HAMADON ELCHILARI
Payg‘ambar alayhis-salomning huzurlariga Hamadondan elchilar tashrif buyurishdi.
Ularning orasida mashhur shoir Molik ibn Namat ham bor edi. Egnilariga Yamanning yo‘l-
yo‘l matosidan to‘n kiyib, boshlariga Adan sallasini o‘ragan elchilar bilan rasululloh
Tabukdan qaytganlaridan keyin uchrashdilar. Molik payg‘ambar alayhis-salomni maqtab
she’r o‘qidi:
Qasam tangriga, el etmish tuyalarni biyobonga,
Mushkulini oson etar safar chog‘ida karvonga.
Rasulullohga ergashdik so‘zini tasdiq qilib,
Yubormish Olloh bizni da’vat etgani imonga.
Muhammaddan botir yo‘q dushmanga qarshi turmoqqa,
Topilmas bas kelar inson bu yanglig‘ mardu maydonga.
Payg‘ambar alayhis-salom Molik ibn Namatni o‘z qavmidan musulmon bo‘lganlarga
boshliq etib tayinladilar. Rasululloh hamadonliklar haqida alohida mehr bilan
gapirganlar: "Bu naqadar yaxshi qabila, hamadonliklar darrov jonimizga oro kirdi, ular
azobga g‘oyat bardoshli odamlar, ularning orasida mard kishilar, qobiliyatli arboblar
bor".
Do'stlaringiz bilan baham: |