IBN UBAYNING VAFOTI
Shu yilning zulqa’da oyida Abdulloh ibn Ubay olamdan o‘tdi. Uning janoza namozini
payg‘ambar alayhis-salomning o‘zlari o‘qidilar. Dafn etilayotganda qabr tepasida turdilar.
Rasululloh bu ishlarni marhumning o‘g‘li Abdullohning ko‘nglini ko‘tarish hamda o‘z
qabilasida yuqori nufuzga ega bo‘lgan kishining o‘lganidan keyin ham hurmatini joyiga
qo‘yish orqali Hazraj qavmini insofga keltirib, dilini islom diniga moyil etishni ko‘zlab
qildilar. Keng fe’li, kechirimli, muruvvatli sarvari olamning Abdulloh ibn Ubay xonadoniga
ko‘rsatgan iltifotlari juda ko‘p munofiqlarning u kishi hamda islom dini haqidagi chalkash
tasavvurlarini butunlay o‘zgartirib yubordi. Ko‘plari shu kundan e’tiboran xiyonatkorlikni
butunlay yig‘ishtirdilar. Shundan keyin Olloh taolo payg‘ambar alayhis-salomga
munofiqlarning janoza nomozini o‘qishni taqiqlab, Tavba surasining 84-oyatini nozil qildi:
"Ulardan o‘lganlarning sira janozasini o‘qima va qabrlari ustida turma".
Do'stlaringiz bilan baham: |