Bu g‘alabadan keyin musulmonlarga qarshi yurishlarga boshchilik qilgan uch nafar
taniqli kishi Xolid ibn Valid Maxzumiy, Amr ibn Os Sahmiy, Usmon ibn Abi Tolha
Abdariylar musulmon bo‘ldilar. Payg‘ambar alayhis-salom ularning Islom dinini qabul
qilganidan benihoya quvondilar. "Seni hidoyat qilgan Ollohga shukr, — dedilar u kishi
Xolidga. — Sening aqlli odamligingni bilardim, fahmu farosating seni hidoyatga
yetaklashidan umidvor edim". Sarvari olamning samimiy muomalasidan mutaassir
bo‘lgan Xolid: "Ey rasululloh, senga qarshi ko‘pgina janglarda qatnashdim, duo qilgin,
zora Olloh Taolo gunohlarimni kechirsa", dedi. Payg‘ambar alayhis-salom: "Islom dinida
musulmon bo‘lishdan avvalgi gunohlar surishtirilmaydi", deya uni xursand qildilar.