RASULULLOHNING SHOMGA QILGAN ILK SAFARLARI
Payg‘ambar alayhis-salom o‘n ikki yoshga kirganlarida amakilari Shomga safarga
otlandi. Eng yaqin kishisidan ayrilish rasulullohga qattiq ta’sir qilib, ma’yuslanib
qolgandilar. Bundan yuragi ezilgan Abutolib bolani birga olib ketishga jazm etdi. Ular
Shomda uzoq turishmadi. Orqaga qaytishayotganda Suriya bilan Arabiston sarhadiga
joylashgan Busro kentiga qo‘nib, yahudiylarnyng ulamolaridan biri rohib Bahoyro bilan
uchrashishdi. Bahoyro yahudiylarning muqaddas kitobida zikr etilgan, shu zamonda
arablar orasidan chiqadigan payg‘ambar haqida so‘rab-surishtirdi. Karvondagilar bir
ovozdan hali unday zot dunyoga kelmaganini aytishdi. Yahudiy va nasorolar Muhammad
alayhis-salomning dunyoga kelishlarini, arablardan payg‘ambar yetishib chiqishi
mumkinligini jon-jahdlari bilan rad etishardi. "Ular avval e’tirof qilgan payg‘ambar
dunyoga kelganda uni inkor etishdi. Olloh kofirlarni rahmatidan darig‘ tutadi" (Baqara
surasidan).
Do'stlaringiz bilan baham: |