Nurul yaqin.
Muhammad Xuzariy
www.ziyouz.com kutubxonasi
67
HIJRATNING UCHINCHI YILI
Yovuz
odam baxti qarodur, u xiyonatni o‘ziga shior, suiqasdni qalqon qilib oladi.
Yomonlik qilmasa turolmaydigan bu kimsa birovning shodligini ham, qayg‘usini
ham his
etmaydi. Bani Nazir qabilasining oqsoqoli yahudiy Ka’b ibn Ashraf mana shunday
kimsalardan biri edi. U musulmonlarni haddan tashqari yomon ko‘rar,
quraysh
mushriklarini sira tap tortmay payg‘ambar alayhis-salomga qarshi kurashishga gij-gijlar,
turli hajviy she’rlar
bitib u kishini mayna qilar, qanday yo‘l bilan bo‘lmasin musulmonlar
o‘rtasida
nizo chaqirishga urinar, rasululloh bir ishni tuzatib ulgurmay,
u buzishning
payida bo‘lardi.
Do'stlaringiz bilan baham: