Payg‘ambar alayhis-salom Makkada turgan vaqtlarida Horis Hiloliyning qizi, Uhud
urushida shahid bo‘lgan amakilari Hamzaning tul qolgan xotini Maymunani nikohlariga
oldilar. Maymuna rasulullohning eng oxirgi xotinlari edi. Payg‘ambar alayhis-salom
Makkadan chiqib, shahar tashqarisida ot-ulovlarga qarab qolganlarni Ka’bani tavof
etishga jo‘natdilar. Shundan keyingina rasululloh xursand bo‘lib, tushini o‘ngidan
keltirgan parvardigorga shukronalar aytib, Madinaga yo‘l oldilar.