-non, kiyim-kechak
bilan ta’minlanglar, sizlarning amringizdagi ayollarning ixtiyori o‘zlarida emas. Ularni
Ollohning omonati qilib olgansizlar, ularni nikoh orqali o‘zinglarga halol etdinglar.
Ayollarga Ollohdan qo‘rqib munosabatda bo‘linglar, ayollarga yaxshi muomala qilish
haqidagi vasiyatlarni qabul etinglar. Sizlarga yetkazdimmi? Ey Olloh, guvoh bo‘lgin!
Nurul yaqin. Muhammad Xuzariy
Do'stlaringiz bilan baham: |