Imomatga eng loyiq kishi
Hozir bo‘lganlar orasida uy egasi yoki mas’ul imom yoki o‘sha joyning hokimi bo‘lmaganida,
avvalo namoz masalalarini yaxshi bilgan kishidan so‘ng Qur’onni to‘g‘ri o‘qiy oladigan, so‘ngra eng
taqvodor kishi, so‘ngra yoshi eng ulug‘ kishi, so‘ngra eng axloqli kishi, so‘ngra eng chiroyli yuz egasi,
so‘ngra nasabi ulug‘ kishi, so‘ngra eng go‘zal ovoz egasi va so‘ngra eng toza kiyim kiygan kishi
imomlikka eng loyiq hisoblanadi. Bularning barchasi bir xil bo‘lgan taqdirda yo qur’a tashlanadi yoki
jamoatning tanloviga qoldiriladi. Agar kelisha olmasalar, ko‘pchilikning fikri e’tiborga olinadi. Eng
haqdor odamdan boshqani imom qilsa, jamoat gunohkor bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |