www.ziyouz.com kutubxonasi
142
Ey odamlar! Mo‘minlar bir-biriga qarindosh, qarindoshning o‘z ixtiyori bilan bermagan
moli hech kimga halol emas. Sizlarga yetkazdimmi?! Ey Olloh, guvoh bo‘lgin!
Mendan keyin murtadga aylanib, bir-biringizni qiradigan kofir bo‘lmaganlar. Sizlarga
men Ollohning kitobi bo‘lgan Qur’onni o‘qib eshittirdim. Qur’onni mahkam tutsanglar
adashmaysizlar. Yetkazdimmi?! Ey Olloh, guvoh bo‘lgin!
Ey odamlar, sizlarning robbingiz bir, otangiz bir, hammangiz bir otadan tarqagansiz.
Odam Ato tuproqdan yaratilgan. Kimki eng muttaqiy (Ollohning buyruqlariga- amal qilib,
qaytargan ishlaridan o‘zini tiygan odam) bo‘lsa, u Ollohning nazarida eng hurmatli
odamdir. Arab bilan arabdan boshqa odamning qaysi biri taqvodor bo‘lsa o‘shanisi afzal.
Yetkazdimmi?! Ey Olloh, guvoh bo‘lgin!
Gaplarimni eshitib turganlar bu yerga kelolmaganlarga yetkazishsin. Ey odamlar,
Olloh har bir vorisga meros nasibasini belgilagan. Merosni faqat birgina vorisga vasiyat
qilish durust emas. Merosning uchdan biridan ko‘p qismini vasiyat qilish ham yaxshi
emas. Bola erkakka mansub, asl zinogarniki emas. Kimki o‘z padaridan boshqa birovni
ota deb, xo‘jasidan boshqa birovni xo‘ja deb da’vo qilsa, Ollohning, farishtalarning va
barcha kishilarning la’natiga uchraydi, uning bergan narsasi va guvohligi qabul
etilmaydi. Sizlarga omonlik va Ollohning rahmati bo‘lsin!
Shu kuni Olloh mo‘minlarga bergan ne’matini Qur’ondagi Moida surasining 3-oyatida
bayon etdi: "Bugun sizlarnikg diningizni kamolotga yetkazdim, sizlarga bergan
ne’matimni tamomladim va diningizga islomni tanladim". Musulmonlar mana shu kunni
Olloh taoloning beadad ne’matiga shukr izhor etadigan baxti kulgan kunga, bayramga
aylantirib olishsa arziydi.
Shundan so‘ng payg‘ambar alayhis-salom shaytonga tosh otish, qurbonlik qilish, soch
oldirish kabi hajning shartlarini bajo keltirdilar va Makkada o‘n kun turgach, Madinaga
qaytdilar. Olisdan Madina ko‘ringanda uch qayta takbir aytib: "Yolg‘iz Ollohdan boshqa
iloh yo‘q, Ollohning sherigi yo‘q, Olloh jam’iki jonzotlarni idora qiladi. Barcha hamdu
sano Ollohga xos, Olloh hamma narsaga qodir. Biz robbimizning dargohiga
qaytguvchilarmiz, tavba qilguvchilarmiz, sajda qilguvchilarmiz, hamd aytguvchilarmiz.
Olloh va’dasini bajo keltirdi, payg‘ambariga yordam berdi, mushriklar to‘dasini yolg‘iz
o‘zi mag‘lub etdi", dedilar.
________________
*Nasi — arablarda oy, yil hisobida qamariya oylari qo‘llanilardi. Qon to‘kish ehrom qilingan haj oylari (Rajab,
Zulqa’da, Zulhijja, Muharram)ning hurmatini saqlash Ibrohim va Ismoil payg'ambar zamonasidan boshlab joriy etildi.
Lekin bu tartib-qoida ularning savdo-sotiq ishlariga zarar yetkazdi, chunki haj ba’zan ularga nomuvofiq faslga, ba’zan
esa harom qilingan oylar tijoratga foydasiz paytga to‘g‘ri kelib qolardi. Shu bois ular oy-kunlar hamisha manfaatlariga
mos keilshi uchun qamariya yilini Shamsiyaga moslashtirish niyatida uning oxiriga ma’lum kunlarni qo‘shib nasi ya’ni
kechiktirilgan deb atashdi. Bunday kunlar jamlanib bir oyni tashkil etar, ba’zi yillar o‘n ikki oy, ba’zilari esa o‘n uch oy
bo‘lardi. Oqibatda haj bir yilda ikki marta ham kelaveradigan bo‘ldi. Shu bois payg‘ambar alayhis-salom Haj-ul-vadoda
Olloh taoloning amriga binoan bu tartibni amaldan qoldirib, qamariya hisobi bo‘yicha ish yuritishni tavsiya etdilar.
Zamon aylanib, haj yana o‘z vaqtida keladigan bo‘ldi. Payg'ambar alayhis-salomning "Zamon aylanib keldi",
deganlarida shu voqea ko‘zda tutilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |