www.ziyouz.com kutubxonasi
25
kunlari uni qoq peshinda hovur ufurib turgan cho‘lga olib borardi. Yerga oyoq bosib
bo‘lmas, qumga tuxum qo‘ysa pishar, tovondan o‘tgan issiq miyadan tutun chiqarardi.
Umayya Bilolni issiq qumga chalqancha yotqizib, ustiga bahaybat tosh bostirar va
Muhammaddan yuz o‘girib, Lot, Uzzo degan butlarga cho‘qinmasang, mana shunday
azobda qiynab o‘ldiraman der, Bilol esa og‘ishmay: "Olloh bir, Olloh bir", deya javob
qaytarardi. Kunlarning birida xuddi shunday dahshatli azobning ustiga Abubakr kelib
qoldi. "Ey Umayya, bir bechoraga shuncha azob bergani Ollohdan qo‘rqmaysanmi? Uni
tokay qiynaysan?" dedi u. "Uni sen yo‘ldan ozdirding. Qani qo‘lingdan kelsa, uni qutqarib
olmaysanmi?" — dedi Umayya zahrini sochib. Abubakr shu zahoti Bilolni sotib olib, ozod
qildi. Olloh Abubakr va Umayya haqida Vallayli surasining 14-21-oyatlarida bunday
deydi: "Sizlarni lang‘illab turgan do‘zaxdan ogohlantirdim. Unga badbaxt odamlar
tushadi. (Umayya) badbaxtki, haqni inkor etdi va haqiqatdan yuz o‘girdi. Eng muttaqiy
(Abubakr) undan yiroq qilindi. U poklanish uchun mol-mulkini sarflaydi. U birovning
yaxshiligini qaytarish uchun yaxshilik qilmaydi. Faqat ulug‘ parvardigorining roziligiga
erishishga intiladi. Uning o‘zi ham albatta xursand bo‘ladi". Abubakr mollarini sotib,
Bilolni ozod qilgani xudoning roziligi uchun bo‘lgan ish ekani yuqoridagi oyatlarda
ta’kidlab o‘tildi. Ollohning roziligi Abubakr raziyallohu anhu uchun beadad sharaf edi. U
Biloldan boshqa islomga o‘tib, xo‘jayinlarining zulmiga uchragan bir talay qulni ozod
qildi. Ularning orasida Bilolning onasi Hamoma, Omir ibn Fuhayra, Abu Fukayha og‘ir
qiynoqlardan ikki ko‘zi ko‘r bo‘lib qolgan Zinnira ismli ayol bor edi.
"Bularga ergashayotganlarga qarab yoqamni ushlayman. Muhammad da’vat
etayotgan din rostdan ham haq din bo‘lsa, hammadan oldin uni biz qabul qilishimiz
kerak edi. Bizdan avval qanday qilib Zinniradek qul haq yo‘lni topishi mumkin?" der edi
Abu Jahl hayratga tushib. Bunga javoban Olloh Ahqof surasining 11-oyatini nozil qildi:
"Kofirlar mo‘minlarga agar islomda biror xayriyat bo‘lsa edi, ular bunga bizdan oldin
ishonishi mumkin emas. Ular hidoyat topmaganligi uchun bu narsani ko‘hna uydirma,
deyishadi". Bani Zuhraning kanizagi Ummu Unaysni ham Abubakr ozod qildi. Asvad ibn
Abdiyag‘us bu bechorani qiynardi.
Ammor ibn Yosir ota-onasi bilan og‘ir zulmga giriftor bo‘ldi. Ularning zabun ahvolini
ko‘rgan rasululloh: "Yosirning oilasi, sabr qilinglar, sizlarga jannat va’da etilgan. Ey
Olloh, Yosirning oilasidan mag‘firatingni darig‘ tutma", dedilar. Jabrdiydalar zulmga sabr-
toqat bilan bardosh berdilar. Ammorning ota-onasi azobga chidolmay o‘ldi. (Olloh ularni
rahmat qilsin) Ammor esa qiinoq jonidan o‘tib ketgach, og‘zida dindan qaytganini aytdi.
Chunki Abu Jahl unga temir kiyimlarni kiydirib, yozning jazirama oftobiga solib qo‘yardi.
Ammorning a’zoyi badani qavarib, terisi shilinib tushar edi. Odamlar joni azobda qolgan
chorasiz qulning og‘zidan chiqib ketgan gaplarni ushlab olib, ana, Ammor dindan qaytdi,
deya ovoza tarqatishdi. Bunga javoban payg‘ambar alayhis-salom Ammorning butun
vujudi imon bilan sug‘orilgan, dedilar. Olloh Ammorning murtadlar jinsidan emasligini
Nahl surasining 106-oyatida bayon etgan: "Imon keltirgandan keyin xudoni inkor
etganlar (qalban imonda barqaror turib, qiyin-qistov ostida dindan qaytdim deganlar
bundan mustasno) va kufr bilan ko‘nglini xotirjam qilganlar Ollohnig g‘azabiga
yo‘liqishadi hamda og‘ir azobga giriftor bo‘lishadi".
Johiliyat zamonida asirga tushgan Xabbob ibn Aratni Ummu Anmor sotib olgan edi.
Xabbob rasulloh bilan yaqin do‘st edi, shu bois birinchilar qatori imon keltirdi. Uning
musulmon bo‘lganidan xabar topgan bekasi qizdirilgan temirni yelkasiga bosib azob bera
boshladi. Zulmdan sillasi qurigan Xabbob bir kuni Ka’baning devori tagida dam olib
o‘tirgan rasulollohning oldilariga kelib: "Bizning haqimizga duo qilmaysanmi?" deb
so‘radi. Rasululloh: "Ilgari musulmon odamlarni temir taroq bilan qiynashgan. Bigizdek
uchli taroqni badanga botirib, to suyagi chuqquncha tarashgan, go‘shti titiLib, paylari
Nurul yaqin. Muhammad Xuzariy
Do'stlaringiz bilan baham: |